O‘zbekiston Respublikasi budjeti bajarilishining
asosiy ko‘rsatkichlari, mlrd. so‘mda
Yillar
|
Daromad
|
Xarajatlar
|
Saldo
|
mlrd. s.
|
YIM %
|
mlrd. s.
|
YIM %
|
mlrd. s.
|
YIM %
|
2010
|
13596,7
|
21,8
|
13386,9
|
21,4
|
209,8
|
0,3
|
2011
|
17061,3
|
21,6
|
16726,0
|
21,2
|
335,3
|
0,4
|
2012
|
21295,7
|
21,7
|
20882,0
|
21,3
|
413,7
|
0,4
|
2013
|
26223,2
|
22,0
|
25833,7
|
21,7
|
389,5
|
0,3
|
2014
|
31730,5
|
21,9
|
31425,4
|
21,7
|
305,1
|
0,2
|
2015
|
36493,3
|
20,2
|
36257,3
|
20,1
|
236
|
0,1
|
2016
|
41043,4
|
20,6
|
40911,3
|
20,5
|
132,1
|
0,1
|
Davlat budjeti daromadlari hamda xarajatlarining tarkibi va dinamikasining 2010 – 2016-yillardagi tahlili shuni ko‘rsatadiki, mamlakat moliya-budjet tizimida yetarli barqarorlik darajasi saqlanib kelinmoqda. Mazkur davrda O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining asosiy yo‘nalishlari mamlakatda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida iqtisodiyotdagi soliq yukini izchil kamaytirishga yo‘naltirildi. Xususan, iqtisodiyotdagi soliq yuki darajasining bilvosita ko‘rsatkichi hisoblangan davlat budjetining YIMga nisbatini sezilarli pasaytirishga erishildi. Davlat budjetining YIMga nisbati 2000-yili 21,8 foiz, 2016-yilda 20,6 foizni tashkil qildi. 2010 – 2016-yillar davomida davlat budjetining YIMga nisbati darajasi o‘rtacha 21,4 foizga teng bo‘ldi. Mos ravishda davlat xarajatlari miqdori ham kamayib, 2010 – 2016-yillar davomida YIMga nisbatan o‘rtacha 21,1 foizga teng bo‘ldi va mamlakat budjetining muvozanatlashish darajasi mustahkamlandi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida davlat budjetining taqchilligini pasaytirib borishga qaratilgan izchil chora-tadbirlarning amalga oshirib borilishi natijasida uning darajasi nisbatan past bo‘lib (YIMning o‘rtacha 1,0 foiz), moliyaviy barqarorlash siyosati uchun muvofiq keladigan chegaralarda ushlab turildi. 1996-yildan 1997-yilgacha budjet taqchilligi 1,9 foizdan 2,4 foizgacha o‘sgan bo‘lsa, keyingi davrlarda uning muttasil pasayib borishi kuzatilmoqda: 2001- yilda – 1,0; 2002-yilda – 0,9; 2003 va 2004-yillarda esa – 0,4 foizdan oshmadi. Budjet taqchilligining izchil kamaytirib borilishi, soliq va boshqa tushumlarni yig‘ishning samarali tashkil etilishi natijasida 2007-yildan boshlab mamlakatda davlat budjeti profitsitiga erishildi, ya’ni davlat budjeti daromadlari hajmi xarajatlardan ustun bo‘ldi. 2007-yildan boshlab bugungi davrgacha O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti profitsit bilan bajarilib kelinmoqda. Xususan, 2000-2016 yillarda budjet profsiti 0,1-0,4 foizga teng bo‘ldi.
2014-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasining budjet kodeksining kuchga kirishi budjet jarayonlarining izchilligini ta’minlash orqali davlat budjeti bilan bog‘liq me’yoriy-huquqiy asosning yaxlitligini ta’minlab berdi.
Budjet taqchilligini qoplashning noinflyatsion usullaridan foydalanishga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, O‘zbekistonda uning rejalashtirilgan hajmi mamlakat YIMning 1 foizidan ortmasligi qonunchilikda qat’iy belgilab qo‘yilgan. Bu esa budjet taqchilligining jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga salbiy ta’sirining oldini oladi.
Davlat budjeti tarkibida bilvosita soliqlar ulushining 2010 – 2016-yillar davomida barqaror ravishda 50 foizdan oshiqligi har qanday iqtisodiy sharoitlarda ham budjetning yuqori daromadlari darajasini ta’minlab bermoqda. Chunki tovarlarning narxidan olinadigan bunday soliqlarni yig‘ish usuli o‘zining soddaligi va samarali tomonlari bilan ajralib turadi.
O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat xarajatlari siyosatining hozirgi davri davlat budjetining yetarli darajada muvozanatlashishiga imkon berish bilan birga iqtisodiyotni modernizatsiyalash va o‘tish sharoitida aholini maqsadli ijtimoiy himoyalash kabi strategik vazifalarni bajarishga qaratilgandir.
Bugungi kunda umumiy budjet xarajatlarida yuqori ulushga ega bo‘lgan yo‘nalish ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘lib, 2016-yilda uning ulushi jami budjet xarajatlarining 58,9 foizini tashkil etmoqda. Ayniqsa, maorif tizimi uchun xarajatlar yuqori bo‘lib, barcha budjet xarajatlari ichida eng yirik ulushga (33,8 foiz) ega bo‘ldi.
Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida yirik yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga qaratilgan markazlashgan investitsiyalar ham yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Bu esa o‘tish davrining murakkab shart-sharoitlariga qaramay, mamlakatda ijtimoiy barqarorlik, totuvlikni ta’minlash va yuqori texnologiyali, jahon andozalariga mos keladigan ishlab chiqarish tarmoqlarini yaratish imkoniyatini bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |