Sog‘liqni saqlash tizimidagi ijtimoiy ish
Sog‘liqni saqlpash tizimidagi ijtimoiy ish ko‘p jihatdan sog‘liqni saqlash jabhasidagi ijtimoiy siyosat bilan belgilanadi. So‘nggisi Rossiya aholisining so‘nggi 5 yil mobaynida muntazam yomonlashib borayotgan salomatligi holati bilan belgilanadi. Bu quyidagi sabablarga bog‘liq:
- bu asosan mehnatga layoqatli aholi hisobiga zo‘ravonlik va notabiiy sabablarga ko‘ra o‘lim sur’atining 3,5 barobarga ortishi (qotillik, o‘z joniga qasd qilish, yo‘l-transport hodisalari va boshq.)
- sil kasalligi, aroqxo‘rlik, giyohvandlik, ruhiy parokandalik, tanosil kabi ulkan darajada ijtimoiy xavfli va ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi hamda yuqumli kasalliklar (zahm kasalligiga chalinganlar soni 35 barobar, SPIDga chalinganlar soni 15 barobarga, sil kasalligiga chalinganlar soni 1,5 barobarga, giyohvandlik darajasi 5 barobarga ortdi)ning ortishi;
- surunkali kasalliklar sonining ortishi bilan (qon aylanish organlari xastaligi 2 barobarga ortdi);
- onalik va bolalikni muhofaza qilishning yetarli darajada emasligi (yangi tug‘ilgan go‘daklar kasalligi 1,6 barobarga ortib, bldadar salomatligining umumiy holati yomonlashdi).
Rossiyadagi sog‘lom insonlar soni aholining bor-yo‘g‘i 20 foizini tashkil etadi, kompensatsiya holatidagilar 30 foizni, kompensatsiyasizlar esa 50 foizni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlar profilaktika va davolash tizimining unchalik samarali emasligidan dalolat beradi. 90-yillardagi o‘tish davri kasalliklarni davolashni amalga oshirishda, ayniqsa aholi salomatligini mustahkamlashda jiddiy qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Rossiya Federatsiyasida sog‘liqni saqlash an’anaviy tarzda kasallikni davolashga emas, balki profilaktika qilishga yo‘naltirilgan: sog‘liqni saqlash uchun ajratilgan resurslarning 70-80 foizi statsionar (gospital) sektoriga boradi. Sog‘liqni saqlashning mavjud tizimi profilaktikani rivojlantirishni va salomatlikni mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlamaydi.
Shulardan kelib chiqqan holda, ijtimoiy ish xodimi tibbiy xodimga qaraganda muhimroq rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan profilaktik tibbiyotni rivojlantirish zarurligi to‘g‘risida xulosa qilish mumkin. ular tomonidan bajariluvchi tibbiy-ijtimoiy ish salomatlikni tiklashga, saqlashga va mustahkamlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. patogenetik va profilaktik kabi ikki xil turdagi tibbiy-ijtimoiy ish mavjud.
Patogenetik tibbiy-ijtimoiy ish tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza o‘tkazish, tibbiyot va sog‘liqni saqlashdagi alohida jabhalarda ijtimoiy ish olib borish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Profilaktik tibbiy-ijtimoiy ish somatik (jismoniy), ruhiy va reproduktiv salomatlikning buzilishiga ijtimoiy bog‘liq bo‘lgan ogolantirishlar bo‘yicha, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, fuqarolarning salomatligini saqlash va boshqa masalalardagi huquqlarini ijtimoiy himoyalashni ta’minlash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishni ko‘zda tutadi.
Profilaktik tibbiy-ijtimoiy ish ikki turga bo‘linadi:
1) birlamchi profilaktika;
2) ikkilamchi profilaktika.
Birlamchi profilaktikaning vazifasi – insonni undagi patologik holatning rivojlanishidan ogohlantirish. Ikkilamchi profilaktika esa kelgusida kasallikning zo‘rayib ketishidan ogohlantirishga yo‘naltirilgan va davolash va profilaktika tadbirlar kompleksini hamda qator ijtimoiy masalalarni hal etishni ko‘zda tutadi.
Aholining tibbiy ma’lumoti darajasini oshirish, unda sog‘lom turmush tarzi va kasallikdan ogohlantirishdagi uning ahamiyati to‘g‘risidagi tasavvurni shakllantirish - profilaktik tibbiy-ijtimoiy ishning muhim yo‘nalishidir.
Inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi birmuncha muhim omillarni aniqlash profilaktik tibbiy-ijtimoiy ishning ikkinchi muhim yo‘nalishidir.
Salbiy odatlar (chekish, arohxo‘rlik va h.k.)dan ogohlantirish bo‘yicha mijozlar bilan hamkorlikda ish olib borish profilaktik tibbiy-ijtimoiy ishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.
Bemorlarni reabilitatsiya qilish patogenetik tibbiy-ijtimoiy ishning ustuvor yo‘nalishi sanaladi. Patsientlar hayotining sifatini oshirish ham reabilitatsiya vazifasi sirasiga kiradi. Salomatlik holati bilan bir qatorda, insonning ijtimoiy himoyalanganlik darajasini ham hisobga olish, jismoniy va ruhiy noqis insonlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish zarur. Tibbiyotda ijtimoiy ish xilma-xil bo‘lib, aholining ko‘p sonli ijtimoiy guruhlari va turli patologik holati bilan, organizm funksiyalarini buzilishi bilan, mehnatga va ishga layoqatlilikning yo‘qolishi hamda kasallikning rivojlanishidagi u yoki bu ijtimoiy omillarning roli bilan belgilanadi. Tibbiyotda ijtimoiy ish uni tibbiy faoliyat bilan birlashtiruvchi jamoatchilik va individual salomatlikni yaratish va mustahkamlash uchun belgilangan. Biroq ular tomonidan qo‘llanuvchi usullar turlichadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |