O`quvchilarga bayon yozishni o`rgatishda o`qituvchidan uni muntazam suratda o`tkazib borish va bu sohada ma`lum bir tartibga amal qilish, ya`ni matnning o`quvchilarning yosh xususiyati va bilim saviyasiga mos bo`lishiga e`tibor berib, soddadan murakkabga, erkin, to`liq bayon etishdan matnga yaqinlashtirib bayon yozishga matnga yaqinlashtirib bayon yozishdan qisqartirib bayon yozishga, qisqartirib bayon yozishdan ijodiy bayon, ijodiy bayondan insho yozishga o`tiladi. Bunda og’zaki mashqlarni yozma ishdan oldin o`tkazib borishga ham e`tibor beriladi.
Matnga yaqinlashtirib bayon yozish
Bunda muallifga xos so`z va iboralardan foydalanish talab qilinadi. Buning uchun badiiy til xususiyati bilan ajralib turadigan asarlar tavsiya etiladi. Bunday matn yuzasidan bayon yozishdan oldin o`quvchilar muallifning har bir fikri, iborasi va uslubini aniq tushunib olishi va uni o`z bayonida qo`llashi zarur.
Matnga yaqinlashtirib yozilgan bayonda muallif fikrini o`quvchi o`z so`zi bilan bayon etishi mumkin, biroq eng muhimi muallif ko`llagan so`z va iboralardan yozma nutqda keng foydalanishi zarur. Bu o`quvchi lug’at boyligini oshiradi va faollashtiradi, iboralardan ijodiy foydalanishni o`rganadi. Buning uchun matn qajmi uncha katta bo`lmasligi kerak.
Qo`shimcha topshiriqli bayon, asosan, ona tili darslarida o`tkaziladi. Bunda biror grammatik qoida yuzasidai olingam bilimnn Ko`nikma va malakalarga aylantirish ko`zda tutiladi. Masalan, so`zlarning o`zaro bog’lanishi, moslashuv, boshqaruv, bitishuv, gapda so`zlar tartibi, gap bo`laklari, gapning uyushgan bo`laklari, Ko`chirma va o`zlashtirma gap, sinonim so`zlar, stilistika, ritorik go`roq gaplar, inkor gaplar va o`zbek tili tinish belgilariga oid qoidalar o`rganilgach, qo`shimcha topshiriq bayon o`tkazilishi zarur.Saylanma bayonda matnning hammasi to`liq yozilmaydi, balki o`quvchilar bir nscha qismli matnning xohlagan bir qismi yuzasi bayon yozadilar. Bunda o`quvchilarga erkinlik beriladi, ular yozuvlariga yoqqan, qiziqtirgan biror qismni saylab oladilar. Bu bayon turining ahamiyati shundaki, o`quvchilar keng hajmli mazkur asar xaqida yaxlit tasavvurga ega bo`ladilar, undagi qismlar oralidagi bog’lanishni tushunib etadilar va saylab olingan qism mazmuniga ongli, ijodiy munosabatda bo`ladilar, tafakkur va nutqlari tezroq rivojlanadi, mustaqyllik, saylab olish, tanlash ixtiyori ularni quvontiradi. Uni tashkil etishda o`qituvchi matnni bir marta ifodali o`qib beradi, reja tuzmasdan ham yozishga kirishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |