“Turli guruh va qatlamlar bilan ijtimoiy ish” bo‘yicha tarqatma material
Ma’ruzachi: Xolmurodov G‘ulom O‘tkir o‘g‘li
Ma’ruza mavzusi: Hayotiy faoliyatining turli sohalarida ijtimoiy ish
Reja:
2-mavzu. Hayotiy faoliyatining turli sohalarida ijtimoiy ish
Reja:
Hayotiy faoliyatining turli sohalaridagi ijtimoiy ishning metodologik muammolari.
Moddiy ishlab chiqarish sohasida ijtimoiy ish.
Sog‘liqni saqlash tizimida ijtimoiy ish.
Ta’lim tizimda ijtimoiy ish.
Hayotiy faoliyatining turli sohalaridagi ijtimoiy ishning metodologik muammolari.
Ijtimoiy soha – bu inson hayotini ta’minlashdagi tug‘ruqxona-lardan boshlab to dafn marosim madaniyati bilan yakun topuvchi barcha tizimlardir. Insonni undagi barcha qobiliyatlar va ehtiyojlar yig‘indisi bilan qayta yaratish jarayoni ijtimoiy jabhadagi jamiyat munosabat-larining mohiyati hisoblanadi. Boshqachasiga aytganda, ijtimoiy munosabatlar – bu o‘sha iqtisodiy munosabatlar, biroq ishlab chiqarish va inson shaxsini rivojlantirish nuqtai nazaridan sarf-xarajatlar va natijalar bo‘yicha ko‘rilayotgan va unga tayanuvchi ijtimoiy ish amaliyotidir.
Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ish ob’ekti sifatida jamiyat hayotidagi ijtimoiy jabhani o‘rganish ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ish - bu ijtimoiy jabhani boshqarish bo‘yicha davlat va jamiyat hokimiyati tuzilmalarining maqsad sari yo‘naltirilgan faoliyati, deb hisoblashga asos beradi. Ijtimoiy jabha tarmoqlari faoliyati insonning barcha fundamental, hayotiy, tayanch ehtiyojlarini, shu jumladan biologik (moddiy) va ma’naviy (ijtimoiy) ehtiyojlarini ham qondirishga yo‘naltirilgan.
Bugungi kunda ijtimoiy ish hayotiy faoliyatning maorif va sog‘liqni saqlash, harbiy muhit va penitensiar muassasalarda, sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida, sport-sog‘lom-lashtirish va madaniy-maishiy faoliyati va boshqalar kabi yetakchi jabhalarida amalga oshiriladi.
Murakkab hayotiy ahvolda qolgan, mamlakatning turli hayotiy jabhalardagi deyarli barcha aholisi ijtimoiy ish ob’ekti hisoblanadi.
Davlat, davlat idoralari va muassasalar, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, budjetdan tashqari jamg‘armalar, jamoatchilik, liniy hamda boshqa va nodavlat birlashmalar, tijorat tuzilmalari, biznes, ijtiomiy ish sohsi xodimlari, ko‘ngillilar, fuqarolar va boshqalar ijtimoiy ish sub’ekti sifatida ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |