Turkiy tillar leksikasi



Download 71,43 Kb.
bet3/4
Sana30.03.2022
Hajmi71,43 Kb.
#519486
1   2   3   4
Bog'liq
2 5292150125357964940

jал
jur
jurum
j(i)yet
j(i)yerm(i)nš
t(i)m(i)reč

čul
čür (čĕr)
čırim (čirĕm)
čiччi (čiччĕ)
čiрimmiš
tımirči (tımĕrčĕ)

yil
yuz
yigirma
yetti
yigirmanchi
temirchi

Qrim-tatar tilida qo‘llanadigan ayrim so‘zlar (masalan: balaban “katta”, qaranta “oila”) hozirgi turkiy tillarda kuzatilmaydi. Sыn “odam”, sǎmsa “burun”, kaçan “bel”, arǎm “ayol”, čěčě “pichoq”, tulǎ “bug‘doy” kabi so‘zlar faqat bulg‘or tilida uchraydi. Bu holat turkiy tillarning eng qadimgi leksik xususiyatlarni turli darajada saqlab qolganligini ko‘rsatadi. Bunda, ta’kidlanganidek, ichki taraqqiyot va tashqi omillar ta’siri muhim o‘rin tutadi.
Turkiy tillar leksikasi taraqqiyotida leksemalarning semalari doirasida o‘zgarish kuzatiladi. Semantik o‘zgarishlar, asosan, ma’no kengayishi va ma’no torayishi bilan izohlanadi. Masalan, oğul / oğlan, qız oğul / qız oğlan. Hozirgi turk tilida kız oğlan; turkman tilida gız oğlan.
Ba’zi turkiy leksemalarning hozirgi qo‘llanishida semantik torayish kuzatiladi. Bu holat tilning tarixiy taraqqiyoti jarayonidagi ichki qonuniyatlar hamda shu tushunchani ifodalovchi boshqa yasama leksik birlikning shakllanishi yoki boshqa tilga oid leksik birlikning o‘zlashishi bilan izohlanadi.
Oğlaq so‘zi ulaq shaklida ham uchraydi, oğul bilan asosdosh. Bu so‘z yoqut tilida uol shaklida “o‘g‘il” ma’nosi bilan birga “nevara” ma’nosida ham ishlatiladi. L.Bernshtam yoqut tiliga asoslanib, oğul so‘zi umuman avlodni bildirishini ta’kidlagan.13 A. Kononov oğul “ona” ma’nosildagi va kichraytiruvchi -ul affiksidan iborat, degan fikrni aytadi (qiyos: siŋil).14
Singil / siŋil O‘rxun-enasoy yodgorliklarida ham uchraydi. Siŋil chulim turklari tilida “erning ukasi yoki jiyani” ma’nosida ishlatiladi.
Eng qadimgi davrlarga xos bo‘lgan aka so‘zi “Boburnoma”da ayollarga nisbatan qo‘llangan. Maxfi kišilär barıb äkäm bilä yaŋa bilä, Páyanda Sultánbegimni “aka” der edim (BN,146,I); اﻜﺎ “Boburnoma”ning 1960-yildagi nashrida ham, Gulbadanbegim asarida ham oka shaklida keltirilgan. Gulbadanbegim onam o‘rnida okam hazratlari birligini ishlatgan.15 Bu so‘z Eyji Mano matnida äkä shaklida berilgan16. M.Salye tarjimasida ham äkä ishlatilgan17. Ayollarga nisbatan ishlatilgan aka so‘zi o‘zbek tilidagi lug‘atlarda uchramaydi. Pave de Kurteyl lug‘atida “ona” ma’nosidagi mo‘g‘ulcha so‘z, deb izohlangan.18
Chuvash tilida aka so‘zi akka shaklida “opa”, “ota tomonidan buvining opasi” ma’nolarida qo‘llanadi.
Chig‘atoy tilida ağača, äkäčä so‘zlari “begim”, “opa” ma’nolarida ishlatilgan. Bu so‘zlarda -cha jinsni ifodalashga xizmat qilgan va ayollarga nisbatan qo‘llangan.
Turkiy tillar leksikasi taraqqiyotida ma’no ko‘chishi turli usullar yordamida yuzaga kelgan. Masalan, metonimiya asosida qabila nomlari odamlarga nisbatan ishlatilgan. V.Vladimirsov mo‘g‘ullar haqida yozar ekan, tutukul’yut qabilasidagi erkaklar tutukultay, ayollar tutukulchin deb atalganini ta’kidlaydi.
Ayrim so‘zlar semantikasidagi o‘zgarishlar qism nomining butun denotatni anglatishi va, aksincha, butun nomi bilan denotat qismini nomlash kuzatiladi. M., tam qadimgi turkiy tilda “devor”; “uyning ustki qismi”; “uy” ma’nolarida qo‘llangan (DLT,I,299). Bu ma’nolar hozirgi turkiy tillarda va shevalarda saqlanib qolgan. Ayrim turkiy tillarda mazkur so‘z farqli ma’nolarda qo‘llanadi. Jumladan, qozoq tili shevalarining janubi-sharqiy qismida tam “yerto‘la”, shimoli-g‘arbiy qismida “qabr” ma’nolarida ishlatiladi. Mo‘g‘ul tilida bu so‘zning “tubsiz chuqur” ma’nosi kuzatiladi. “Shajarayi tarokima”da tam va ev so‘zlari juft qo‘llanib, “shahar” tushunchasini ifodalagan: tam ev saldı “shahar qurdi”19 . “Boburnoma”da tam ikki ma’noni: obyektni hamda obyektning qismini ifodalovchi leksik birlik sifatida qo‘llangan, “uy” ma’nosida kelgan:. ...tamğa va yığačqa ošbu tišlärini qoyub, žōrlab yıqıtur (BN,199,I); “uyning ustki qismi“, “kuzatish joyi” ma’nolarida qo‘llangan: Kun tušga yavuq tamdın tüshüb, meniŋ qašıımğa kelib aytadurkim, Yusuf daruğa kelädür (BN,99,II). Tam so‘zi semantikasida o‘zgarish yuzaga kelib, hozirgi o‘zbek adabiy tilida ma’no taraqqiyoti (sinekdoxa) asosida uyning, binoning ustini bekitib turuvchi tepa qismi”ni ifodalaydi (O‘TIL,IV,139). “Uy” ma’nosi ayrim shevalarda saqlanib qolgan.
Turkiy tillarda so‘zlar tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft, takror ko‘rinishda bo‘ladi. Sodda so‘zlar: iŋäk - ozarb., uyg‘., o‘zb. inäk, olt., gag., qirg‘., tuv., turk, turkm., xak. inek; chuv. ene; yoqut. ïnah. Qadimgi turkiy tilda: iŋäk.
Tuva tili shevalarida jalaŋ lekseması to‘rt yoshdan oshgan qoramol uchun ishlatiladi. Quralay / kuralai: boshq. koralai, qoz. kuralai, o‘zb. (dial.) kuralay. L. Budagov lug‘atida “yovvoyi echki bolasi” ma’nosida qayd etilgan.
Qo‘shma so‘zlar: turk. sačlı sığır “bizon”; turkm. dere sığırı “bug‘u”; turkm. mal ğara “qoramol”; ozarb. dağ kečisi, qirg‘. tō ečki “tog‘ echkisi”; kör sıčan; boshq. hukïp sıskan, gag. kelemä sıčan “yumronqoziq”, qoz. mujıma tıškan “kalamush”; yarkanat “ko‘rshapalak”.
O‘ziga xos taraqqiyot bosqichini o‘tagan, milliy qadriyatlarni, urf-odat, an’analarni o‘zida mujassamlantiruvchi muloqot vositasi hisoblangan o‘zbek tili tabiatiga xos jihatlar shu tilning umumturkiy taraqqiyot davridagi xususiyatlari tahlilida yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘zbek tilining umumturkiy taraqqiyot davriga xos fonetik, leksik, grammatik xususiyatlar o‘sha davrda yaratilgan manbalarda, og‘zaki ijod namunalarida, dialektlarda o‘z ifodasini topgan.
Yozma manbalar muayyan davr tilini imkon qadar to‘liq aks ettiradi. Shu bilan bir qatorda, til hodisalarining keyingi holati, lingvistik jarayonlarni ifodalashda, leksema semantikasidagi o‘zgarishlarni, chunonchi, semantik torayish, ma’no kengayishi hodisalarini tahlil qilishda dialektlarning alohida o‘rni bor. Bu jihatdan qadimgi turkiy til xususiyatlari, leksik birliklarning dialektlarda saqlanib qolishi va hozirgi o‘zbek tili davriga qadar yetib kelishida shevalarning ahamiyatini ta’kidlash joiz.
Ta’kidlanganidek, sheva va lahjalar adabiy til taraqqiyotida nafaqat ichki omil sifatida, balki qadimgi xususiyatlarni aks ettiruvchi manba sifatida ham ahamiyatlidir. Dialektlarning qadimgi turkiy til davriga xos xususiyatlarni o‘rganish, leksemalar semantikasidagi jarayonlarni tahlil qilishdagi ahamiyati quyidagilarda ko‘rinadi:
1.Dialektlarda hozirgi adabiy tilda ishlatilmaydigan leksik birliklar qo‘llanadi. Jumladan, o‘zbek tili dialektlarida qadimgi turkiy til davriga xos puypa- “ezg‘ilamoq”, dөn- “aylanmoq”, janaš- “yaqinlashmoq”, buldira- “tinmoq”, “jimirlamoq” so‘zlari saqlanib qolgan. Hozirgi o‘zbek shevalarida umumturkiy so‘zlarning aksariyat qismi ishlatiladi: (Iqon) “ov”(18), alaxan (Janubiy Tojikiston) “bezovta”, arığ (Urganch, Xiva, Xonqa) “toza, pok”; emgәk (Janubiy Xorazm) “mehnat”(29), bakavul (Buxoro) “pazanda” (41), baxshi (Andijon) “tabib”, itmoq (Qashqadaryo) “yo‘qolmoq” (117), toңmaqdoңmaq (Janubiy Xorazm) “muzlamoq” (89), dөŋ (Xorazm) “muz” (88), bağıš – bağdaš (Urganch, Xonqa, Shovot) “chordana qurib o‘tirmoq” (41), inmәk (Urganch, Xiva, Xonqa, Bog‘ot) “tushmoq”, čөk- “nuramoq” (116).20
2. Hozirgi adabiy tildagi so‘zlarning iste’moldan chiqqan semalari namoyon bo‘ladi. Masalan, mo‘g‘ul tiliga oid baxši so‘zi “jarroh” ma’nosini bildirgan. Baxšı atamasi shaxsning kasb-korini bildiradigan, uning faoliyatini baholovchi sifatlashga aylangan; mo‘g‘. ﺒﺨﺶ – писцы при ханах Туркестана, незнавщие вовсе по персидски; монголы и хирурга называют baxšı. В Крымском ханстве значил писец. У туркмен «трубадур, музыкант» (Bud,I,245). Baxšı Navoiy asarlarida “kotib”, “mirzo” ma’nolarida qo‘llangan (ANATIL,I,231). Qadimgi turkiy tilda “ustoz” ma’nosidagi xitoy tiliga mansub baqšı so‘zi uchraydi (DTS,82). Bu so‘z Navoiy asarlarida qo‘llangan baxši so‘ziga aloqador: ularni “o‘rgatuvchi”, “bosh”, yetakchi” semalari bog‘lab turadi. Baxšida “so‘zlash” semasi ham mavjud bo‘lib, mazkur sema hozirda “xalq dostonchisi” tushunchasini ifodalovchi baxšı so‘zi semantikasida namoyon bo‘ladi. “Boburnoma”da baxšı so‘zi tibbiyotga aloqador shaxs tushunchasini ifodalagan. Baxšining “Boburnoma”da aks etgan “davolovchi” semasi hozirgi qipchoq shevalarida keng qo‘llanadigan “davolovchi” ma’nosidagi baxšı atamasi semantikasida uchraydi.
Qadimgi turkiy tillarga xos yumurta, qarinja, bo‘la, yezna, jezde, boja kabi so‘zlar shevalarda saqlanib qolgan.

Download 71,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish