Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


Bozor iqtisodiyotining korporativ modeli, korporativ boshqaruv va korporatsiyalarning ko‘rinishlari



Download 1,39 Mb.
bet174/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

20.2. Bozor iqtisodiyotining korporativ modeli, korporativ boshqaruv va korporatsiyalarning ko‘rinishlari
Bozor iqtisodiyotining korporativ modeli korporativizm tushunchasini yuzaga keltirdi. Korporativizm keng ma’noda turli qatlamlar yoki zamonaviy jamiyatdagi turli ijtimoiy guruhlar manfaatlarining tashkiliy jihatdan qayd etilishi, ularni rasman e’tirof etish tizimi hisoblanadi. Ixtisoslashgan institutlar, protseduralar va mexanizmlar bu manfaatlarni ro‘yobga chiqarish vositalari va dastaklari bo‘lib, shu orqali iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarni to‘laroq ro‘yobga chiqarish uchun raqobat kurashi olib boriladi. Bunda hal qiluvchi o‘rinni institutlar va ijtimoiy sheriklik mexanizmlari egallaydi.

Bozor iqtisodiyotining korporativ modeli ko‘proq Avstriya, Shvetsiya, Yaponiya, Germaniya, Shveysariya va Niderlandiyada rivojlangan.

Korporativizmning klassik mamlakati hisoblangan Avstriyada kelishuv va manfaatlarni muvofiqlashtirish uchun maslahat kengashlari va qo‘mitalari hamda shunga tenglashtirilgan tashkilotlar mos ravishda umumjamiyat va iqtisodiyot tarmoqlari darajasida faoliyat ko‘rsatadi.

Ular iqtisodiy strategiyani belgilab olishda va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda yechilishi zarur bo‘lgan joriy masalalarni hal etishda muhim rol o‘ynaydi.

Bozor iqtisodiyoti tadrijiy rivojlanish jarayonida korporatsiyalarni «o‘z bag‘rida tarbiyalab, o‘stirdi». Boshqacha aytganda, korporatsiyalar bozor iqtisodiyotining natijasi, mahsuli hisoblanadi. Savdo kapitalining o‘sib, rivojlanib, sanoat kapitaliga aylangani qonuniyat bo‘lganidek, ishlab chiqarishning mayda va kichik birliklari yiriklashib, tashkiliy, huquqiy, moliyaviy, texnik va texnologik jihatdan, shuningdek, institutsional tomondan qudratli korporatsiyalarga aylanishi ham bir qonuniyatdir.

Korporatsiyalarning shakllanishi sanoatlashgan davlatlarda qariyb 150  –160 yillik tarixga ega bo‘lib, bu davlatlarning o‘z korporativ boshqaruv modellari mavjud.

Anglo-amerika korporativ boshqaruv modelida aksionerlar ko‘plab mayda investorlar hisoblanadi va korporatsiyani menejment boshqaradi.

Korporativ boshqaruvning nemis modelida korporatsiya faoliyatidan manfaatdor barcha – aksionerlar, menejerlar, xodimlar, banklar va jamoatchilik tashkilotlari qarorlar qabul qilishda qatnashish huquqiga ega. Bu ikki model bir-biridan keskin farq qiladigan modellardir. Ularning boshqaruv usullaridan turli darajada foydalanadigan oraliq modellar ham mavjud.

Yapon korporativ boshqaruv modeli yopiq boshqaruv modeli hisoblanadi va banklar tomonidan nazorat qilinadi. Bu – menejerlarning nazorat qilish muammolarini kamaytiradi.

Korporativ boshqaruvning oila modeli ko‘p davlatlarda uchraydi. Bu boshqaruv bir oila a’zolarining yoki oila yaqinlarining boshqaruvda ishtirokini ta’minlaydi.

Iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lgan korporatsiyalar yapon korporatsiyalari hisoblanadi. Bu mamlakatda xodimlarning korporativ xulq-atvori yuqori darajada bo‘lib, yapon korporatsiyalari xodimlariga ish haqining miqdori uchun emas, balki firmaning, kompaniyaning mavqeyini saqlab turish uchun harakat qilish muhimroq. Firma esa, o‘z navbatida, uning taqdiri uchun qayg‘uradi. Yapon korporatsiyalarida jamoaviylik ruhi ustun. Yaponiyada korporatsiya xodimi ish joyining o‘zida rivojlanishga harakat qiladi, boshqa korporatsiyaga o‘tib karyera qilishga urinmaydi.

Korporatsiyalarning keng tarqalgan turlaridan biri – bu moliya-sanoat guruhlaridir. Xo‘jalik yuritishning bu shakli huquqiy va xo‘jalik yuritish jihatidan mustaqil bo‘lib, turli tarmoqlarda faoliyat yuritadi. Ammo ularni moliyaviy nazorat qilish va faoliyatlarni o‘zaro muvofiqlashtirishni bitta yirik kompaniya o‘z zimmasiga oladi.

Bunday birlashuvlardan asosiy maqsad guruhga kirgan kompaniyalarning barqarorligini, raqobatlashuvdagi mavqeyini, faoliyat samaradorligini va muayyan bozordagi monopol mavqeyini ta’minlashdan iborat.

Moliya-sanoat guruhi – bu shunday birlashuvki, unda bir tomondan, pul mablag‘lariga ega bo‘lgan tashkilotlar – banklar, moliyaviy va investitsion jamg‘armalar, ikkinchi tomondan, moliyaviy mablag‘larga ehtiyojmand korxona va tashkilotlar ishtirok etadi. Moliya-sanoat guruhiga sanoat, savdo, transport va kredit tashkilotlari a’zo bo‘lishi mumkin.

Moliya-sanoat guruhlari, odatda, uch yo‘l bilan tashkil topadi:

– hukumat qarori bilan, davlat korxonalari ishtirokida;

– xususiy tadbirkorlarning kelishuvi, shartnomaviy birlashuvi asosida;

– hukumatlararo bitimlar asosida.

Xo‘jalik birliklarining turli shartlar asosida birlashuvining boshqa ko‘rinishlariga xolding, konsorsium, kartel, konglomerat va konsernlarni kiritish mumkin.

Xolding – bu huquqiy jihatdan mustaqil korxonalar aksiyalarining nazorat paketini o‘zida jamlagan aksionerlik kompaniyasi hisoblanadi va ularning faoliyati ustidan umumiy nazoratni amalga oshiradi. Xolding tarkibiga kiruvchi kompaniyalar tijoriy qarorlarni mustaqil qabul qiladi, tijoriy shartnomalarni o‘zi nomidan imzolaydi, biroq asosiy faoliyati bo‘yicha xolding kompaniya tomonidan qarorlar qabul qilinadi.

Xoldinglarning ustunligi shuki, bosh kompaniya umumiy rivojlanish konsepsiyasini, yagona investitsion va moliyaviy strategiyani ishlab chiqadi, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi.

Konsorsiumlar mustaqil xo‘jalik yurituvchi korxonalar, kompaniyalarning u yoki bu yirik loyihani, katta miqyosdagi davlat investitsion dasturini amalga oshirish maqsadida vaqtinchalik tuzilgan ittifoqi hisoblanadi. Konsorsiumga har qanday mulk shaklidagi kompaniya qo‘shilishi mumkin. Asosiy shart shuki, har bir ishtirokchi yuqori texnik darajada va boshqalarga nisbatan kam xarajatlar bilan o‘ziga tegishli texnik-texnologik va ishlab chiqarish vazifalarini bajarishi lozim.

Konsorsium a’zolari buyurtmachi oldidagi majburiyatlarini bajarishda birdamlik ko‘rsatadi. Konsorsiumga a’zo bo‘lish ixtiyoriydir, shu sababli undan chiqish ham o‘z xohishiga ko‘ra bo‘ladi.

So‘nggi yillarda rivojlangan davlatlarda transmilliy konsernlar paydo bo‘lmoqda. Ularning asosiy maqsadlari past soliq stavkalari joriy etilgan va ekologik talablar qattiq bo‘lmagan mamlakatlarda yuqori daromad to‘plash va yuqori soliq stavkalari joriy etilgan mamlakatlardagi daromadlarini kamroq miqdorda jamlashdan iborat.

Korporatsiyalarning yirik turi transmilliy kompaniyalar hisoblanadi. Bu kompaniyalar bir nechta davlatlarda ishlab chiqarish korxonalariga egadirlar. Boshqa tomondan transmilliy kompaniyalar xalqaro biznesning faol ishtirokchilari hisoblanadi.

Transmilliy kompaniyalar uchta katta guruhga ajratiladi:

1. Gorizontal integratsiyalashgan transmilliy kompaniyalar bir turdagi yoki o‘xshash tovarlar ishlab chiqaruvchi, turli davlatlarda joylashgan korxonalarni boshqaradi.

2. Vertikal integratsiyalashgan transmilliy kompaniyalar – bir davlatda joylashgan bo‘limlarni boshqaradi, bu bo‘limlar boshqa davlatlarda joylashgan bo‘limlarga tovar yetkazib beradi.

3. Alohida transmilliy kompaniyalar – vertikal yoki gorizontal, ya’ni bir-biriga aloqador bo‘lmagan turli davlatlarda joylashgan bo‘limlarni boshqaradi.

Transmilliy kompaniyalar bugungi kunda dunyo sanoat mahsulotining qariyb 50 foizini ta’minlab beradi. Dunyo savdosining 70 foizi TMKlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Buning 40 foizi ularning o‘zlari o‘rtasidagi savdo aylanmasidir. Bu savdo aylanmasi transfert narxlari asosida amalga oshiriladi, ya’ni bozor narxlarida emas, korporatsiyaning uzoq muddatli siyosatiga moslangan narxlarda amalga oshiriladi.

Ayrim transmilliy kompaniyalar ba’zi bir davlatlar budjetidan katta budjetlarga ega. Dunyodagi 100 ta yirik iqtisodiyotning 52 tasi TMKlarga tegishlidir. Boshqacha aytganda, TMKlar 100 ta yirik iqtisodiy birlikning 52 tasini tashkil etadi. Shu sababli TMKlar ayrim mintaqalar iqtisodiyotiga sezilarli darajada jiddiy ta’sir ko‘rsatish salohiyatiga ega.

Transmilliy kompaniyalar globallashuv jarayonlarida katta ta’sirga ega tashkiliy-iqtisodiy birliklardir. Ayniqsa, ular ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini amalga oshirishda salmoqli rolni bajaradi. Bugungi kunda TMK hissasiga ro‘yxatga olingan patentlarning 80 foizi to‘g‘ri keladi, ITTKIning 80 foizini aynan mana shu transmilliy kompaniyalar moliyalashtiradi.

Transmilliy kompaniyalar nafaqat ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritadi. Xalqaro doirada faoliyat olib boradigan transmilliy banklar, telekommunikatsiya kompaniyalari, sug‘urta kompaniyalari, auditorlik va investitsiya kompaniyalari, pensiya jamg‘armalari ham mavjud.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish