Tashkiliy qism.
Katta o’qituvchi Husainova Muslima opa institutni imtiyozli diplov bilan bitirib, magistraturani ham shu institutda davom ettirgan. U ko'rkam, yosh ko'rinadi, doim did bilan o'qituvchi kasbiga mos kiyinadi. U belgilangan vaqtda auditoriyaga kirib keldi. Auditoriyadagi talabalar hurmat bilan bilan Husainova Muslima opa bilan salomlashishdi va o'quv qurollarini, tayyorlab diqqatini o'qituvchiga qaratishdi. Raxmat. Samimiy salom bergan kishining qalbi ham hurmat va ehtiromga to’liq ekanidan dalolat beradi. Salom ohangi inson dilining yorqin yoki tundligini aks ettiruvchi oynadir. Samimiy salom berish va lutf bilan hol- ahvol so’rash mehrni o’lchaydigan mezondir. Shu tarzda insonlarda bir-birlariga nisbatan mehr uyg’onadi dedilar. O’qituvchi talabalarning kiyinish madaniyatiga, tashqi ko'rinishlariga, o'quv qurollarining tayyorligiga ko’z tashlab qo'ydi. Keyin xotirjamlik bilan darsdan chalg’itadigan narsalarni olib qoyishni, telefon apparatlarini ishlatmaslikni, faqat kerak bo’lgan holatlardagina aloqa qilish uchun ruxsat berishini, telefonlarni ovozini o’chirib qo’yishni aytdi, shuningdek gaplashib boshqalarning diqqatini bo’lmaslikni aytdi. So’ng hozirgi kunga kelib, dolzarb ekologik muammolar qatoriga qo’shilib qolgan Orol dengizi haqida so’z ochdilar.
Hozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta’siri natijasida atrof muhitga sezilarli o’zgarishlar ro’y bermoqda. Jumladan iqlim o’zgarishlari, atmosfera, litosfera va suv ifloslanmoqda. Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o’zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’siri mahalliy, mintaqaviy, umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, shu kabi ta’sirlar natijasida mintaqadagi ekologik inqirozning eng xavfli nuqtasi hisoblangan Orol muammosi vujudga keldi. Orol dengizining satxi 22 metrga pasayib ketdi, ekvator maydoni 4 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 baravarigacha (1064 kub dan 70 kub km) ga kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112g/l gacha yetdi. Aziz talabalar siz bu muamolar haqida eshigansiz. Men o’ylaymanki, siz bu fanni yaxshi o’zlashtirib, yurtimiz kelajagi uchun o’z xissangizni qo’shasiz degan umiddaman. Bir donishmand aytgan ekanlar: - Odamlar aql zakovat hukmi asosida ish yuritsalar edi, hayotda birorta ham noxush voqea dilxiraliklar va ziddiyat yuz bermas edi. Tabiat juda saxiy, u sizning shavqatingiz va mehnatingizga yarasha muruvvat ko’rsatib taqdirlayveradi, aksincha siz befarqlik bilan tabiatga ozor beraversangiz, u ham sizga shavqatsizlik bilan zarar yetkazadi. Tabiat ham tirik mavjudotlar silsilasi, yaxshilikka yaxshilik bilan, yomonlikka yomonlik bilan javob qaytaradi. Aytishadiku: ummon oldida tursang ham bir tomchi suvni qadrla- deb.
Do'stlaringiz bilan baham: |