Turk tili leksikologiyasi



Download 224,88 Kb.
bet5/43
Sana13.06.2022
Hajmi224,88 Kb.
#664270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Turk tili leksikologiyasi-fayllar.org

II.

Ma’ruza

So‘zning lug‘aviy ma’nosi

(Kelimenin Sözlük Anlamı)

Dars rejasi:

1. So‘zning lug‘aviy (leksik, atash) ma’nosi

2. So‘z va tushuncha

3. Mustaqil so‘zlar, yordamchi so‘zlar va leksik ma’no

4. Tushunchaning inson zehnida aks etishi

5. Leksikologiya va so‘z yasalishi

6. So‘zning grammatik ma’nosi.

Tayanch tushunchalar: so‘zning lug‘aviy (leksik, atash) ma’nosi (kelimenin

sözlük anlamı), asl ma’no (asıl anlam; mânâ-i asli; mânâ-i hakiki), asosiy ma’no

(temel anlam), yon ma’no (yan anlam); ko‘chma ma’no (yan anlam), tushuncha

(kavram).
So‘zning lug‘aviy (leksik, atash) ma’nosi turk tilida kelimenin sözlük


anlamıdeyiladi. Turk tilshunosligida ushbu atamaga sinonim bo‘lgan asıl anlam

(asl ma’no) va temel anlam (asosiy ma’no) atamalari ham qo‘llaniladi. Bir
so‘zning hammaga ma’lum bo‘lgan va lug‘atlarda aks etgan ilk va asl ma’nosini
9


ifodalab kelgan asosiy tushunchaga sözlük anlamı (lug‘aviy ma’no) yoki asıl



anlam (asl ma’no) deyiladi. Lug‘aviy ma’nousmonli turk tilida mânâ-i asli; mânâ-

i hakiki deyilgan. So‘zlarning borliqdagi har qanday narsa-hodisa, belgi-xususiyat,
harakat-holatni bildirishi uning atash ma’nosi sanaladi: ev (uy) – nom, yeşil


(yashil) – rang, koştu (yugurdi) – harakat va h. Yoki ayak(oyoq) so‘zining asl
ma’nosi “inson yoki hayvonning yurishga mo‘ljallangan organı” bo‘lsa, masanın


ayağı, sandalyenin ayağı kabi “har qanday predmetning quyi qismi” ma’nosini
kasb etishi, ma’no ko‘chishi yo‘li bilan keyinchalik hosil bo‘lgan ko‘chma
ma’nolar hisoblanadi. Shuningdek, yol(yo‘l) so‘zining asl ma’nosi “ustidan

yuriladigan, o‘tiladigan yer”dir. Ushbu so‘zning usul, metod ma’nolari esa
keyinchalik hosil bo‘lgan ma’nolardir.
Xuddi shunday holatni kalp(yurak; qalb) so‘zida ham uchratish mumkin. Yurak
so‘zining jasorat ma’nosi keyin yuzaga kelgan. 


Sözlük anlamı (lu‘aviy ma’no), asıl anlam (asl ma’no) va temel anlam (asosiy

ma’no) atamalariga antonim bo‘lgan atama yan anlam (ya’ni ko‘chma ma’no)dir.
Ma’no turk tilda anlam (anglam) bo‘ladi (usmonli turk tilda “mânâ”). So‘zning
o‘z holida yoki gap ichida boshqa bo‘laklar bilan munosabat holatida
qo‘llanayotganda inson ongida hosil bo‘ladigan tushunchaga anlam (anglam,


ma’no) deyiladi. Masalan, turkcha kestirmek fe’lining birinchi ma’nosi “ağaç

kestirmek (daraxtni kestirmoq), bez, kâğıt kestirmek (mato, qog‘ozni kestirmoq),
ikkinchi (ko‘chma) ma’nosi “biron narsani taxmin qila olmoq: Ne olacağını


kestiremedim (nima bo‘lishini taxmin qila olmadim); uchinchi ma’nosi: sal mizg‘ib

olmoq: Biraz kestirirsem kendimi toplayabilirim (Ozgina mizg‘ib olsam, o‘zimga

kelardım) kabi.
Leksik ma’no deganda so‘zning inson ongida aks etib, unda (ongda) biror narsa,
predmet, hodisa, xususiyat yoki jarayon haqida tasavvur paydo qiluvchi mazmuni
tushuniladi (nesim - hafif yel, esinti; özel – yalnız bir kişiye, bir şeye ait olan;
hususi; sınıf - ders okutulan yer, dershane).
So‘zning leksik ma’nosi insonning anglash faoliyati mahsuli bo‘lib, u inson
ongining ma’lumotlarni qiyoslash, tasniflash va umumlashtirish yo‘li bilan
reduksiyalashidir. Bunday ma’no umumlashgan va umumlashtiruvchi xarakterga
ega bo‘lib, so‘zlovchining faol nutqi jarayonida shakllanadi.
Turk tilida dunyodagi barcha narsa (predmet)lar, harakatlar, holatlar va
tasavvurlarning tildagi ifodasiga kavram (tushuncha) deyiladi. Tilshunoslikda
so‘zning leksik ma’nosi falsafaning bir kategoriyasi hisoblangan tushunchaga
qiyoslanadi. Lekin bu fikrga to‘la qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki leksik ma’no

tushunchadan kengroqdir. Faqat atamalardagina so‘zning leksik ma’nosi

tushunchaga teng bo‘ladi (masalan: tıp - tibbiyot, zamir - olmosh, yüklem- kesim,

ekonomi – iqtisodiyot va h).
Tildagi so‘zlarning barchasi tilning lug‘at boyligini, ya’ni leksikasini tashkil
qiladi. So‘z va ibora til birligi hisoblanadi.
Tildagi barcha so‘zlar ikkiga bo‘linadi:


1.

Tushuncha bildiruvchi so‘zlar

. Bular leksik ma’noga, ya’ni atash


ma’nosiga ega bo‘lgan mustaqil so‘zlardir: ot, sifat, son, fe’l, ravish. Olmoshlar
bundan mustasno. Ular atash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlarga ishora qiladi.
10




2.

Tushuncha bildirmaydigan so‘zlar leksik ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlar:
ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama.
So‘zning faqat leksik ma’nodan iborat, grammatik ma’no ifodalovchi
qo‘shimchalarsiz qismi leksema deyiladi. Demak, har bir so‘z leksik va
grammatik ma’nolar uyg‘unligidan tashkil topadi. Lug‘atlarda bosh so‘z sifatida
leksemalar beriladi. 
“So‘z va tushuncha orasida oyna va oynadagi ko‘rinish (aks) qadar yaqin
munosabat mavjud”
3
. Masalan, köpek (kuchuk; it) so‘zini eshitganimizda yoki

o‘qiganimizda zehnimizda bir kuchuk (it) qiyofasi gavdalanadi. Bu bir


ko‘rsatkichdir. Barcha tillarda kuchuk (it) tushunchasi bir xil bo‘lsa-da, ushbu
tushunchani belgilovchi ko‘rsatkishlar turlichadir: köpek – turkcha, kuchuk; it
o‘zbekcha, sobaka – ruscha, dog– inglizcha, perro – italyancha va h. Tushuncha bir
xil, lekin ko‘rsatkichlar turlicha. Bundan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
so‘z – ko‘rsatuvchi, tushuncha – ko‘rsatiluvchidir
So‘zlar vositasida ifodalangan tushunchaning inson zehnida aks etishiga ma’no
deyiladi. Ya’ni atrofimizdagi har turli voqea-hodisa, harakat, holat zehnimizda
muayyan tushuncha hosil qiladi. Ana shu hosil bo‘lgan tushunchalar zehnimizda
“qayta ishlanib” ma’noga aylantiriladi.
Turk tilida kavram (tushuncha), anlam (ma’no) va dil (til) atamalari asosida bir
necha murakkab tilshunoslik atamasi yuzaga kelgan. Bular: Kavram alanı


(tushuncha maydoni), anlam alanı (ma’no maydoni) ve dil alanı (til maydoni). Bu
atamalar o‘zaro sinonim bo‘lib ularni bir-biri o‘rnida ishlatish ham mumkin.


Anlam alanı (kavram alanı, dıl alanı) deganda inson zehnida bir xil yoki bir-biriga
yaqin tushunchalar tashkil etuvchi so‘zlar yuzaga keltirgan umumiy ma’no
maydoni tushuniladi: hedef (maqsad, mo‘ljal), ideal (ideal), maksat ((maqsad)),

üzülmek (xafa bo‘lmoq), kırılmak (xafa bo‘lmoq), darılmak ((xafa bo‘lmoq,

o‘ksimoq)), kesmek (kesmoq, so‘ymoq), biçmek (o‘rmoq, bichmoq)kabi.
Turk tili leksikologiyasida keng qo‘llaniluvchi kavram çekirdeği


(tushunchaning mag‘zi) atamasi temel anlam (asos ma’no), asıl anlam (asl

ma’no), sözlük anlamı (lug‘aviy ma’no) atamalarining sinonimidir. Tushunchaning

mag‘zi (kavram çekirdeği) deganda so‘z ifoda etgan ilk va asl ma’no anglashiladi.
Masalan, baş, ayak, kaş, kol, boğaz, göz kabi inson organi nomlari turli
tushunchalarni ifodalagan holda kengaytirilganda, ularning asosiy ma’nolari, ya’ni
“tushunchaning mag‘zi” organ nomi bo‘1adi. 



Download 224,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish