Masofadan turib transport vositalarini GPS tizimi orqali nazorat qilish bo‘yicha.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 yanvardagi
PQ-2724-sonli qarorda keltirilgan, onlayn (GPS) rejimida yo‘nalishdagi avtobuslarni masofadan kuzatish tizimini bosqichma-bosqich kiritilishini inobatga olib, bugungi kunda Andijon shahridagi 8 ta (1, 3, 7, 8, 21, 24, 55, 77) yo‘nalishlaridagi 150 ta avtobusda sinov o‘tkazilmoqda.
Ma’lumot tariqasida:
- Andijon viloyat hokimligining 2014 yil 31 iyuldagi № 192 Q- sonli qaroriga asosan shahar avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilarni bir marotaba tashish xizmati tarifi - 600 so‘m, shahar yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida yo‘nalishlarida yo‘lovchilarni bir marotaba tashish xizmati tarifi - 500 so‘m qilib belgilangan;
Davlatimiz rahbari joriy yilning 17-18 iyun kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida viloyat faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda "Yangi Andijon" shahri infratuzilmasini muhokama qilgan edi.
Ushbu yig‘ilishda 400 ming aholiga mo‘ljallangan "Yangi Andijon" hududini Andijon shahri bilan bog‘lovchi tezyurar jamoat transporti qatnovini tashkil qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha Transport vazirligiga topshiriq berilgan edi.
Berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan tezyurar jamoat transporti tarmog‘i hamda Andijon shahrining avtobuslar tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadida Transport vazirligi tegishli tizim tashkilotlari mutaxassislari tomonidan, rejalashtirilayotgan yo‘nalishlarda transport va yo‘lovchilarning oqimlarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Jarayonlarga Transport vazirligi, Qurilish vazirligi, Andijon viloyati hokimligi tegishli boshqarmalari, Transport univrsiteti mutaxassislari hamda Turkiyalik ekspertlar jalb etilgan.
Ekspertlar tomonidan Andijon shahrini "Yangi Andijon" hududi bilan bog‘lovchi quyidagi tezyurar transport turlarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan o‘rganish ishlar olib borilmoqda:
- Hududlarni bog‘lovchi yer usti metrosini qurish;
- Tezyurar avtobuslar harakati uchun BRT (Bus rapid transit) tizimini joriy etish;
- Tramvay yo‘nalishini tashkil etish.
Hozirgi kunda Andijon shahrida jamoat transportini rivojlantirish borasida bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda, buni yaqinda “Alpomish Merosi” MCHJ xususiy tashkiloti tomonidan 2021-yil Xitoydan olib kelingan va 2021-yil avgust oyidan boshlab Andijon aholisiga arzon, sifatli, yozda salqin, qishda issiq, barcha zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan ZHONGTONG LCK6905HGC avtobuslarini misol qilishimiz mumkin. Ushbu avtobuslar o‘tgan yili 80 dona olib kelingan bo‘lsa, yaqin kelajakda ushbu ko‘rsatkichni bundan ham oshibgina qolmasdan, hozirgi kundagi rivojlanayotgan elektr avtobuslarni ham olib kelib Andijon aholisiga yana sifatli xizmat ko‘rsatish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bu borada Andijon shahrining hokimi tomonidan ham tegishlicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |