Asosiy qism.
O’qituvchi avval dars materiallarini o’zaki aytib, tushuntirib berdi, kerakli joylarini aytib yozdirdi va darsni diqqat bilan tinglab kuzatib borishlarini ta'kidladi. O’qituvchi mavzuni birinchi qismini juda ham aniq tushunarli tarzda tushuntirdi va talabalar ham diqqat bilan tinglashdi. So’ng talabalarni “aqliy hujumga” tortish maqsadida savollar berdi . Xo’sh talabalar yurtimizda hozirgi kunga kelib qanday ustivor ekologik muammolar mavjud ekan? T alabalar bitta bitta turib javob berishdi. Suv muammosi, atmosfera havosining ifloslanishi, aholining o’sishi hisobiga yerlarning kamayib ketishi, o’simlik, hayvonot olamining yo’qolib borishi, aholining salomatligi. To’g’ri, siz bular qatoriga chuchuk suv muammosini kiritmadingiz. Chuchuk suvning biosferadagi roli juda katta. Gidrosferada chuchuk suvning miqdori atigi 3% ni tashkil qiladi. Jamiyatning rivojlanishi bilan aholining chuchuk suvga bo’lgan talabi ortib bormoqda. O’qituvchi talabalar bilan savol-javob o’tqazib turgan vaqtda, Sanjar ismli bolani telefonda gaplashayotganini ko’rib qoldilar va dedi; “miyangni aql zakovatga, yuragingni mehr- muhabbatga, ikkala qo’ling risqu-ro’z beruvchi mehnatga, ikkala oyog’ingni fidoyilik yo’liga, ikkala ko’zingni orzu-havas bilan saodatli kelajakni ko’rishga, ikkala qulog’ingni haqiqat va adolatga boshlovchi yaxshilikni tinglashga, tilingni donolarning ma’noga to’la qimmatli so’zlariga, tanangni doimo zafarga eltuvchi harakatga va barcha borligingni tarbiya-ta’limni hamda kasb-hunarni ijro etuvchi sidqidillikka safarbar qilgin” dedilar. Bu gaplarimdan o’zing xulosa chiqargin. Bu gaplardan so’ng Sanjarning yuzi sholg’omdek qizarib ketdi va talabalar ham ziyrak tortib qoldilar.
So’ngra ma’ruzaning ikkinchi rejasini ham tushuntirdi, ham doskaga reaksiyalarni yozib bordi. Guruh sardori Hilolani imlab chaqirdi va ma’ruzalar matnidan aytib turib yozdirishni tayinladilar. O’qituvchining o’zi esa partalarni aylanib, kim yozmasdan o’tirganini, talabalarning darsga qay tarzda yondoshayotganini tekshirib chiqdi. Raxmat qizim. O’tiring.
Aziz talabalar: po’latni qancha olovda toblab, bosqonda qayta –qayta ishlov berilsa, shunchalik mustahkam va o’tkir bo’lganidek, sizlarni tarbiyalashda ham butun kuch- g’ayratimiz va mahoratimizni ishga solib, kunlik qat’iy reja asosida sizlarni turmush tashvishi va mashaqqatlarga chidamli qilib tarbiyalasak va aql, bilim, odobni qalbingizga singdira olsak, shundagina siz har qanday buyuk ishlarni amalga oshirishga erishasiz” dedilar. Keyin o’qituvchi talabalarni besh guruhga bo’ldilar va “bo’merang texnologiyasi” ni qo’llashni lozim deb topdilar. Guruhdan bir kishi o’rnidan turib javob beradilar, siz faqat mavzudan olgan tushunchalaringizni dafraringizga yozing. Sizlarga yeti minut vaqt beraman va sizlarning javobingizni o’zim umumlashtiraman. Darsga chekinish hosil qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |