Тузувчи : Файзуллаева Н



Download 6,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/288
Sana31.03.2022
Hajmi6,61 Mb.
#521402
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   288
Bog'liq
Макроиқтисодиёт Янги УМК. 2021-2022

Klassik dixotomiya 
konsepsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori 
alohida-alohida amal qiladi, ular o’rtasidagi muvozanat avtomatik barqarorlashtirgichlar orqali 
ta’minlab turadi deb hisoblanadi.
Pul bozori investitsiya va jamg’armalar tengligini hamda to’liq bandlik sharoitini 
ta’minlaydi. Faqatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik bo’lishi mumkin, deb 
hisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat nuqtasida ishlab chiqarish hajmi 
(Y) uning potensial hajmiga esa (Y*) teng. Iqtisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir qismi 
jamg’arilishi Yalpi talabning Yalpi taklifni qoplashi uchun yetishmasligiga olib kelmaydi, 
chunki har bir jamg’arilgan so’m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta’kidlashadi. 
Agarda, tadbirkorlar uy xo’jaliklarining jamg’armalari miqdorida investitsiya qilishsa, 
ishlab chiqarish hamda bandlik darajalari doimiy bo’lib qoladi.
Klassik iqtisodchilar ta’kidlashlaricha, kapitalizmning o’ziga xos pul bozori mavjud va bu 
bozor jamg’arma va investitsiyalarning tengligini ta’minlaydi. Bunda tenglashtiruvchi omil rolini 
foiz stavkasi o’taydi (7.1-chizma). Shuning uchun ham to’liq bandlik mavjud bo’ladi. Bu 
iqtisodchilar davlatning iqtisodiyotga aralashuvi qisqa muddatli samara bersada, uzoq muddatga, 
oxir-oqibat bozor iqtisodiyotining tabiiy harakat mexanizmiga notabiiy aralashilganligi uchun, 
salbiy oqibatlarga olib keladi deb hisoblashadi. 
 


92 


R
I
I, S
I=S
7.1-chizma. Jamg’arish-investitsiya grafigi. 
1936 yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga yangi, ish bilan 
bandlik nazariyasini kiritadi. U o’zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi» 
asarida yangicha iqtisodiy muvozanat nazariyasini izohlab berdi.
 
Keyns makroiqtisodiy muvozanatga to’liq bo’lmagan bandlik sharoitida ham erishish 
mumkinligini, to’la ish bilan bandlik qonuniy holat emasligini, balki tartibga solinmagan 
iqtisodiyotda tasodifiy ro’y berishigina mumkinligini isbotlab berdi. Shuningdek, bu nazariyada 
iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu kabi vaziyatlargagina bog’liq 
emasligini, balki u tinchlik yillarida ham ichki omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chiqishi 
mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va inflyatsiyaning kelib chiqishi investitsiya va jamg’armalarga 
bevosita bog’liq. Narxlarning oshishi va ish haqining pasayishi boshqa salbiy omillar bilan birga 
iqtisodiyotning beqarorligiga olib keladi. 
Bunday nomutonosibliklar rejalashtirilgan investitsiyalar va jamg’armalarning bir-biriga 
mos kelmasligi tufayli ro’y beradi.(7.4 -chizma). 
Bunga sabab birinchidan, jamg’arish va investitsiyalash to’g’risidagi qarorlarni har xil 
guruhlardagi odamlar turli maqsadlarda qabul qilishi bo’lsa. ikkinchidan, jamg’aruvchilar va 
investorlarni jamg’arish va investitsiyalashga turlicha sabablar undaydi. Keynschilar fikricha, 
jamg’arma va investitsiyalar bitta omilga bog’liq bo’lmagan holda turli sabablar asosida amalga 
oshiriladi. Masalan, kishilar qiymati o’zining ish haqi miqdoridan ortiq bo’lgan mahsulotlarni 
sotib olish uchun, masalan avtomobil’ yoki televizor xarid qilish uchun jamg’arishadi. 
Jamg’armalar biror shaxs yoki oilaning kelajakdagi iste’molini qondirish maqsadida, ya’ni, uy 
xo’jaliklari oila boshlig’ining nafaqaga chiqqandan keyingi hayotini yoki bolalari kelajagini 
ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Bundan tashqari jamg’armalar tasodifiy vaziyatlarda 
foydalanish maqsadida ham amalga oshiriladi. 
Investorlarni investitsiya qilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga 
kutilayotgan sof foyda normasi hamdir. 
Klassiklar nazariyasi bo’yicha jamg’arma va investitsiyalar miqdorini aniqlaydigan asosiy 
omil foiz stavkasi hisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo’jaliklari kamroq iste’mol qilib, ko’proq 
jamg’arishga harakat qilishadi. Uy xo’jaliklarida jamg’armalarning ko’payishi kredit 
narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o’z vaqtida investitsiyaning o’sishini ta’minlaydi.
Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki aholining ixtiyoridagi daromadi iste’mol 
va jamg’arish dinamikasini belgilab beradi. Keltirilgan nazariy asoslarga tayangan holda Keyns 
o’zining makroiqtisodiy muvozant modelini ishlab chiqdi. 

Download 6,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish