Turk tili leksikologiyasi



Download 224,88 Kb.
bet4/43
Sana13.06.2022
Hajmi224,88 Kb.
#664270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Turk tili leksikologiyasi-fayllar.org

eskirgan so‘zlarga ham e’tibor qaratiladi.
Turk tili leksikologiyasining asosiy masalalaridan yana biri - turk tili lug‘at
tarkibining uslubiy rangorangligini o‘rganishdir. Chunki turk tilida uslub nuqtayi
nazaridan neytral, uslublararo so‘zlar (öğrenci, kitap, görev, gitmek, yazmak,


yediva b.) bilan bir qatorda, aniq kitobiy uslub (değerlendirme, teferruat,

tahammül), balandparvoz uslub (eşsiz, erişmek, katetmek), og‘zaki (tembel,

tombik, yavaşça) yoki sodda nutq uslubiga oid (galiba, iri, uyanık) so‘zlar ham
talaygina. 
Turk tili leksikasi so‘zlarning qo‘llanish sohalari nuqtayi nazaridan ham
rangorangdir. Shu bois umumxalq leksikasi va uning adabiy tildagi o‘rnini
belgilash ham leksikologiyaning vazifasiga kiradi.
Leksikologiya kursining ajralmas qismi hisoblangan frazeologiyada turg‘un
birikmalarning nutqdagi o‘rni, qo‘llanilish sohalari, ifoda imkoniyatlari haqida so‘z
yuritiladi.
Leksikologiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan yana bir soha «lug‘atlar haqidagi
fan», ya’ni leksikografiyadir (yunon. lexicon – lug‘at, grapho - yozaman) 
So‘z - tilning asosiy birligi sifatida olinganda ushbu muammo so‘zning umumiy
nazariyasi doirasida tadqiq etiladi. So‘zturk tilida kelime yoki sözcükdeyiladi. Turk
tilida söz deganda, ham so‘z, ham gap tushuniladi.
Bir va undan ortiq bo‘g‘indan iborat bo‘lgan, ayni tilda so‘zlashuvchi kishilar
orasida alohida qo‘llanilganda inson zehnida aniq va mavhum tushunchalarni
ifodalovchi yoki bunday tushunchalar orasida muvaqqat munosabat o‘rnatuvchi
7


til birligiga so‘z deyiladi. Çiçek, ev, taş, köpek - aniq so‘zlar (somut kelimeler),



mutluluk, acı, aşk, nefret - mavhum so‘zlar (soyut kelimeler),gibi, için, kadar,

dolayı, ötürü kabi so‘zlar - munosabat o‘rnatuvchi (ilişki için) so‘zlardir.
So‘zlarning barchasi tilning lug‘at boyligini, ya’ni leksikasini tashkil qiladi.
So‘z va ibora til birligi hisoblanadi.
Tildagi barcha so‘zlar ikkiga bo‘linadi:
1.

Tushuncha bildiruvchi so‘zlar (bir kavramı karşılayan kelimeler) leksik
ma’noga, ya’ni atash ma’nosiga ega bo‘lgan mustaqil so‘zlardir: ot, sifat, son, fe’l,
ravish. Olmoshlar bundan mustasno bo‘lib, ularning vazifasi atash ma’nosiga ega
bo‘lgan so‘zlarni ko‘rsatishdan iborat.
2.

Tushuncha bildirmaydigan so‘zlar(bir kavramı karşılamayan kelimeler)
leksik ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardir. Bular: bog‘lovchi, ko‘makchi va


yuklamalar.
Bir tilga boshqa tildan kirgan va o‘sha tilga o‘zlashib qolgan so‘z turk
tishunosligida yabancı kelime (usmonli turk tilida. müstear kelime) yoki alıntı

kelime deb atalgan. Hozirgi turk tilida o‘zlashgan so‘zlar katta miqdorni tashkil
etadi. Masalan, animatör (multfilm ishlab chiqaruvchi), deflasyon (deflation –


turg‘unlik, pulning turib qolishi), best-seller (sotish bo‘yicha rekord qo‘ygan

kitob), ekoloji (atrof-muhit haqidagi fan) kabi so‘zlar turk tiliga fransuz va ingliz
tillaridan kirgan va qanday yozilsa, shunday talaffuz qilinadi. 
Turk tiliga arab va fors tillaridan kirgan ko‘pchilik so‘zlar yangicha shakl olib,
asl shaklini yo‘qotgan, lekin g‘arb tillaridan olingan so‘zlar turli omillar sababli
o‘z holicha qo‘llanib kelinmoqda. Masalan: estetik, karne, kontrol, enflasyon,

rapor, kontenjan kabi so‘zlar hozirgi zamon turk tilida faol qo‘llanib keladi.
Leksik birliklar bo‘limiga nafaqat alohida olingan so‘zlar, balki turg‘un
birikmalar (bo‘linmas birliklar: analitik va tarkibli (murakkab) birliklar) ham
kiritiladi. Biroq so‘z - shakl va mazmunning mutanosibligi bilan xarakterlanadigan
asosiy leksik birlik hisoblanadi.
So‘z muammosi tilning asosiy birligi o‘laroq uch aspektda ko‘rib chiqiladi:
struktur (tuzilish), ya’ni so‘zning alohida ajratilishi, tuzilishi), semantik aspekt
(so‘zning leksik ma’nosi) va funksional aspekt (so‘zning til tuzilishida va nutqdagi
o‘rni).
Struktur aspektda so‘zning alohidalik va o‘xshashlik mezonlarining belgilanishi

leksikologik nazariyaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Birinchi holatda so‘z,


birikma bilan qiyoslanadi, uning bir butunlik va alohidalik belgi (alomat)lari
aniqlanadi, analitik shakl muammosi ishlab chiqiladi.
Ikkinchi holatda so‘zning, ham grammatik asosini tashkil etuvchi (bu bilan so‘z
shakli kategoriyasi belgilanadi), ham uning fonetik, morfologik, leksik-semantik
variantlariga (bu bilan so‘zning variantlari muammosi ishlab chiqiladi) asoslangan
invariantlari haqida gap boradi.
Leksik birlikning semantik tahlili leksik semantika, yoki so‘z ifodalaydigan
tushuncha (signifikat) va nutqda bildiradigan ob’ekt (denotat) bilan
mutanosibligini tadqiq etuvchi semasiologiyaning asosiy predmeti hisoblanadi.
Semasiologiya leksikologiya bilan uzviy bog‘liqlikda, odatda, semantika doirasiga
8


kiradi. Leksikologiya leksik birliklarning monosemiya va polisemiya, umumiy va


xususiy, aniq va mavhum, keng va tor (giperonim va giponim), mantiqiy va
ekspressiv, asl va ko‘chma ma’no singari leksik birlik semantik xususiyatlarini
ifodalovchi leksikologik kategoriyalarni ajratgan holda semantik tur (tip)larni
o‘rganadi. Asosiy e’tibor ko‘p ma’noli leksik birlikning semantik tuzilishi
(strukturasi), so‘z ma’nosi turlarining ajratilishi, ular orasidagi farqni ajratish
mezoni, so‘z ma’nosining o‘zgarishi va taraqqiy etish yo‘llariga qaratiladi.
Shuningdek, desemantizatsiya, ya’ni so‘zning o‘z ma’nosidan mahrum bo‘lib,
grammatik formantlarga aylanishi hodisasi tahlil etiladi.
Funksional aspektda til birligi hisoblangan so‘z ikki nuqtayi nazardan:
birinchisi, tilning tuzilishi va vazifasida so‘zning tutgan o‘rni, ikkinchisi, so‘zning
boshqa darajadagi birliklar bilan munosabati nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. 
Leksika va grammatika orasidagi o‘zaro munosabat alohida ahamiyat kasb etadi.
Leksika grammatik kategoriya va grammatik shakl qo‘llanilishini cheklay oladi,
so‘z ma’nosining differensiyalanishiga ko‘mak beradi. Leksik va grammatik
vositalar umumlashgan ma’noda leksikogrammatik maydon (miqdor, zamon va b.)
tashkil etadi.
Lug‘at tarkibining tuzilishi ikki aspektda ko‘rib chiqiladi: leksik birliklar va
lug‘at tarkibi stratifikatsiyasi orasidagi sistem munosabatlar. Xulosa qilib aytganda,
leksikologiya fani leksikaning bir tizim sifatida o‘rganadi. 



Download 224,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish