Tursunaliyeva Mohinur Sardorbek qizining Genetika va Genomika asoslari fanidan


Zamonaviy biologik tadqiqotdarda genomika fanining ahamiyati



Download 5,62 Mb.
bet4/10
Sana07.07.2022
Hajmi5,62 Mb.
#753205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Genomikaning metodlari

1.2. Zamonaviy biologik tadqiqotdarda genomika fanining ahamiyati.
Genomika biologiyaning ilmiy tajribalari asosida olingan natijalarni tahlil qiladi. Olingan maʼlumotlarni tadqiqotchi maʼlumotlar bazasida mavjud boʼlgan barcha toʼplamlar bilan solishtiradi. Bordiyu, u oʼzi aniqlagan ketma-ketlikni maʼlumotlar bazasidan topa olmasa bunda u bu maʼlumotni shu joyga kiritib qoʼyadi va bu bilan bazani yanada boyitadi. Maʼlumotlar bazasi funktsiyalariga saqlash, tizimlashtirish, axborotlarni yangilab turish unga kirish huquqi bilan taʼminlashlar kiradi. Bu operatsiyalar esa katta qudratlardagi kompьyuterlarni talab qiladi.
Shuningdek biologik mavzular majmuidagi ilmiy nashriyotlar bazalari ham mavjud. Biologiya boʼyicha istalgan ilmiy jurnalning barcha sonlarida chiqadigan har bir maqola maʼlumotlar bazasiga joylashtiriladi izlanuvchi uni internet tarmogʼi orqali oson topib olishi uchun qisqa taʼrif berib qoʼyiladi (2-rasm).




2-rasm. Tibbiy-biologik nashrlar online kutubxonasi (PubMed)
E
ng katta tibbiy-biologik nashrlar on-line kutubxonasi PubMed soʼnggi 50 yil mobaynida 16 mln. dan ortiqroq maqolalarni oʼz ichiga oladi. Integral maʼlumotlar bazasi va entsiklopediyalar konkret gen, oqsil, organzim haqidagi barcha maʼlumotlarni oʼzida jamlash kabi muhim funktsiyalarni amalga oshiradi. Ular katta miqdordagi boshqa maʼlumotlar bazalari axborotlarini umumlashtiradi va uni hamisha yangilab turadi.
Har qanday yangidan oʼqilgan genom harflarning turli xil kombinatsiyalarida takrorlanuvchi ulkan ketma-ketliklar koʼrinishida namoyon boʼladi. Bioinformatika bunday xilma-xillikdagi matndan genlarni ajratib olish imkoniyatini beradi. Genomdan genni ajratib olish kabi bunday operatsiya genomni belgilash deb ataladi.
Barcha genlar funktsiyalarini tajribalar asosida aniqlash yetarli darajada murakkablikni yuzaga keltiradi. Bu holatda bioinformatika funktsiyalari allaqachon aniqlangan genlar bilan solishtirib koʼrishga tayangan holda ularni bashorat qilishda koʼmaklashadi. Oqsil molekulasida biologik vazifalarning har xil turlariga javob beruvchi uchastkalar mavjud. Bioinformatika usullari yordamida ushbu uchastkalarni aniqlash konkret bir oqsilning barcha spektr funktsiyasini ochib beradi.
Oqsil strukturalarini tajribalar asosida, yaʼni masalan oqsil molekulalaridan tashkil topgan mikroskopik kristalni rentgen nurlari bilan nurlantirish orqali aniqlash mumkin. Bu esa yetarli darajada uzoq va qimmatli jarayon hisoblanadi. Аyrim oqsillar kristall tuzilmalarga ega boʼlmaganligi sababli ularni tahlil qilishning umuman iloji yoʼq. Bioinformatika kompьyuter modellashtirish yordamida hech boʼlmaganda oqsil strukturasi uzoqroq oʼxshash ketma-ketligi maʼlum boʼlgan holatlarda oqsilning fazoviy modelini yasashda yordam beradi.
Genomika metodlari asosida olingan molekulaning fazoviy strukturasini bilgan holda uning qanday ishlashini va uning ishlashiga qanday taʼsir eta olishni bashorat qilish mumkin.
Dori preparatlarini fazoda har xil ximiyoviy bogʼlanishlar bilan oqsil-nishonlarning oʼzaro taʼsirini modellashtirish asosida tayyorlash mumkin. Bunda katta miqdori bogʼlanishlarni saralash va eng maqbullarini tanlab olish kerak boʼladi.Biologiya, kimyo, fizika, matematika hamda informatika fanlarini birlashtirish biologik tizimni har tomonlama tavsiflash imkonini beradi. Kompyuter resurslaridan foydalanish tahlil jarayonini bir necha marotaba tezlashtiradi hamda olinadigan natijalarning aniqligini va tezligini oshiradi.
Bioinformatika texnologiyalaridan foydalanib qilingan biologiya sohasidagi yangi kashfiyotlar tez suratda tibbiyot, farmakologiya, kosmetologiya, biotexnologiya, qishloq xoʼjaligi, ekologiya va boshqa sohalarda jalb qilinadi.Bioinformatika mustaqil ravishda amaliy ahamiyatga ega boʼlgan natijalar beradi va shuningdek biologiyaning turli sohalarida ishlash uchun sharoit bilan taʼminlaydi.
Bioinformatika boʼyicha ishning katta qismi biologik axborotni saqlash va uni tahlil qilish uchun maʼlumotlar bazasidan foydalanish texnologiyalari atrofiga jamlangan. Bunday maʼlumotlar bazasi ommabop yoki shaxsiy boʼlishi mumkin. Ularga ochiq standartlar orqali ommaviy kirish huquqini olish esa muhim ahamiyat kasb etadi. Garchi maʼlumotlar bazasidan foydalanishga nisbatan bu usullar anchagina keng tarqalgan boʼlsada biologik axborotlarni tahlil qilish uchun ontologiya va mantiqiy usullardan foydalanish rivojlanib bormoqda.


Download 5,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish