Butunturkiston musulmonlari qurultoylari hamda “Sho‘roi Islomiya” va “Sho‘roi Ulamo” tashkilotlarining faoliyati. 1917-yil 14-martda Toshkent shahrida Turkiston taraqqiyparvarlarining ijtimoiy-siyosiy tashkiloti bo‘lgan “Sho‘roi Islomiya” (“Islom kengashi”) tuzildi.
“Sho‘roi Islomiya” faoliyatida Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Mustafo Cho‘qay, Ahmad Zaki Validiy, Islom Sulton Shoahmedov, Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov kabi
shaxslar muhim rol o‘ynashgan.
Ubaydulla Xo‘jayev
Tashkilotga dastlab Abdulvohidqori Abduraufqori o‘g‘li, keyinchalik Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev (Ubaydulla Xo‘jayev) rais qilib saylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |