Turkiy tillar leksikasi



Download 71,43 Kb.
bet2/4
Sana30.03.2022
Hajmi71,43 Kb.
#519486
1   2   3   4
Bog'liq
2 5292150125357964940

O‘zlashgan qatlam. Turkiy tillardagi yunoncha, arabcha, forscha-tojikcha, xitoycha, mo‘g‘ulcha, ruscha so‘zlar o‘zlashgan qatlamni tashkil etadi. Turkiy tillardagi o‘zlashgan qatlamning asosiy qismi arab, fors-tojik, rus tillaridan kirgan so‘zlardan iboratdir.
Arabcha so‘zlar diniy terminlar va turli soha nomlaridir. Arabcha so‘zlar quyidagi xususiyatlarga ega:
1.(v)f,h harflari ishtirok etgan so‘zlar, asosan, arabcha: vazir, fikr, hosil .
2.’(tutuq belgisi) ishtirok etgan so‘zlar arab tiliga mansub: ma’no, ta’limot, na’ra va b.
3.Arabcha so‘zlar siniq ko‘pligiga ega, ya’ni ko‘plik so‘z tarkibini o‘zgartirish bilan hosil qilinadi: hol-ahvol, xabar-axbor, ruh-arvoh, xulq-axloq, she’r-ash’or va h.k.
4.Arab tili konsonant hisoblanib, arabcha so‘zlarda o‘zakdoshlar leksema tarkibidagi undoshlar yordamida hosil qilinadi: hukm-hokim-hakam-mahkama-hokimiyat; fikr-tafakkur-mutafakkir; kitob-maktab-kutubxona-maktub; sinf-tasnif; hurmat-ehtirom-marhamat-muhtaram.
Turkiy tillardagi arabcha so‘zlar: kitob, maktab, xalq, maorif, shoir, ma’no, ilhom, san’at, tanqid, madaniyat, kashf, a'lo, odob, xat, savod, amal, oila, inson, husn, nutq, soat, avlod, savol, sinf, millat, hikoya, maqol, hayot, shamol, qadr, dohiy, mag‘rur, xafa va h.k.
Forscha-tojikcha so‘zlar. Forscha-tojikcha so‘zlar turkiy tillar lug‘at tarkibida qadimdan mavjud bo‘lib kelgan. Forscha-tojikcha so‘zlar quyidagi xususiyatlarga ega:
a) ch, l, g, z undoshlari bilan boshlanadigan so‘zlar, asosan, forscha-tojikcha hisoblanadi: lola, gul,chaman;
b) -xo‘r, -noma, -do‘z, -xon, -namo, -shunos, -boz, -bon, -dor, be-, no-, ser- kabi qo‘shimchalar forscha-tojikchadir.
Turkiy tillardagi forscha-tojikcha so‘zlar: osmon, oftob, bahor, baho, barg, daraxt, gul, xona, mirob, dasta, bemor, g‘isht, dasht, xonadon, shogird, xaridor, sharobxo‘r, serob, shirin, mard, mehribon, jonajon, kamtar, kam, chala, go‘sht, non, sozanda, sabzavot, reja, dard, ombur, dugona, do‘st, peshona, kaft va h.k.
Mo‘g‘ulcha so‘zlarning o‘zlashish omillari tadqiqotlarda qayd etilgan.11 V.I.Rassadin fikricha, Chig‘atoy va uning vorislari hukmronligi davrida eski o‘zbek tiliga yuzga yaqin mo‘g‘ulcha so‘z o‘zlashgan. Hozirgi turkiy tillarda mo‘g‘ulcha so‘zlar miqdorining bundan ko‘proq ekanligi qayd etilgan. Jumladan, oltoy tili shevalarida 830 dan ortiq mo‘g‘ulcha so‘z ishlatilishi aniqlangan.12
Eski o‘zbek tilida ishlatilgan mo‘g‘ulcha so‘zlar shaxs otlari: (qorovul, chag‘dovul, chig‘dovul, yasavul, shig‘avul, kuragon, dorug‘a); harbiy kiyim-kechak nomlari: (dubulg‘a, ko‘ha, o‘pchin); harbiy harakatga doir terminlar (burong‘or, javong‘or, g‘o‘l// qo‘l, shiba kabilar)dan iborat. Mo‘g‘ulcha so‘zlarning 97%i harbiy terminlardir. -vul affiksi orqali yasalgan hiravul, eravul, bakavul, yasavul, jangdavul, chag‘davul singari harbiy terminlar eski o‘zbek tilida faol qo‘llangan.
Qadimgi turkiy til manbalarida erävül o‘rnida yezäk, “ilg‘or qism”, ya’ni “avangard boshlig‘i” ma’nosini ifodalovchi yesäk bašı, “ayg‘oqchi otryad” ma’nosidagi tutğaq so‘zlari ham qayd etilgan. Izohlarda tutğaqning, asosan, tunda harakat qilishi ta’kidlangan (DLTind,288). Eski turkiy til obidalarida xonni muhofaza qiluvchi (faqat tunda emas, umuman) shaxs jatğaq deyilgan (DLTind,119); yatğaq, tutğaq “(tungi otliq otryad” (DTS,592); bilgüči “razvedkachilar (DTS,98); yortuğ “jang kunlarida yoki biror yerga borishda xonning atrofida boradigan soqchilar” (DLT,III,48) ma’nosidagi turkiy terminlar keyingi davr o‘zbek tili manbalarida, deyarli, uchramaydi. Bu so‘zlar mo‘g‘ulcha terminlar o‘zlashishi sababli iste’moldan chiqqan.
Fin-ugor tillari orasida chuvash tili oraliq til vazifasini o‘taydi. Chuvash tiliga o‘zlashgan slavyan so‘zlarining aksariyati rus tili orqali o‘tgan.
Tuva tilida: a) mo‘g‘ulcha so‘zlar ko‘p o‘zlashgan; b) fin-ugor, samodiy, tungus-manchjur tillaridan ham so‘z o‘zlashgan.
Volga bulg‘orlari tiliga xos qadimiy so‘zlar qabrtoshlarda va boshqa yodgorliklarda saqlanib qolgan:

Aslida

Transkripsiya

Chuvash tilidagi muqobili

Ozbek tilida

ﺟﺎﻝ
ﺟﻮﺭ
ﺟﻴﺮﻡ
ﺟﻴﺎﺕ
ﺟﻴﺎﺭﻣﺸﻰ
ﺗﻣﺮﺍﺝ


Download 71,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish