Buxoro shahar 2-o’rta maktab
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Allayorova bonu Abdullayevnaning “O’qituvchim – nurli jahonim” nomli tadbir ishlanmasi
Sana: 29.09.18 y
Mavzu: O’qituvchim - nurli jahonim
1-boshlovchi: - Xush kelibsiz, davramizga 2-boshlovchi: Ayyomingiz qutlug’ bo’lsin,
Aziz do’stlar, assalom Qalbi daryo ustozlar.
Qalbimizni mamnun etib, Yosh dillarga saboq ila,
Yangrar ulug’ bir kalom. Sochgan ziyo odamlar.
1-boshlovchi: Ha, bugun ozod va obod yurtimizda ajoyib tantana, ulug’ shodiyona- “Ustoz va murabbiylar” kuni Shu qutlug’ ayyom barchangizga muborak bo’lsin azizlar.
2-boshlovchi:Muallim! Ustoz! Bu so’zlar qay bir yurakka faxr iftixor tuyg’ularini to’ldirmaydi deysiz. Ilk saboqni bergan ham, jajji bolajonlarga husni xatni, odobu axloqni, bilimu dunyoni o’rgatgan ham siz, shu xassos qalb sohiblarisiz
O’quvchilar tabrigi
1-boshlovchi: Olamda ko’p erur muborak onlar,
Tabarruk zotlar ham garchan ko’p erur,
Sizdan boshlanadi asli tafakkur,
Munis muallimlar sizga tashakkur.
O’qituvchilik-olijanob, mo’tabar kasb. Hurmatli Prezidentimiz Islom Karimov 1997 yili o’qituvchi va murabbiylar kunini keng bayram sifatida nishonlash to’g’risidagi farmonga imzo chekdilar. Shundan buyon oddiy ishchidan tortib vazirgacha, fuqarodan tortib mas’ul xodimgacha bu kunni bayram qiladi
2-boshlovchi: Nodir dilning murodi ilm birla,
Jahon bastu kushodi ilm birla.
Ko’rar ko’zlarning nuri ilmdandir,
Ko’ngillarning sururi ilmdandir.
Hukumatimizning o’qituvchilarga ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rliklarini har qadamda ko’rib, sezib turibmiz. Viloyatimizda boshlangan zo’r tashabbus –Maktablar kunining muntazam o’tkazib kelinayotganligi e’tiboru-e’tirofning amaldagi isboti emasmi?
Rivoyat (Ustozlar haqida)- Rivoyat qilishlaricha Ibn Sinoning uyiga bir qancha ustozlar yig’ilishibdi. Ibn Sinoning otasi unga tomdan o’tin tushirib, choy qo’yishni buyuribdi. O’tin uchun tomga chiqayotgan Ibn Sino narvonning yarmiga kelib to’xtab qolibdi va o’z-o’ziga debdi: Uyda ustozim o’ltirgan bo’lsa, men qanday qilib tomga chiqay?” Uni kuta-kuta tashqariga chiqqan ota o’g’lini narvonning yarmisigacha kelib to’xtab qolgan holda uchratibdi va undan nega o’tin olib tushmayotganligining sababini so’rabdi. Ibn Sino shunday javob beribdi: “Otajon, uyda ustozim o’tirgan bo’lsa, men qanday qilib tomga chiqaman?” Shundan qolgan ekanki, ustoz –otangdek ulug’dir.
She’r: Muallim va ustozlar haqida
Do'stlaringiz bilan baham: |