Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019
Erkin raqobatda ixtiyoriy, mutlaqo mustaqil ish ko‘rayotgan ko‘p sonli sotuvchilar va xaridorlar ishtirok etadilar. Bunday raqobat turida narxlar bozor orqali belgilanadi. Bozorga kirish va undan chiqib ketish oson. Raqobatlashuvchilar xaridorlarga bir xil tovarlarni taklif qiladilar. Raqobatda ishtirok etayotgan alohida firmalar narxga ta’sir o‘tkaza olmaydilar. Monopolistik raqobatda nisbatan ko‘p sonli tovar ishlab chiqaruvchilar qatnashadilar va ular bir-biriga o‘xshash, lekin aynan bir xil bo‘lmagan (xaridor nuqtayi nazarida) mahsulotlarni xaridorlarga taklif qiladilar. Erkin raqobatdan farqli o‘laroq, monopolistik raqobat sharoitida har bir firma mahsulotning sifati, qadoqlanishi, chidamliligi belgilari bilan boshqalardan farq qilib turuvchi tovarning maxsus turini (turlangan mahsulot) ishlab chiqaradi. Monopolistik raqobat sharoitida har bir firma bozorning ma’lum bir qismini nazorat qilgani uchun ularning bozor narxiga ta’siri ham cheklangan bo‘ladi. U xizmat ko‘rsatish sohasining ko‘plab tarmoqlariga xos (masalan, restoranlar, texnik xizmat ko‘rsatish tizimlari, bank muassasalari). Ishlab chiqarish sohasida esa, kompyuterlar, telefon apparatlari, kiyim-kechaklar, alkogolsiz ichimliklar, kir yuvish vositalari bozorlari monopolistik bozorga misol bo‘la oladi. Monopolistik raqobat mavjud bozorlar ochiq va shu sababli unga boshqa firmalarning kirib kelishi va undan chiqib ketishi oson bo‘ladi. Oligopoliya sharoitidagi raqobatda ozchilik, lekin yirik firmalar ishtirok etadilar. Jami mahsulot sotishning 50 va undan ko‘p foizini cheklangan sonli (ko‘pincha 3 tadan 9 tagacha) yirik firmalar tomonidan qamrab olinishi oligopolistik ishlab chiqarilayotgan tovarlar standartlashgan (sof raqobat turli xil bozorlarning tavsifi sharoitidagi kabi) va turlangan (monopolistik raqobat sharoitidagi kabi) bo‘lishi mumkin. Oligopolistik bozorga jahon avtomobil bozorini misol qilib keltirish mumkin. Bu erda «Ford» (AQSH) va «Daymler-Kraysler» (Germaniya-AQSH), «Toyota», «Xonda» va «Nissan» (Yaponiya), «Folksvagen» va «Opel» (Germaniya) kabi firmalarga bozordagi jami ishlab chiqarishning 70–80 foizga yaqini to‘g‘ri keladi. Oligopolistik raqobat hukmron bo‘lgan bozorga kirish nihoyatda qiyin va u yirik kapital mablag‘larni talab etadi. Oligopoliyaning sodda ko‘rinishi duopoliya hisoblanadi va bunday bozorda ikkita firma hukmron bo‘ladi. Sof monopoliya erkin raqobatning aksidir. Bu holatda bozorda yagona sotuvchi faoliyat ko‘rsatadi va u tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarning o‘rnini bosuvchilar bo‘lmaydi. Natijada, ishlab chiqaruvchi tovar narxiga ta’sir ko‘rsatishning mutlaq imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu yerda ishlab chiqarish tarmog‘i bitta kompaniyadan iborat bo‘ladi. Sof monopoliya hukmron bozorga boshqa firmalarning kirishi nihoyatda qiyin. Ma’lumki, monopoliyaning mavjud bo‘lishi jamiyat nuqtayi nazaridan maqsadga muvofiq emas. Shu sababli bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarda monopoliyaga qarshi qonunchilikning asosiy maqsadi monopoliyaga qarshi kurash emas, balki milliy iqtisodiyot samaradorligini rag‘batlantirish uchun samarali raqobat muhitini saqlab qolishga qaratilgan. Iqtisodiyotda, shuningdek, «tabiiy monopoliyalar» tushunchasi qo‘llaniladi. Tabiiy monopoliyalar iqtisodiyotning yoqilg‘i-energetika, transport, aloqa, kommunal xo‘jaligi sohalarida keng tarqalgan bo‘lib, odatda, bunday korxonalar davlat mulki shaklida yoki davlat nazorati ostida faoliyat olib boradi. Hozirgi davrda iqtisodiyotda tabiiy monopoliyalar faoliyat ko‘rsatishining asosiy sabablaridan biri sohada raqobat muhiti yaratishning iloji yo‘qligi yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligidir. Tabiiy monopoliyalar faoliyatlarini tartibga solish, eng avvalo, tegishli tovarlar ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari manfaatlari mutanosibligiga erishish, korxonaning iqtisodiy asoslangan xarajatlarining to‘liq qoplanishini ta’minlash va ishlab chiqarishni rivojlantirishga mos ravishda investitsiyalash shart-sharoitlarini yaratishdan iboratdir. Raqobat bozorlarda turli shakllarda namoyon bo‘ladi va turli uslublarda olib boriladi. Odatda, raqobat tarmoq ichidagi raqobat (o‘xshash bo‘lgan tovarlar o‘rtasida) va tarmoqlararo raqobat (turli tarmoqlar tovarlari o‘rtasida)ga ajratiladi. Shuningdek, raqobat narxlar vositasida va sifat asosida yuz berishi mumkin. Narxlar vositasida raqobat narxni o‘zgartirish yo‘li bilan xaridorlarni o‘ziga jalb qilish va raqobatchisini shu yo‘l bilan bozordan siqib chiqarishga qaratiladi. Sifat asosida raqobatlashuvda raqobatlashuvchilar bozorga sifatli, chidamli, ishlatish muddati uzoq, unumdorligi yuqori tovarlar bilan qatnashish orqali xaridorlarni jalb etishga harakat qiladilar. Odatda, xomashyo bozorlarida narxlar vositasida raqobatlashuv ustuvor o‘ringa ega bo‘lsa, tayyor mahsulotlar bozorida sifat asosida raqobat asosiy o‘rinni egallaydi.
Download 1,39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |