4-masala: Absorbsiya boʻyicha tajribalarda yopishqoq suyuqlik oqimi trubka boʻyicha yuqoriga koʻtariladi va keyin pastga R1 radiusli tashqi silindrik devor boʻylab oqib tushadi (6.3-rasm). Devordan uzoqda joylashgan plyonkadagi suyuqlik harakat tezligi va plyonkadagi suyuqlikning hajmiy sarfi topilsin.
Yechish: z oʻqi silindr oʻqi boʻylab yoʻnalgan silindrik koordinatalar sistemasidan foydalanamiz (3-rasm). Plyonkaning erkin yuzasining radiusi maʼlum boʻlib, R2 ga teng boʻlsin.
Trubkaning chetlaridan uzoqda boʻlgan qismda suyuqlik z oʻqqa parallel holda harakatlanadi. Suyuqlikning harakat tezligi faqat radial koordinata r ga bogʻliq:
(6.140)
Ushbu holda ham uzlukqizlik tenglamasi aynan bajariladi. Suyuq plyonka ogʻirlik kuchi taʼsiri ostida oqib tushayotganligi sababli, Navye-Stoks tenglamasining komponenti silindrik koordinatalar sistemasida quyidagicha boʻladi:
(6.141)
Trubka devorida suyuqlikning devorga yopishish sharti bajariladi:
(6.142)
Erkin yuzada tashqi muhitga suyuq plyonkaning ishqalanishi yoʻq, yaʼni
(6.143)
shunday chegaraviy shartlarda masalaning yechimi quyidagicha boʻladi:
(6.144)
Plyonkada suyuqlikning hajmiy sarfi
(6.145)
shaklda topiladi. Bu absorbsi mavjudmasligida plyonkada suyuqlikning hajmiy sarfini aniqlaydi.
6.3-rasm.
III.Xulosa.
Mening bu kurs ishim "Yopishqоq suyuqlik, gazlarni harakat va uzluksizlik tеnglamalarini silindrik va sfеrik kооrdinatalarda yozilishi" mavzusiga bag‘ishlangan bo`lib, bu kurs ishim uchun ma`lumot to`plash jarayonida va yozish mobaynida yopishqoq suyuqliklar haqida bilimlarimni mustahkamladim. Tabiatda suyuq va gaz holatida uchraydigan barcha muhitlar o’rnatilgan ideal suyuqlik yoki gaz modeli doirasida bo’la olmasligiga kuzatish va tajribalar asosida ishonch hosil qilish mumkin ekan. Haqiqatan ham, «quyuq» yoki «suyuq» suyuqliklar haqida fikr yuritish mumkin ekan.Tezlik oshirilsa suyuqlik harakatining tartiblashgan qatlamli xarakteri buziladi ekan. U betartib boʻladi, uyurmalar paydo boʻladi, suyuqlikning turli qatlamlari ajralib ketarkan. Bunday oqim turbulent (lotincha turbulentus – shiddatli, betartib) deb ataladi.Suyuqlikning yopishqoqlik xossasi uning harakati davomidagina royobga chiqa oladi deyish mumkin ekan. Uning qiymati temperaturaga ham bogliq bolishidan tashqari deformatsiya tezligi tenzori ozgarishi bilan ozgarar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |