Moddiy ishlab chiqarish sohasida ijtimoiy ish
Sanoat korxonasida va mehnat jabhasida ijtimoiy ish va ijtimoiy siyosat va bandlikni ta’minlash borasida XMT tomonidan xalqaro konvensiyalar va tavsiyanomalarda belgilangan, xodimlarning mehnat huquqlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Ular quyidagilarni ko‘zda tutmog‘i lozim:
- mehnatga haq to‘lash borasida fuqaro o‘zini va oilasini (farzandini ham hisobga olgan holda) boqishiga imkon beruvchi eng kam (minimal) miqdordagi mehnatga haq to‘lashni belgilash;
- mulkchilik va tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadga nisbatan mehnatga haqqoniy haq to‘lash;
- mehnatni muhofaza qilish borasida: mehnat xavfsizligini ta’minlash va mehnatni muxofaza qilish qoidalariga rioya qilish nazoratini ta’minlash;
- ishlab chiqarishda yuz berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalardan va kasb kasalliklaridan majburiy sug‘urta qilishni tashkil etish va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash;
- ijtimoiy sherikchilik jabhasida: davlat tomonidan ish beruvchi birlashmalar va kasaba uyushmalari o‘rtasidagi, ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi teng huquqli hamkorlikning tashkil etilishi;
- bandlikni ta’minlash sohasida: yangi ish o‘rinlarini yaratuvchi va saqlovchi tarmoqlar va korxonalarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi;
- iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o‘zgarishlar munosabati bilan mintaqalar va tarmoqlar o‘rtasidagi ishchi kuchlari taqsimotining tartibga solinishini ta’minlashga imkon beruvchi sharoitlarni yaratish.
Sanoat korxonalarida standartlar tizimlari asosida korxona ishchilariga xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy yordam ko‘rsatish va ijtimoiy himoyalash kabi ijtimoiy ishlarni amalga oshiradi.
Standartlar tizimlari asosida korxonada quydagi vazifalar belgilab berilgan.
Iqtisodiy vazifalar quyidagi jabhalarni qamragan:
- mahsulot va uning sifati to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim qilish;
- sanoatda yangi texnika, materiallar hamda o‘lchash va sinovdan o‘tkazish usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqsimlash;
- mehnat unumdorligini oshirish va tannarhni pasaytirish;
- raqobatga ko‘maklashish;
- birgalikda ish ko‘rishni va bir-birini almashtirishni ta’minlash;
- ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishni oqilona tashkil etish va mahsulot sifatining belgilangan darajasini ta’minlash.
Standartlashtirishning ijtimoiy vazifasi sog‘liqni saqlash, sanitariya va gigiena talablariga mos bo‘lgan mahsulotlar o‘lchami va ko‘rkatkichlarini yuqori darajada qayd qilishni ko‘zda tutadi, atrof-muhit muxofazasini hamda insonlarning mahsulot ishlab chiqarishda undan foydalanish, ishlatish va utilizatsiya qilish xavfsizligini ta’minlaydi.
Standartlashtirishning kommunikativ vazifasi insonning axborotni qabul qilishining turli ko‘rigishlarini ob’ektivlashtirish uchun asos yaratishni hamda xalqaro reglamentlarni hisobga olib, zaruriy hamjihatlikni ta’minlagan holda, terminlar va ta’riflar, klassifika-torlar, o‘lchash va sinovdan o‘tkazish usullarini, chizmalar, shartli belgilar va h.k.larni qayd etishni ko‘zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |