Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


-mAVZU.O‘ZBEKISTONDA KIChIK BIZNES



Download 1,39 Mb.
bet178/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

21-mAVZU.O‘ZBEKISTONDA KIChIK BIZNES

VA XUSUSIY TADBIRKORLIK

Reja:

21.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mohiyati

21.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning      iqtisodiyotdagi o‘rni va roli

21.3. O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning

     me’yoriy-huquqiy asoslari



21.4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik  rivojlanishining tendensiyalari
Iqtisodiyotning eng muhim qismi ishlab chiqarish jarayoni bo‘lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarni yaratish bilan avvalo tadbirkorlar shug‘ullanadi. An’anaviy iqtisodiyotda ham, rejali iqtisodiyotda ham tadbirkorlik faoliyatining muayyan belgilarini ko‘rish mumkin. Ammo bozor iqtisodiyoti xususiy tadbirkorlikka misli ko‘rilmagan imkoniyatlar yaratib beradi, kishilarning o‘z jismoniy va aqliy salohiyatlarini namoyon qilishlari uchun obyektiv shart-sharoit yuzaga keladi. Bu xususiy mulkka egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanish erkinligi, raqobat muhiti va davlatning iqtisodiy faoliyatga maqsadga muvofiq aralashishi bilan bog‘liq.

Ilgari, 1990-yillar boshida, uddaburon kishi, ishning ko‘zini biladigan odam, hisob-kitobini puxta qiladigan inson kabi tavsiflar o‘rnini keyinchalik «biznesmen», «tadbirkor», «sohibkor», «fermer» tushunchalari egalladi. Chunki bozor islohotlari va mulkni davlat tasarrufidan chiqarish natijasida aholining yangi qatlami – tadbirkorlar shakllandi. Tadbirkorlarning ish yuritish, mahsulot ishlab chiqarish va uni ayirboshlash malakasi yuksaldi, qonun doirasida faoliyatni tashkil etish, ijtimoiy mas’uliyatni his etish va davlat bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish ko‘nikmalaririvojlandi.

Ilgari tadbirkorlarning nufuzi aylanma mablag‘larni tez boshqarish, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmatlar sohalaridagi faoliyatini kengaytirish bilan belgilansa, bugungi kunga kelib biznes va tadbirkorlikning jamiyatdagi mavqeyi va nufuzi ishlab chiqarish sohalari – oziq-ovqat, to‘qimachilik, qurilish materiallari sanoati, qurilish, xususan, uy-joy qurilishi, yuqori texnologiyali axborot xizmatlari ko‘rsatish kabilardagi faoliyati bilan o‘lchanmoqda. Qolaversa, tadbirkorning nufuzi ularning qancha ish o‘rinlari yaratayotganliklari, eksportga mahsulot chiqarish salohiyati, mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlari bilan ham baholanmoqda. Ko‘rinib turibdiki, tadbirkorlikka va tadbirkorning shaxsiy fazilatlariga bo‘lgan talab yildan yilga o‘z-o‘zidan, obyektiv tarzda oshmoqda.

Xo‘sh tadbirkor kimq Uni yuqorida aytganimiz – uddaburon kishi, ishning ko‘zini biladigan odam, hisob-kitobini puxta qiladigan insondan ajratib turadigan muhim belgilari nimalardan iboratq

Tadbirkorlik faoliyati kishilarning tavakkal qilib, mulkiy javobgarlik asosida qonunchilik doirasida tashabbus bilan faoliyat ko‘rsatishidir. Bu faoliyat kapital va resurslardan oqilona foydalanish orqali ko‘zda tutilgan maqsad – foyda yoki tadbirkorlik daromadini olishga qaratiladi. Ammo tadbirkorlik har qanday yo‘llar bilan emas, balki yaratuvchanlik, tashabbuskorlik faoliyati orqali daromad olishni bildiradi. Shu sababli yollanib ishlash, pulni bankka qo‘yib foiz olish, yerni ijaraga berib renta olish tadbirkorlik emas.

Bozor iqtisodiyoti erkin tadbirkorlikka, sohibkorlikka asoslangan iqtisodiyotdir. Shuning uchun ham tadbirkorlik faoliyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun iqtisodiyotda bozor munosabatlari hukmron bo‘lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi uchun iqtisodiy faoliyatda erkinlik taqozo etiladi. Erkinlik bor joyda o‘z ishiga ijodiy yondashuv, tashabbuskorlik rivoj topadi. Kishilardagi xotirjamlik, ularning xavotir va tazyiqlardan xoli bo‘lishi ishbilarmonlikning yangi qirralarini yuzaga chiqaradi.

Ma’muriy ta’sir, buyruq va majburiylik bor joyda tadbirkorlik faoliyati bo‘g‘iladi. Tadbirkorlikda nima ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish, ishlab chiqarilgan mahsulotni qayerda, kimga va qaysi baholarda sotish erkin holda bozorda shakllangan talab va taklif mutanosibligiga ko‘ra hal etiladi. Baho ham erkin shakllanib, talab va taklif muvozanati asosida amal qiladi.

Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining muhim shartlaridan biri ko‘p mulkchilik shakllari va raqobat muhitining yaratilishidir. Shu sababli iqtisodiy islohotlarning asosini xususiylashtirish va mulkni davlat tasarrufidan chiqarish tashkil qiladi. Tadbirkorlik faoliyatining taraqqiy topishi esa ushbu jarayonlarga, ularni amalga oshirish usuliga, sur’atlariga va ko‘lamiga bog‘liq bo‘ladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik, eng avvalo, kapital hajmini kam talab etuvchi, qisqa muddatlarda foyda keltiruvchi tarmoqlarda keng rivoj topadi. Bu esa kichik va xususiy tadbirkorlikning ravnaq topishiga olib keladi.

Tadbirkorlikni kichik, o‘rta va yirik biznes shaklida tavsiflash mumkin. Kichik hajmdagi korxonalarning o‘sib o‘rta hajmga o‘tishi, o‘rta hajmdagi korxonalarning esa o‘zaro qo‘shilib yoki o‘zlarining muvaffaqiyatlari evaziga kuchayib yiriklashishi jahon tajribasida tez-tez kuzatiladigan holatdir. Ammo O‘zbekistonda bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ma’nodosh va bir-birini to‘ldiruvchi iqtisodiy tushunchalar sifatida qo‘llanilmoqda.

Kichik biznes ingliz tilidagi adabiyotlarda «small business», ya’ni kichik biznes tariqasida qo‘llaniladi. Ko‘plab Yevropa mamlakatlari va Yaponiyada «Kichik va o‘rta korxonalar» atamasidan foydalaniladi. Fransuz tilidagi adabiyotlarda PME (petites et moyennes enterprises) abbreviaturasi keng iste’molga kiritilgan. Umuman olganda, «Kichik tadbirkorlik», «Kichik biznes» va «Kichik korxonalar» kabi atamalardan ma’nodosh tushunchalar sifatida foydalanish mumkin.

Odatda, kichik korxonalar maqomini belgilab beruvchi mezonlar sifatida korxonada band bo‘lgan ishchilar soni, tovar aylanmasi, aktivlar, kapitallar va foyda miqdori va boshqa statistik ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Biroq xorijiy va mamlakatimiz iqtisodiy adabiyotlarida ko‘p hollarda bitta ko‘rsatkich – korxonada band bo‘lgan ishchilar sonidan kelib chiqib, kichik korxonalar to‘g‘risida fikr yuritiladi.

Masalan, AQShda xodimlar soni 100 kishigacha hamda yillik tovar aylanmasi hajmi 3 dan 12 mln.AQSh.dollarigacha bo‘lgan sub‘ektlar kichik biznes sub‘ektlari hisoblanadi. Xodimlar soni 100 dan 500 kishigacha bo‘lgan sub‘ektlar esa o‘rta biznes sub‘ektlari deb yuritiladi. Shuningdek, Rossiyada kichik biznes sub‘ektlariga xodimlar soni 100 kishigacha hamda yillik tushum hajmi 400,0 mln.rublgacha bo‘lgan sub‘ektlar taalluqli bo‘ladi.

O‘zbekistonda «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq kichik tadbirkorlik subyektlariga quyidagilar kiritiladi:

1) yakka tartibdagi tadbirkorlar;

2) ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tarmoqlardagi band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan o‘n kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan besh kishi bo‘lgan mikrofirmalar;

3) quyidagi tarmoqlardagi:

– qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yengil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ikki yuz kishi;

– metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoatidagi, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yuz kishi;

– mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ellik kishi;

– fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa sohalardagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma besh kishi bo‘lgan kichik korxonalar.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish