Qo‘llar va oyoqlar harakatlarini nafasni ushlash bilan uyg‘unligi
Quruqlikda. D. h. - yerda turish. Qo‘llarning birin-ketin harakatlarini «ustki» («ostki») oyoq harakatlari bilan uyg‘unligi
Suvda. Tayanchsiz holatda qo‘llarning birin-ketin harakatlarini oyoqlarning birin-ketin harakatlari bilan uyg‘unligi. Ikkala holatda ham yuz suvga tushirilgan, nafas to‘xtatilgan.
Qo‘llar, oyoqlar harakatlari va nafasni to‘la koordinatsiyasini o‘zlashtirish
Suvda. Tayanchsiz holatda qo‘llarning birin-ketin harakatlarini oyoqlarning birin-ketin harakatlari va nafas bilan uyg‘unligi.
SUZISHNING SPORTCHA YO‘NALISHLARI
To‘rtta sportcha suzish usullari ma’lum va keng tarqalgan- ko‘krakda krol, chalqancha, brass va batterflyay. Biz birinchi uchtasini ko‘rib chiqamiz, ulardan erkin usul va brass suzish turlarini amaliy asosi hisoblanadi.
Krol eng tezkor usul hisoblanadi. Suzganda kursantning gavdasi gorizontal holatga yaqin keltiriladi, qo‘llar navbati bilan suvdan chiqarilib bosh tepasidan oldinga tashlanadi va eshadi, yuz peshonaga qadar suvga botib turadi, nafas yonga qaragan paytda olinadi va suvga chiqariladi. Bunda kursantni olg‘a siljitib boruvchi kuchi asosan qo‘lida bo‘ladi. Qo‘llar harakatiga to‘xtaladigan bulsak, u quyidagicha bo‘ladi: o‘ngqo‘l, o‘ng yelka ro‘parasidan suvga botiriladi va shu paytda qo‘l tirsak bo‘g‘imida bukiladi: oldin panjalarlarni yozib (kerib emas) kaft, keyin bilak va nihoyat yelka suvga botiriladi. Suv tagida qo‘l oldinga uzatilib pastga qarab eshadi, yarmiga kelganda esa qo‘l harakati tezlashadi. Qo‘l bilan suvni tortayotganda harakatning yarmisiga kelganda qo‘l tirsak bo‘g‘imida bukiladi va bel yonidan to songacha suv zo‘r berib tortiladi. Eshish harakatlarini bajarayotganda barmoklar birlashtirilib suvni iloji boricha ko‘proq olish uchun yuza xovuch hosil qilinadi. Shunday qilinganda suv qo‘llar uchun tayanch vositasini o‘taydi va talaba gavdasi tezroq oldinga sirpanadi. Shuni unutmaslik kerakki, suvdan birinchi bo‘lib tirsak oxirida kaft vapanjalar chiqadi. Panjalar tos-son bo‘g‘imi yonidan chikib kelishi kerak. Keyin qo‘l tirsak bo‘g‘imida bukilib, oldinga tashlanadi. Mushaklar dam olishga ulgurishi uchun qo‘l suvga erkin tushishi kerak. Qo‘l suvga kirgach, xuddi suvni hovuch bilan tutgandan, kaft-panjalar suvni pastga qarab tortishi kerak. Eshayotgan qo‘l vertikal holatga kelganda ikkinchi qo‘lni suvga botirib ulgurish uchun tezroq oldinga yo‘naltiriladi. Shunda ikkala qo‘l navbati bilan suvni eshib boradi va talaba oldinga qarab harakatlanadi. Kursantning yuzi suv ichida bo‘ladi. Nafas faqat boshni yonga burgan vaqtda og‘iz-burun orqali olinadi va shu tariqa suvga, oxiri tashqariga yonga chiqariladi. Nafas bosh o‘ngga (chapga) burilib qo‘l tirsagi vertikal holatga kelganda olinadi. Krol usulida suzishda, odatda, qo‘l bilan ikki marta eshishga, oyoq bilan esa olti marta harakatlanishga ulgurish kerak. Bu bir sikl deyiladi. Har bir siklda bir marta nafas olib, bir marta nafas chiqariladi. Nafas chiqarish bilan nafas olish o‘rtasida to‘xtalish bo‘lmasligi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |