Tursunaliyeva Mohinur Sardorbek qizining Genetika va Genomika asoslari fanidan


Genomikaning rivojlanish bosqichlari va yutuqlari



Download 5,62 Mb.
bet5/10
Sana07.07.2022
Hajmi5,62 Mb.
#753205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Genomikaning metodlari

1.3. Genomikaning rivojlanish bosqichlari va yutuqlari
Bir qancha xorijiy davlatlarda 20-21 asrlarda genomika jadal suratda rivojlanayotgan dunyo biotibbiyot fanlari sohasiga aylanib bordi. Bioinformatsion texnologiyalar isteʼmolchilari tadqiqotchilar, fundamental ishlanmalar mualliflari bilan bir qatorda tibbiyot, farmakologiya, biotexnologiya hamda oʼquv muassasalari hisoblanadi. Fanning bu sohasi АQShda va shuningdek boshqa rivojlangan davlatlarda muhim yoʼnalish safatida qaraladi.
Y


evropa, Osiyo, АQSh hamda Аvstraliya davlatlarida bioinformatika markazlari soni yildan-yilga koʼpayib bormoqda. Bioinformatika boʼyicha davlat, akademik hamda taʼlim markazlari bilan bir qatorda soʼnggi yillarda sohada olingan tadqiqot natijalardan tijorat maqsadida foydalanishga yoʼnaltirilgan sezilarli darajadagi tashkilot va loyihalar yuzaga keldi (3- rasm).

3-rasm. Bioinformatika servis markazlari va resurslari
Bu eng avvalo genomlarning, shuningdek odam genomining strukturaviy, funktsional hamda qiyosiy tahlili boʼyicha faoliyat yurituvchi tashkilotlardir. Genomika sohasi boʼyicha yaratilgan usullarni qoʼllash bilan birga amaliy muammolarni yechish yoʼlida, xususan farmokologiyada texnik hamda dasturiy bazalar jadal suratda rivojlanib bormoqda. Bunday muammolarni bartaraf etishda dasturiy taʼminot sanoati ham takomillashib bormoqda.
Mamlakatimizda genomika va bioinformatika fanlarining rivojlanishiga qaratilayotgan alohida eʼtibor tufayli dunyo fanida oʼz oʼrniga ega nufuzli ilmiy maktab va muhit shakllantirildi, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilib, keng miqyosda xalqaro ilmiy aloqalar yoʼlga qoʼyildi. Xususan Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazida sohada anchagina muvaffaqiyatli dasturlar amalga oshirildi. Markazda yetakchi horijiy ilmiy markaz tajribalariga ega, bioinformatsion texnologiyalar boʼyicha bilim va koʼnikmalarni puxta egallagan ilmiy xodimlarning faoliyat olib borishi va shular hisobga olingan holda markazda bioinformatika laboratoriyasining tashkil etilganligi bunga yaqqol misol boʼla oladi. Markaz ilmiy jamoasi hanuzgacha noaniq boʼlgan gʼoʼza genomidagi rekombinatsion bloklar (yaʼni, avloddan- avlodga koʼchib oʼtadigan gen allellari toʼplami) oʼlchamlarini topib, zamonaviy tezkor “assotsiativ kartalashtirish” usulini kashf etdi. Natijada gʼoʼza genomidagi genlardan foydalanishning yangi imkoniyatlari ochilib, gʼoʼzada zamonaviy markerlarga asoslangan selektsiya usullari ishlab chiqildi.
Gen-nokaut yoki RNK interferentsiyasi molekulyar genetika va bioinformatika usullari mahsuli boʼlib, organizmning belgilangan genlari faolligini toʼxtatish imkonini beradi. Shu tufayli genlari “oʼchirilgan” (nokaut qilingan) organizm vujudga keladi. Bu nukleotid ketma-ketligi maʼlum boʼlgan genlarning funktsiyasini aniqlashga yordam beradi. Nokaut qilingan va normal organizm namunalari orasidagi farqlar, oʼrganilayotgan gen funktsiyasini koʼrsatib beradi. Qishloq xoʼjaligi ekinlarining biologik koʼrsatkichlari – hosildorlik, ertapisharlik, zararkunanda va hasharotlarga chidamlilikning namoyon boʼlishida ishtirok etuvchi genning tarkibi va funktsiyasi aniqlangandan soʼng maqsadga muvofiq ravishda ushbu gen faoliyatini kuchaytirish yoki aksincha uni toʼxtatish mumkin. Markaz olimlari erishgan eng soʼnggi yutuqlardan biri – bu ular tomonidan gʼoʼza uchun yaratilgan dunyodagi ilk gen-nokaut texnologiyasidir.


Download 5,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish