Fevral inqilobi va uning Turkiston o‘lkasiga ta’siri.
Insoniyat tarixida shunday voqealar bo‘ladiki, ular butun-butun davlatlar va mamlakatlarda yashovchi yuzlab xalqlarning keyingi taqdirini butunlay o‘zgartirib yuboradi.
Ana shunday voqealardan biri 1917-yil 27-fevralda (yangi hisob bilan 12-martda) bo‘lgan Rossiyadagi Fevral inqilobidir.
Fevral inqilobi Rossiya imperiyasi hududida samoderjaviyega barham berdi, imperator (podsho) ning cheksiz hukmronligi tugadi. Rossiya imperatori Nikolay II o‘z ixtiyori bilan 2-mart kuni taxtdan voz kechdi.
Rossiya imperiyasi poytaxti Petrogradda bu paytda mitinglar va qo‘zg‘olonlar boshlanib, u Fevral inqilobi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Rossiya imperatori Nikolay II
Do'stlaringiz bilan baham: |