Ilk qadam
* * *
Bedor kecha ko‘kka ko‘z tikib,
Yulduzlar charaqlar lim-lim atrofda.
Sevgilim kaftida qultum suv ichib
Yurgan chog‘larimni eslab boryapman...
Qanchalar quvonchli o‘tsada kunlar,
Uyqusiz bo‘lib qolsamda tunlar.
Yig‘lasamda ko‘zimga kelmaydi yoshlar,
Yoshligim seni qumsab boryapman...
YO‘LLARIM YORUG‘DIR, QORONG‘U
TUNLAR
Yo‘llarim yorug‘dir, qorog‘u gohi,
Kechalar boshimda aylanar savol.
Bahor kelsa kelar qishni o‘tkazib,
Lek bizlar ketsak kimlar qoladi?
Samoga uchsalar mangu ruhlarim
Yog‘ochga sig‘may qolsa bu tanim.
Oh urib yig‘lasam ko‘kdan, falakdan
Kimlardir yig‘imni eshitarmikan?
O‘tkuvchi yoshlikdir, o‘tadi odam
Bir zumda ketadi, qaytmaydi ortga.
Bizlar ham ketamiz vaqtimiz kelsa
Lek bizlar ketsak kimlar qoladi?
Yo‘llarim yorug‘dir, qorog‘u tunlar.
86
Do'stlaringiz bilan baham: |