Ilk qadam
QANDAY UNUTAY..?
Xayollar og‘ushida ko‘milib ketsam
Oromim o‘g‘irlab, azoblar yutay.
Men sizni bir zum ham qani unutsam
Lek unutolmam, qanday unutay..?
Yo‘qoldi oromim, yo‘qoldi tunlar
Tunlar ko‘zlarimga uyqu kelmaydi.
O‘ylayman xayolda sizni, ey dildor
Qora ko‘zingizni qanday unutay..?
AYANCHLI KUN
Ayanchli kun kelmoqda bugun,
Sinfdosh tarqalib ketmoqda bugun.
To‘qqiz yil o‘qidik, olgandik bilim,
Endi esa tark etamiz, yurak ham tilim.
Yozishni, chizishni o‘rgatdi bizga,
Ota-yu, ona-yu bo‘lgan ham bizga.
Mehringiz berdingiz, ustozim bizga,
Biz ta’zim qilamiz bir umr sizga.
Muqaddas uyimsan nurli makonim,
Bag‘ringda ulg‘aydik, mening maktabim.
Maktabim qarshingda qilaman ta’zim,
Bizlarga bilim berdingiz rahmat muallim.
85
Do'stlaringiz bilan baham: |