Xotiraga jamlangan va tartiblashtirilgan material asosida puxta reja tuzish inshoning mantiqiy va g’oyaviy saviyasining yuqori bo`lishini ta’minlaydi. Insho mavzusining o`zi haqidagina mulohaza yuritib, fikrlarni ixcham va lo`nda holda qisqa bayon qilish rejalashtirilganda sodda reja tuziladi. Insho yozuvchi mavzuning ichki g’oyaviy yo`nalishidan kelib chiqibgina fikrlar izhor qiladi va oz sonli dalillarga tayanadi. Odatda, sodda reja 5-9- sinf o`quvchilarining insholariga xos bo`ladi.
Murakkab reja mavzu yuzasidan atroflicha bilimga ega bo`lgan, mavzuning bir necha qirralarini ko`ra bilgan, keng ko`lamda yorita oladigan kishi tomonidan tuziladi.
«...Ki sen ham hur tug’ilg’onsen!» mavzusi yuzasidan sodda va murakkab rejani ko`rib chiqaylik.
1. Bilim-baxt keltiradi (Yusuf Xos Hojibning ―Qutadg’u bilig‖ asari haqida).
2. Kelajak mening tasavvurimda.
3. Ona tilim, sen o`zbekning g’ururi.
Murakkab reja:
Reja 1. Kirish: Naqadar shirin so`z - hurlik, erkinlik!
11. Asosiy qism:
Bahorni kuylamoq - erkni kuylamoq.
Cho`lpon ijodida xotin-qizlar ozodligi mavzusi.
Cho`lpon - isyonkor shoir.
111. Xulosa: Cho`lponning yangroq sozi jaranglayversin!
Insho rejasi bandlari mavzuni ochish uchun xizmat qilmog’i zarur.
Kirish. Kirish insho mavzusini yoritishni boshlash oldidagi debocha hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, asosiy mavzuga o`tish uchun ko`prik vazifasini o`taydi. Kirish insho yozuvchining bilimi va ixtiyoriga qarab turlicha bo`lishi mumkin:
a) tarixiy;
b)biografik;
v) ommabop;
g) chog’ishtirma;
d) favqulodda;
s) lirik chekinishli va h.k.
Muallif mavzuni yoritishga qay biri qulay kompozitsion uyg’unlik va g’oyaviy mutanosiblik tug’diradi deb topsa, o`shanday kirish qilishi mumkin.
Ba’zan insho yozuvchi aralash kirishdan yoki ma’lum tartibda bir necha xil kirishdan foydalanishi mumkin. Bu holda kirish qismining bandlari uchtagacha
bo`lishi mumkin. Yuqoridagi mavzuga tatbiqan misol keltiradigan bo`lsak: