Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA



Download 1,39 Mb.
bet171/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

Qisqacha xulosalar
1. Davlat va xususiy sektor hamkorligi deganda davlat va tadbirkorlik subyektlari resurslarini birlashtirish, tavakkalchilik, vakolat, moliyaviy xarajatlar va mas’uliyatni o‘zaro taqsimlash asosida ma’lum muddatga rasmiylashtirilgan, ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarni hal etish va foyda olishga qaratilgan hamkorlik turi tushuniladi.

2. Ijtimoiy sektorda xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, ushbu sohaga innovatsion texnologiyalar va innovatsion boshqaruv mexanizmini joriy etish, an’anaviy tarzda davlat mas’ul bo‘lgan tarmoqlar rivojlanishiga budjetdan tashqari moliyalashtirish manbalarini jalb etish davlat va xususiy sektor hamkorligining asosiy maqsadi hisoblanadi.

3. Davlat va xususiy tadbirkorlik tuzilmalari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatdorlik jahon amaliyotida davlat va xususiy sektor hamkorligining intensiv rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omil hisoblanadi.

4. Davlat va xususiy sektor hamkorligida davlat quyidagilardan manfaatdor hisoblanadi:

– DXSHda xususiy sektorda mavjud tajriba, texnologiya va vakolatlarni jalb etish asosida xarajatlarni kamaytirish va yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatishga erishiladi. Buning natijasida jamiyat miqyosida iqtisodiy samaradorlik darajasi yuqori bo‘lishi ta’minlanadi;

– yirik loyihalarni amalga oshirishda xususiy sektor investor sifatida qatnashadi va budjetga bo‘lgan bosim pasayadi, natijada joriy vazifalarni hal etish uchun davlatda bo‘sh resurslar paydo bo‘ladi;

– xususiy tashkilotlarning xarajatlarni minimallashtirish, samarali qarorlarni joriy etish va loyihalarni amalga oshirish muddatlarini qisqartirishga bo‘lgan qiziqishlari ijtimoiy ne’matlarni ishlab chiqarishda davlat mulki va budjet mablag‘laridan samarasiz foydalanish xavfini kamaytiradi.

5. Quyidagi omillar tufayli davlat bilan hamkorlik xususiy tuzilmalar uchun manfaatli hisoblanadi:

– xususiy tashkilot uzoq muddatli istiqbolda barqaror daromad olishni ta’minlagan holda davlat aktivlarini tasarruf etish yoki undan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa uzoq muddatga tavakkalchilik darajasini pasaytiradi;

– davlat tomonidan taklif etilgan shartlarda investitsiyalarni amalga oshirar ekan, tadbirkor muayyan daromadlilik darajasi kafolatiga ega bo‘ladi. Nodavlat sektoriga investitsiyalar kiritilganda bunday kafolat taqdim etilmaydi.

6. O‘zbekistonda davlat va xususiy sektor hamkorligini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar jumlasiga «Konsessiyalar to‘g‘risida»gi, «Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida»gi, «Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida»gi, «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi, «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi qonunlar va boshqalar kiradi.

7. Konsessiya chet ellik investorga xo‘jalik faoliyatining muayyan turi bilan shug‘ullanish uchun davlat nomidan beriladigan ruxsatnoma bo‘lib, bu faoliyatni amalga oshirish uchun davlat chet ellik investorga konsessiya shartnomasi tuzish asosida mol-mulk, yer va yerosti uchastkalarini topshiradi, ammo ularni tasarruf etishdan iborat alohida huquqni o‘zida saqlab qoladi. Davlat mulkidan foydalanganlik uchun to‘lov to‘lanadi. Ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun konsessiyachi mulk huquqini oladi. Xususiy sektordagi hamkor umumjamiyat manfaatlariga bo‘ysunadi, tovarlar va xizmatlarning hamma uchun ochiqligi va tariflarning bir xilligini belgilaydi.

8. O‘zbekiston Respublikasining «Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida»gi Qonuniga va Mahsulot taqsimotiga oid bitimga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi haq olish asosida va muayyan muddatga chet ellik investorga bitimda ko‘rsatilgan yer qa’ri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni kavlab olish hamda shular bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni olib borish uchun mutlaq huquqlar beradi, investor esa mazkur ishlarni o‘z mablag‘lari hisobiga va tavakkal qilib amalga oshirish majburiyatini oladi.

9. Mahsulot taqsimotiga oid bitimga asoslangan davlat va xususiy sektor hamkorligi O‘zbekiston Respublikasida keng qo‘llanilmoqda. Xususan, MTB asosida neft va gaz bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston, Rossiya, Malayziya, Vyetnam, Xitoy, Koreya kabi mamlakatlarning kompaniyalari ishtirok etgan.



10. Ta’lim sohasida davlat va xususiy sektor hamkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish fan, ta’lim, ishlab chiqarish va moliya sohalari integratsiyasining chuqurlashuviga olib keladi.

11. Korxonalarni o‘quv dasturlarini shakllantirish, mehnat bozorida yuqori talabga ega talabalarni o‘qitish va amaliyotlarini tashkil etish, ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonlariga jalb etish, turli innovatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish, talabalarni maqsadli tayyorlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun qo‘shimcha stipendiya va grantlarni moliyalashtirish, yosh mutaxassislarning korxonada o‘rnashib olishi va moslashishi uchun ijtimoiy va moddiy sharoitlar yaratish, ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash davlat va xususiy sektor hamkorligining muhim yo‘nalishlari hisoblanadi.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish