Tursunaliyeva Mohinur Sardorbek qizining Genetika va Genomika asoslari fanidan


-rasm. Oqsil ketma- ketliklari va ularning tuzilishi bo`yicha atlas-kitob



Download 5,62 Mb.
bet3/10
Sana07.07.2022
Hajmi5,62 Mb.
#753205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Genomikaning metodlari

1-rasm. Oqsil ketma- ketliklari va ularning tuzilishi bo`yicha atlas-kitob
70 yillar boshlariga kelib aniqlangan ketma- ketliklar miqdori shu qadar koʼpaydiki, ularning hajmi tufayli bu maʼlumotlarni kitob shaklida nashr qilishning umuman iloji yoʼq edi. Inson miyasi bunday axborotlarni tahlil qila olmasligi va ketma- ketliklarni taqqoslash uchun maxsus dasturlar kerak boʼla boshladi.
90-yillarda genomika fani paydo boʼla boshladi. Hozirgi kunga kelib bir qancha organizmlar, jumladan odam, sichqon, tovuq, qurbaqa, bir qancha baliq turlari, chuvalchanglar, yuzlab viruslar va bakteriyalar hamda yuzlab oʼsimlik turlarining genom ketma-ketliklari aniqlandi. Bakteriya genomining oʼqilishi – bu 2-3 tadqiqotchidan tashkil topgan guruhning vaqt hisobida taxminan 1 yildan kam muddatga toʼgʼri keladigan vazifasidir. Odam genomi qariyb 3 mlrd.ga teng xarflardan iborat boʼlib bu esa 15000 kitob tomlariga toʼgʼri keladi. Uni “oʼqib chiqish” esa biologlar uchun Mendeleyevning ximiklar uchun yaratilgan davriylik qonunini ochish bilan tenglashtiriladi.
Shu boisdan ham bunday hajmdagi biologik maʼlumotlarni tahlil qilishda kompyuter texnologiyasidan foydalanila boshlandi. Gen ketma- ketliklarini tenglashtirish boʼyicha birinchi algoritm 1970 yilda yaratildi. Kompyuterlar axborotlarni virtual maʼlumotlar bazasida saqlash va ular ustida yuqori tezlikda operatsiyalar oʼtkazish imkonini berdi. Bioinformatika ham boshqa zamonaviy fanlar singari bir qancha fanlar, yaʼni molekulyar biologiya, genetika, matematika va kompyuter texnologiyalari fanlari birlashuvi asosida vujudga keldi. Uning asosiy vazifasi bu biologik molekulalar, eng avvalo nuklein kislotalar va oqsillar struktura va funktsiyalari boʼyicha maʼlumotlarni tahlil qilish va tizimlashtirish uchun hisoblash algoritmlarini ishlab chiqishdir.
DNK nukeotid ketma-ketliklarini sekvenirlashning jadal usuli ishlab chiqilgandan soʼng maʼlumotlar bazasida toʼplanayotgan genetik axborotlar hajmi yuqori tezlik bilan orta boshladi. Informatika, lingvistika va informatsiya nazariyasi yutuqlari genetik matnlarni tahlil qilish imkoniyatlarini ochib berdi. Genomikaning boshqa fan sohalari bilan oʼzaro bogʼliq holdagi rivojlanishi organizm va xujayrada yuz berayotgan biologik jarayonlarni tushunishning yangi darajasi shakllantirishga imkon beradi.
Bioinformatikaning yaralish tarixi 13 asrlarga borib taqaladi. Matematika tarixiga Fibonachchi (Fibonacci) nomi bilan kirib kelgan yosh italyan Pizalik Leonardo (Leonardo of Pisa) biologik jarayonning birinchi matematik modelini tuzgan holda quyonlarnig koʼpayishi toʼgʼrisidagi masalani tavsiflab bergan. XX asrning 20 yillariga kelib esa yana bir italyan olimi Vito Volterra (Vito Volterra) “yirtqich-oʼlja” koʼrinishidagi ikki biologik turning oʼzaro harakati modelini yaratdi. 40 yillar oxirida biologiyaga fizik va matematiklar kirib kela boshladi. Biologiyaning zamonaviya tarixi 1953 yildan, amerika olimlari Jeyms Uotson (James Watson) hamda Frensis Krik (Francis Crick) tomonidan DNK ning qoʼsh spiralligi kashf qilingan davrdan boshlandi. Аgarda birinchi shaxsiy kompyuter 1981 yilda va internet (World Wide Web) – 1991 yilda, yaʼni yaqindagina yaratilganligi hisobga olinadigan boʼlsa, bioinformatika jadallik bilan rivojlanayotganiga guvoh boʼlish mumkin.
Bugungi kunga qadar bioinformatikaga turlicha taʼriflar beriladi, biroq asosan bioinformatika deganda turli biologik axborotlarni tahlil qilishda kompьyuterdan foydalanish tushuniladi.4 Shuningdek «bioinformatika» termini maydoni ham juda kengaydi va biologik obʼektlar bilan bogʼliq barcha matematik algoritmlardan hamda biologik tadqiqotlarda qoʼllaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadi. Bioinformatikada informatikdagi singari amaliy matematik, statistika va boshqa aniq fanlar usullari qoʼllaniladi. Bioinformatika shuningdek biokimyo, biofizika, ekologiya, genetika va qator tabiiy fanlar sohalarida faydalaniladi.
Bioinformatika oʼz ichiga quyidagilarni oladi:
1) qiyosiy genomikada kompyuter tahlilining matematik usullari (genom bioinformatikasi);
2) oqsil strukturalarini bashorat qilish uchun algoritm va dasturlarni ishlab chiqish (strukturaviy bioinformatika);
3) muvofiq hisoblash uslubiyatlari strategiyasi tadqiqoti hamda informatsion murakkablikning biologik tizimlar tomonidan umumiy boshqarilishi.
Аmaliy maʼnoda bioinformatika – bu biologlar manfaatlari uchun xizmat qiladigan amaliy fandir. Maʼlumotlarni birlamchi tahlil qilish texnik bioinformatika sohasiga tegishlidir. Olingan maʼlumotlarni qaerdadir saqlash va ulardan foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash lozim. Bioinformatiklarning eng murakkab va shuning bilan birga eng qiziqarli boʼlgan mashgʼulotlari bu genom haqidagi maʼlumotlar asosida aniq tasdiqlangan natijalar olish, yaʼni masalan; А oqsili qandaydir funktsiya bajaradi, B geni qaysidir jarayonda qatnashadi bu esa bioinformatika fanining amaliy ahamiyatidan dalolat beradi.
Genomika va bioinformatika biologiya sohasining quyidagi yoʼnalishlarida qoʼllaniladi:
– genomika, transkriptomika va proteomika;
– rivojlanish biologiyasida kompьyuter modellashtirish;
– gen tarmoqlarining kompьyuter tahlili;
– populyatsion genetikada modellashtirish.
Genomika va bioinformatika dori preparatlarini loyihalashtirish muddatini 5-6 yildan bir necha oylarga qisqartish imkoniyatini yaratib farmakologiya sohasiga ham osongina kirib bordi. Shuningdek bu fan koʼplab boshqa tibbiyotga va biologiyaga oid fanlar bilan integratsiyalandi.
Bugungi kunda genomika va bioinformatikaning quyidagi boʼlimlari mavjud:
1. umumiy bioinformatika;2. klinik bioinformatika;3. strukturaviy genomika;4. funktsional genomika;5. farmakogenomika;6. klinik proteomika;7. funktsional proteomika;8. strukturaviy proteomika.
Genomika va bioinformatika usullari yordamida katta hajmdagi biologik maʼlumotlarni shunchaki tahlil qilish emas, balki har doim ham oddiy tajribalarda aniqlab boʼlmaydigan qonuniyatlarni isbotlash, genlar va ular kodlaydigan oqsillar funktsiyalarini bashorat qilish, hujayradagi genlarning oʼzaro taʼsiri modelini qurish, dori preparatlarini yaratish mumkin.
Phi-X 174 fagining 1977 yilda sekvenirlanganidan buyon koʼplab organizmlar DNK ketma-ketliklari aniqlandi va maʼlumotlar bazasiga joylashtirildi. Bu maʼlumotlar oqsil ketma-ketliklarini va regulyator uchastkalarni aniqlash uchun foydalaniladi. Maʼlumotlar miqdorining koʼpayishi bilan endi ketma-ketliklarni qoʼlda (vruchnuyu) tahlil qilish mumkin boʼlmay qoldi. Va hozirgi kunda milliardlab juft nukleotidlardan tashkil topgan minglab organizmlar genomlari boʼyicha qidiruvlar olib borish uchun kompьyuter dasturlaridan foydalaniladi.
Yirik genomlar uchun DNK fragmentlarini yigʼish yetarli darajada qiyin vazifalardan hisoblanadi. Bu usul hozirda qariyb barcha genomlar uchun qoʼllaniladi va genomlarni yigʼish algoritmlari bioinformatika sohasida bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi. Genomda genlarni va regulyator elementlarni avtomatik tarzda qidirish genetik ketma-ketliklarga kompьyuter tahlilini qoʼllashda yana bir misol boʼla oladi. Genomika kontekstida anotatsiya – bu DNK ketma-ketligida genlarni va boshqa obʼektlarni markirovkalash (nishonlash) jarayonidir. Genomlar annotatsii birinchi dasturiy tizimi Ouen Uayt (Owen White) tomonidan 1955 yildayoq yaratilgan edi.
Evolyutsion biologiya turlarning kelib chiqish va paydo boʼlishini, ularning davrlar boʼyicha rivojlanishini oʼrganadi. Informatika evolyutsiyani oʼrganuvchi biologlarga bir necha jihatlarda yordam beradi:
1) barcha DNKadagi oʼzgarishlarni oʼrgangan holda koʼp sonli organizmlar evolyutsiyalarini tadqiq qilishda;
2) yanada kompleks evolyutsion hodisalarni oʼrganish imkonini beruvchi genomlarni bir-biriga taqqoslashda;
3) populyatsiyalar kompьyuter modellarini qurishda;
4) koʼp miqdordagi turlar haqida maʼlumotni oʼz ichiga oluvchi nashrlarni kuzatib borishda.
Ekotizimning biologik xilma-xilliklari goʼyoki bu bir tomchi suv yoki bir hovuch tuproq, yoki Yer sayyorasining barcha biosferasi kabi barcha tirik turlardan iborat boʼlgan maʼlum bir muhitning toʼla genetik yigʼindisi sifatida aniqlanishi mumkin. Ixtisoslashtirilgan dasturiy taʼminot mahsulotlari qidirish, vizualizatsiya qilish, axborotni tahlil qilish va eng muhimi, natijalarni boshqa tadqiqotchilar bilan boʼlishda foydalaniladi.
Hozirgi zamon ilmiy biologik adabiyotida bioinformatika bilan birgalikda “hisoblash biologiyasi” iborasi ham uchrab turadi. Hisoblash biologiyasi – bu fan sohasi emas, balki biologik jarayonlarni oʼrganish uchun kompyuterlardan foydalanishga uslubiy yondashuv hisoblanadi. Garchi “hisoblash biologiyasi” koʼproq algoritmlar va aniq hisoblash usullarini ishlab chiqishlar bilan shugʼullansada hozircha “bioinformatika” va “hisoblash biologiyasi” iboralaridan tez-tez maʼnodosh (sinonim) soʼzlar sifatida foydalanilmoqda. Hisoblash biologiyasida foydalaniladigan barcha usullar yaʼni, masalan, garchi biologik vazifalar bilan bogʼliq boʼlsada matematik modellashtirish – bu bioinformatika hisoblanmaydi.
Bundan tashqari matematik biologiya ham mavjud boʼlib, u ham bioinformatika singari biologik muammolarni yechishda ishlatiladi, biroq unda qoʼllaniladigan usullar natijasi son bilan ifodalanmaydi va ularni amalga oshirishda dasturiy va jihoz taʼminoti talab etilmaydi.
Oqsillar fazoviy tuzilmalarini bashorat qilishda ishlatiladigan algoritm va dasturlar ishlab chiqish bilan shugʼullanuvchi srukturaviy bioinformatika boshqalaridan ajralib turadi. Shunday qilib bioinformatika ham anatomiya, botanika, virusologiya, mikrobiologiya, sitologiya, paleontologiya, fiziologiya va boshq. kabi biologiya boʼlimlari qatoriga qoʼshilmoqda.


Download 5,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish