Fevral inqilobi (1917) -Rossiyada samoderjaviyega barham bergan inqilob. Fevral
inqilobi harbiy magʻlubiyatlar va xoʻjalikdagi vayrongarchilik bilan bogʻliq ravishda
mamlakatda iqtisodiy va siyosiy tanazzulning keskin kuchayishi oqibati edi.
Oziq-ovqat yetishmasligi tufayli 23 fevralda Petrogradda stixiyali tarzda urushga
qarshi mitinglar boshlandi, u ish tashlashlar va namoyishlarga, kazaklar va politsiya
oʻrtasidagi toʻqnashuvlarga, 24— 25 fevral da esa yalpi ish tashlashga aylanib ketdi.
26 fevralda qoʻshinlarga qarshi janglar, 27 fevralda yalpi ish tashlash qurolli
qoʻzgʻolon darajasiga koʻtarildi, askarlar ommaviy tarzda qoʻzgʻolonchilar tomoniga
oʻta boshladi. Qoʻzgʻolonchilar shaharning muhim joylarini, hukumat idoralarini
egalladilar. Nikolay II taxtdan voz kechdi. Davlat dumasining Muvaqqat komiteti
tuzildi. Ishchi va soldat deputatlari Soveti saylandi. Muvaqqat komitet hukumat tuzdi.
1 mart kuni Moskvada, mart oyi davomida butun mamlakatda yangi hokimiyat
oʻrnatildi. Fevral inqilobi Turkiston oʻlkasi musulmon aholisini siyosiy jihatdan
uygʻotishda, demokratik oʻzgarishlarga boshchilik kilmoqchi boʻlgan yangi
kuchlarning siyosat maydoniga chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi. Jadidlar
vujudga kelayotgan milliy demokratik kuchlarning oʻzagi boʻlishdi. Ular mintaqa tub
xalqlarining taraqqiyoti va mustaqilligi toʻgʻrisidagi oʻz gʻoyalarini Fevral inqilobi
shiorlari bilan bogʻlab, oʻzlari eʼlon qilgan prinsiplarni amalga oshirishga faol
kirishdilar. Toshkentda "Shoʻroi Islom" 1917 yil 14 mart) tashkiloti tuzilib, Turkiston
taraqqiyparvarlarining aksariyati uning atrofida birlashsi. Bundan tashqari,
Toshkentda Ishchi deputatlari Soveti (1917 yil 2 mart) ham tuzil gan edi. Turkiston
oʻlkasi generalgubernatori va Turkiston harbiy okrugi qoʻmondoni general Kuropatkin,
uning yordamchisi general Yerofeyev, okrug shtabining boshligʻi general Sivere oʻz
vazifalaridan chetlashtirilib, 31 martda uy kemogʻiga tashlandi. Muvaqqat hukumat
tomonidan 1917 yil 7 avgustda Turkiston oʻlkasini boshqarish uchun 9 kishidan iborat
Turkiston komiteta (raisi — kadet N. N. Shchepkin) tuzildi. Shuningdek,
Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi (1917 yil 17— 21 apr.) da Turkiston
oʻlkasi musulmonlari Markaziy Kengashi (Kraymussovet) ham tuzilib, barcha milliy
jamiyatlar, tashkilotlar va ittifoqlar birlashtirildi. 1917 yil bahorda Buxoro amirligi va
Xiva xonligida ham siyosiy vaziyat keskinlashdi. Buxoroda 1917 yil aprel namoyishi
boʻldi va Xivada Idorai mashrutiya (1917 yil 5 apr.) tashkil topdi. Yosh buxoroliklar
va yosh xivaliklar bu xonliklar hududida demokratik islohotlar uchun
kurashdilar1917-yil 7-aprelda Amir Olimxon mamlakatda islohotlar oʻtkazish
toʻgʻrisida farmon chiqardi. Lekin amirning bu farmoni amalda joriy qilinmadi.
Jadidlar Buxoro shahrida namoyish uyushtirgandan soʻng, mamlakatda ularni
yoppasiga taʼqib qilish boshlandi. 1917-yil Oktabr inqilobidan keyin Rossiya bilan
Buxoro amirligi oʻrtasida munosabatlar yomonlashdi. Turkiston XKS Buxoro
davlatiga gʻanimlik qilib, amir hukumatini kuch bilan agʻdarishga urindi.
Bolsheviklar shu maqsadda yosh buxorolik jadidlarni qoʻllab-quvvatlashdi. 1918-yil
mart oyida Turkiston oʻlkasi XKS raisi Fyodor Kolesov qoʻmondonligidagi qizil
askarlar mamlakat poytaxti Buxoro shahriga hujum uyushtirdilar. Ularning hujumi
muvaffaqiyatsiz tugagan boʻlsa ham, Buxorodagi siyosiy tuzumni oʻzgartirish uchun
urinish toʻxtamadi. Amir Olimxon mamlakat taqdiri hal qilinayotgan ushbu fursatda
muxolifatdagi yosh buxoroliklar firqasi (partiyasi) arboblari bilan til topisha olmadi.
U mamlakatda konstitutsion monarxiya va demokratik tartibotlarni oʻrnatmoqchi
boʻlgan jadidlar — yosh buxoroliklarni yoʻqotish yoʻlini tutdi. Fayzulla Xoʻjayevning
taʼkidlashicha, Kolesov voqeasidan keyin amir mamlakatda 3000 kishini qatl qilgan.
Buxorolik adib Sadriddin Ayniyning yozishicha, faqat poytaxt – eski Buxoro emas,
balki Gʻijduvon, Shofirkon, Vobkent, Qorakoʻl, Chorjoʻy, Xatirchi, Karmana, Qarshi,
Shahrisabz bekliklarida ham minglab kishilar jadidlikda ayblanib nohaq oʻldirildi.
Buxorolik jadidlarning tirik qolgan vakillari Samarqand, Toshkent va Moskvaga
joʻnab ketishga majbur boʻlishdi, yosh buxoroliklarning bir qismi 1918-yil yozida
Toshkentda Buxoro Kompartiyasini tuzishdi, Xoʻjayev Moskvadagi muhojirligi
davrida – 1918-yil oktabrida Turkiston respublikasining Rossiya SFSR hukumati
huzuridagi muxtor vakolatxonasi qoshida yosh buxoroliklar partiyasi boʻlimini tashkil
qildi. 1920-yil yanvarda Toshkentda Xoʻjayev boshchiligida inqilobchi yosh
buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi tashkil qilindi. Bolsheviklar
yosh buxoroliklardan amirlik hokimiyatini agʻdarishda foydalandilar. Ular ham taktik
maqsadlarni koʻzlagan holda bolsheviklarga yaqinlashishdi. 1920-yil 25-avgustda rus
qoʻmondoni Mixail Frunze Turkfront qoʻshinlariga „qoʻzgʻolon koʻtargan Buxoro
mehnatkashlariga yordam koʻrsatish toʻgʻrisida“ buyruq berdi. 1920-yil 2-sentabrda
Turkfront qoʻshinlari amirlik hokimiyatini agʻdarib tashladi.Belarus
rivojlandi, temir yoʻllar qurildi, banklar ishlay boshladi. 1905 — 07 yilgi inqilob
belorus milliy ozodlik harakatini kuchaytirdi. 1914 — 1918 yillardagiRossiya
Bu urush 1917 yil Fevral inkilobiga olib kelgan yana bir ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy
inqirozning asosiy sabablaridan boʻldi. Bu inqilob 1917 yil 27 fevralda Petrogradda
demokratik inqilobi g‘alabasi Turkiston o‘lkasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Natijada
Turkistonda ham ishchi va soldat deputatlari Sovetlari va har xil toifalar vakillaridan
tuzilgan ijroiya komitetlar tashkil etila boshlandi. Toshkentning hamma dahalari
vakillari to‘planib «SHo‘roi Islomiya» tashkilotini tuzdilar. 1917 yilning mart oyida
o‘lka muxtoriyati masalasi Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi asosiy masala bo‘lib
qoldi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish g‘oyasi nafaqat demokratik ziyolilar
o‘rtasida, hatto oddiy fuqarolar orasida ham tarqala boshladi. 31 mart kuni rus
podshosining o‘lkadagi tayanchi-Turkiston general-gubernatori hokimiyatni tark etdi.
1917 yil 7 aprelda Muvaqqat hukumat qarori bilan kadet N.N.SHchepkin raisligida
Turkiston qo‘mitasi tashkil qilindi. 9 kishidan iborat bu komitet a’zolarining to‘rttasi:
A. Bukeyxonov, M.Tinishboev, S. Maqsudov va A. Davletshinlar turkiy xalqlar
vakillaridan edi.Turkiston mahalliy aholisining oshib borayotgan ijtimoiy-siyosiy
faolligi sharoitida Toshkentda 1917 yil 16 aprelda «SHo‘roi Islomiya» ning Toshkent
tashkiloti tashabbusi bilan chaqirilgan Butunturkiston musulmonlarining 1 qurultoyi
ish boshladi.Qurultoyning so‘nggi majlisida markaziy rahbar organ-Turkiston o‘lka
musulmon sho‘rosi tashkil etilishi haqida qaror qabul qilindi. SHunday qilib
Turkistonning birligi va yaxlitligi tomon muhim qadam qo‘yildi.
Afsuski, birlashish jarayonlari har doim ham bir tekis rivojlanmadi. Munavvar Qori
boshchiligidagi «SHo‘roi Islomiya»dan 1917 yil iyun oyida diniy ulamolardan tashkil
topgan «SHo‘roi Ulamo» ajralib chiqdi. «SHo‘roi Ulamo» jamiyati tarafdorlari
demokratik kayfiyatdagi milliy ziyolilar va musulmon ruhoniylarning jamiyatda
islohotlar o‘tkazish yo‘lidagi har qanday urinishlariga va evropacha madaniyatning
kirib kelishiga keskin qarshi chiqishdi. Ma’rifiy, siyosiy sohadagi yangilanishlar
haqidagi g‘oyalarni ham rad etishdi.
Toshkentdagi ishchi va soldat deputatlari Soveti musulmonlar o‘rtasidagi ushbu
bo‘linishdan ustalik bilan foydalanishga urindi. Sentyabr voqealari natijasida
Toshkent Soveti hokimiyatni qo‘lga olishga harakat qildi.
1917 yil 10 sentyabrda Toshkentda Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyi
ochildi. Ushbu qurultoy hokimiyatni soldat, ishchi va dehqon deputatlari sovetlariga
berishga qarshi chiqdi. Sentyabr voqealari jamiyatdagi siyosiy qarama-qarshiliklarni
keskinlashtirib, o‘lkadagi ishchilar harakati bilan milliy harakatning keyingi yo‘llarini
bir-biridan ajratib yubordi.
Toshkentda 1917 yil 17-20 sentyabrda turkistonlik va qozoq musulmonlarning
qurultoyida «SHo‘roi Islomiya», «SHo‘roi Ulamo», «Turon» va boshqalarni
birlashtirish yo‘li bilan butun Turkiston va Qozog‘iston uchun umumiy bo‘lgan
«Ittifoqi muslimin» degan siyosiy partiya tuzishga qaror qilindi.
«Ulamochilar»ning ushbu qurultoyidagi asosiy masala Turkiston o‘lkasining
bo‘lg‘usi siyosiy boshqaruvi to‘g‘risida bo‘lib, unda demokratik Rossiya tarkibida
hududiy federatsiya-»Turkiston federativ respublikasi» tuzilishi g‘oyasi olg‘a surildi.
Fevral inqilobining ta’siri bilan Turkistonda kasaba uyushmalari ommaviy ravishda
tashkil etildi, mahalliy xalqlar tillarida gazetalar chiqa boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |