Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


O‘zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish



Download 1,39 Mb.
bet161/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

18.3. O‘zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish

va monopoliyaga qarshi faoliyat yuritishning

me’yoriy-huquqiy asoslari
O‘zbekistonda raqobat muhitini rivojlantirish, bozorlarda monopolistik holatlarning oldini olishning huquqiy asoslari bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi, «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi, «Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida»gi va «Reklama to‘g‘risida»gi qonunlari va boshqa me’yoriy hujjatlar xizmat qiladi.

O‘zbekistonda raqobat muhitini rivojlantirish va monopoliyadan chiqarish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida 1992-yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibida Monopoliyaga qarshi va narx siyosati Bosh boshqarmasi birinchi marta tashkil qilindi. 1996-yilga kelib ushbu Boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Qo‘mitasiga aylantirildi va unga yuridik shaxs maqomi berildi. 2000-yilning 2-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorlariga muvofiq tashkilot Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va mustaqil Davlat qo‘mitasi maqomini oldi.

Keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi PF-4483-sonli Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish hamda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitalari negizida O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etildi. So‘ngra ushbu qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi PF-5016-sonli Farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etildi. Farmonga muvofiq uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

– tarmoqlar, hududlar va turli xususiylashtirish shakllari bo‘yicha muttasil yangilanib turuvchi ma’lumotlar bazasini hamda xususiylashtirilgan ob’ektlar reestrini, shuningdek, davlat aktivlari reestrini shakllantirish;

– xususiylashtirilgan korxonalar faoliyati moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini soliq, iqtisodiyot va statistika organlari bilan birgalikda doimiy asosda tahlil qilib borish, buning asosida faoliyat ko‘rsatmayotgan, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni, bo‘sh yotgan va samarasiz foydalanilayotgan ob’ektlar hamda er uchastkalarini aniqlash;

– ilgari xususiylashtirilgan korxonalar samaradorligining pastligi hamda ishlamayotganligi sabablari va omillarini, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, bo‘sh yotgan va qurilishi tugallanmagan ob’ektlarni aniqlash;

– yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish va modernizatsiyalash hamda raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiyalarga ulanishda va tijorat banklaridan kreditlar ajratilishida ularga ko‘maklashish maqsadida aniq xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta’minlash;

– Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda xususiylashtirilgan ob’ektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga biznes yuritish va biznes-rejalarni ishlab chiqish asoslari, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa fanlarni kasb-hunar kollejlari bazasida o‘tkaziladigan kurslarda o‘qitishni tashkil qilish, bunda tajriba almashish uchun respublikamizda ishlayotgan katta muvaffaqiyatlarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb etish;

– bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, ularning faoliyat samaradorligini oshirish va yangi investorlarni jalb etish dasturlarini ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishda ishtirok etish;

– davlat aktivlarini boshqarish, davlat ulushiga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari faoliyatini monitoring qilish va tahlil etish, ularda korporativ boshqaruvning zamonaviy halqaro standartlari va metodlarini joriy etish, shuningdek, davlat aktivlarini xususiy mulkdorlarga, shu jumladan, “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotishning ochiq-oydinligi va shaffofligini ta’minlash, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring olib borish;

– monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish, raqobatni va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini muhofaza qilish, baholash, rieltorlik va birja faoliyatini litsenziyalash, reklama bozorini tartibga solish;

– kadrlarni tizimli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, rahbar va mutaxassislar, shu jumladan, idoraviy tuzilmalar rahbarlari hamda mutaxassislarining ish shakllari va uslublarini takomillashtirish, zimmasiga yuklangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun ularning mas’uliyatini oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida raqobat muhiti bilan bog‘liq raqobat va ustun mavqe tushunchalariga katta e’tibor berilgan va ularga quyidagicha ta’rif berilgan: «raqobat – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi»; «Ustun mavqe tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bog‘liq bo‘lmagan holda unga o‘z faoliyatini amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, tegishli bozorga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holatidir»4.

Qonunchilik O‘zbekistonda xo‘jalik yurituvchi subyektning (bir guruh shaxslarning) bozordagi ulushi ellik va undan ortiq foizni tashkil etadigan holatni so‘zsiz ustun mavqe deb e’tirof etadi.

Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning bozordagi ulushi o‘ttiz besh foizdan ellik foizgacha hajmda bo‘lib, bunda quyidagi shartlar:

– xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar bozoridagi ulushi kamida bir yil mobaynida barqaror bo‘lib turishi;

– tovar bozorida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) tegishli ulushlarning nisbiy miqdorda bo‘lib turishi;

– ushbu bozorga yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning) kirishiga imkoniyat bo‘lishi shartlari belgilangan bo‘lsa, shu xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining mavqeyi ustun mavqe deb e’tirof etiladi5.

O‘zbekiston tovar bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan holatlar va insofsiz raqobatni cheklash hamda to‘xtatib qo‘yish sohasida davlat siyosatini Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi olib boradi.

Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha xorijiy mamlakatlar amaliyotida nisbatan murakkabroq tizim qabul qilingan bo‘lib, bozordagi ishtirokchilar soniga qarab ularning ulushlari belgilab chiqilgan. Xususan, AQSHning monopoliyaga qarshi amaliyotida bozorda raqobat sharoitlarining yaratilganligiga Xerfindeyl-Xirshman indeksi (XXI) asosida baho beriladi. Agarda XXI indeksi 1000 kichik bo‘lganda bozordagi raqobat darajasi yetarli hisoblanadi va shu ko‘rsatkich doirasida korxonalarning birlashishlariga ruxsat beriladi. XXI dan kelib chiqib bozorda quyidagi holatlar shakllanganda raqobat darajasi xavfidan xoli deb hisoblanadi:

– bozorda 10 va undan ortiq firma faoliyat ko‘rsatsa;

– 1 firma bozorning 31% ortig‘ini qamrab olmasa;

– 2 firma bozorning 44% ortig‘ini qamrab olmasa;

– 3 firma bozorning 54% ortig‘ini qamrab olmasa;

– 4 firma bozorning 63% ortig‘ini qamrab olmasa.

XXI ko‘rsatkichining 1800 birligidan oshib ketishi holatida bozor raqobatli emas, deb hisoblanadi.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish