Turkiston muxtoriyatining e’lon qilinishi
va bolsheviklar tomonidan tor-mor qilinishi
1917 yil 26-28 noyabrda Qo‘qon shahrida Turkiston o‘lka musulmonlarining
favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda demokratik musulmon ziyolilar
talabi bilan Turkiston aholisining evropali qismi vakillari ham teng huquqli bo‘lib
ishtirok etdilar. Turkistonning boshqarish tuzumi to‘g‘risidagi masala uch kun davom
etgan qurultoyning diqqat markazida turdi. Qurultoyda o‘lkaning barcha mintaqalari
va ko‘pgina jamoat tashkilotlaridan 200 nafardan ortiq vakillar hozir bo‘ldi. Unda
vakillarning siyosiy faolligi tufayli muhim masalalar yuzasidan munozaralar bo‘lib
o‘tdi. Muxtoriyat e’lon qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlovchilar ko‘pchilikni tashkil
etdi.
Qurultoyda qabul qilingan qarorda: «Turkistonda yashab turgan turli millatga
mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o‘z taqdirlarini o‘zlari
belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Rossiya tarkibida hududiy
jihatdan muxtor deb e’lon qildi».
28 noyabrda tarkib topayotgan mazkur davlatning nomi aniqlanib, Turkiston
muxtoriyati deb ataladigan bo‘ldi. Butunrossiya Ta’sis majlisi chaqirilgunga qadar
hokimiyat Turkiston Muvaqqat kengashi va Turkiston xalq (millat) majlisi qo‘lida
bo‘lishi kerak edi. Turkiston Muvaqqat kengashi a’zolaridan tuzilgan Muvaqqat
huqumat hay’ati tarkibiga 8 kishi saylandi, yana 4 o‘rin evropa aholi vakillariga
ajratildi.
Qurultoy jarayonida Turkiston Millat majlisi 54 kishidan iborat qilib saylandi,
shundan 2/3 qismi, ya’ni 36 nafari mahalliy aholi vakillaridan edi.
Turkiston Muxtoriyati hukumati qisqa fursat ichida xalq o‘rtasida katta e’tibor
qozondi. Abdurauf Fitrat muxtoriyat e’lon qilingan kunni «milliy laylatulqadrimiz»
deb atadi. Turkiston muxtoriyatini barcha demokratik kuchlar qizg‘in
quvvatladi.Teletype
1917 yil fevral inqilobining Turkistonga ta’siri
1917 yil fevral inqilobining Turkistonga ta’siri
1917 yil 27 fevralda Petrogradda demokratik inqilobi g‘alabasi Turkiston o‘lkasiga
ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Natijada Turkistonda ham ishchi va soldat deputatlari
Sovetlari va har xil toifalar vakillaridan tuzilgan ijroiya komitetlar tashkil etila
boshlandi. Toshkentning hamma dahalari vakillari to‘planib «SHo‘roi Islomiya»
tashkilotini tuzdilar.
1917 yilning mart oyida o‘lka muxtoriyati masalasi Turkiston ijtimoiy-siyosiy
hayotidagi asosiy masala bo‘lib qoldi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish
g‘oyasi nafaqat demokratik ziyolilar o‘rtasida, hatto oddiy fuqarolar orasida ham
tarqala boshladi. 31 mart kuni rus podshosining o‘lkadagi tayanchi-Turkiston
general-gubernatori hokimiyatni tark etdi. 1917 yil 7 aprelda Muvaqqat hukumat
qarori bilan kadet N.N.SHchepkin raisligida Turkiston qo‘mitasi tashkil qilindi. 9
kishidan iborat bu komitet a’zolarining to‘rttasi: A. Bukeyxonov, M.Tinishboev, S.
Maqsudov va A. Davletshinlar turkiy xalqlar vakillaridan edi.
Turkiston mahalliy aholisining oshib borayotgan ijtimoiy-siyosiy faolligi sharoitida
Toshkentda 1917 yil 16 aprelda «SHo‘roi Islomiya» ning Toshkent tashkiloti
tashabbusi bilan chaqirilgan Butunturkiston musulmonlarining 1 qurultoyi ish
boshladi.
Qurultoyning so‘nggi majlisida markaziy rahbar organ-Turkiston o‘lka musulmon
sho‘rosi tashkil etilishi haqida qaror qabul qilindi. SHunday qilib Turkistonning birligi
va yaxlitligi tomon muhim qadam qo‘yildi.
Afsuski, birlashish jarayonlari har doim ham bir tekis rivojlanmadi. Munavvar Qori
boshchiligidagi «SHo‘roi Islomiya»dan 1917 yil iyun oyida diniy ulamolardan tashkil
topgan «SHo‘roi Ulamo» ajralib chiqdi. «SHo‘roi Ulamo» jamiyati tarafdorlari
demokratik kayfiyatdagi milliy ziyolilar va musulmon ruhoniylarning jamiyatda
islohotlar o‘tkazish yo‘lidagi har qanday urinishlariga va evropacha madaniyatning
kirib kelishiga keskin qarshi chiqishdi. Ma’rifiy, siyosiy sohadagi yangilanishlar
haqidagi g‘oyalarni ham rad etishdi.
Toshkentdagi ishchi va soldat deputatlari Soveti musulmonlar o‘rtasidagi ushbu
bo‘linishdan ustalik bilan foydalanishga urindi. Sentyabr voqealari natijasida
Toshkent Soveti hokimiyatni qo‘lga olishga harakat qildi.
1917 yil 10 sentyabrda Toshkentda Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyi
ochildi. Ushbu qurultoy hokimiyatni soldat, ishchi va dehqon deputatlari sovetlariga
berishga qarshi chiqdi. Sentyabr voqealari jamiyatdagi siyosiy qarama-qarshiliklarni
keskinlashtirib, o‘lkadagi ishchilar harakati bilan milliy harakatning keyingi yo‘llarini
bir-biridan ajratib yubordi.
Toshkentda 1917 yil 17-20 sentyabrda turkistonlik va qozoq musulmonlarning
qurultoyida «SHo‘roi Islomiya», «SHo‘roi Ulamo», «Turon» va boshqalarni
birlashtirish yo‘li bilan butun Turkiston va Qozog‘iston uchun umumiy bo‘lgan
«Ittifoqi muslimin» degan siyosiy partiya tuzishga qaror qilindi.
«Ulamochilar»ning ushbu qurultoyidagi asosiy masala Turkiston o‘lkasining
bo‘lg‘usi siyosiy boshqaruvi to‘g‘risida bo‘lib, unda demokratik Rossiya tarkibida
hududiy federatsiya-»Turkiston federativ