Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


Davlat va xususiy sektor hamkorligining



Download 1,39 Mb.
bet168/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

19.2. Davlat va xususiy sektor hamkorligining

asosiy yo‘nalishlari
Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishiga umumjamiyat manfaatlari asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ijtimoiy ne’matlarni yetarli darajada ishlab chiqarishga erishish, iqtisodiyotdagi tarkibiy nomutanosibliklarga yo‘l qo‘ymaslik va ijtimoiy barqarorlikni kafolatlashga qaratiladi.

Bozor mexanizmining kamchiliklari iqtisodiyotning rivojlanish darajasini belgilab beruvchi infratuzilma tarmoqlarida hamda an’anaviy tarzda davlatning roli yuqori bo‘lgan ijtimoiy sohada ko‘rinadi.

Odatda, aralash iqtisodiyot tizimida davlat va xususiy sektor hamkorligi tizimli yo‘lga qo‘yiladi hamda iqtisodiyotning barcha sohalarini qamrab oladi. Davlat va xususiy sektor hamkorligi mexanizmini joriy etish transport, kommunal xo‘jalik, ijtimoiy infratuzilma kabi umumfoydalanadigan obyektlar, shu­ningdek, infratuzilma obyektlarini ta’mirlash, qayta ta’mirlash va saqlab turish, uy-joy va kommunal xo‘jalik, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi ijtimoiy xizmatlarda vujudga keladi.

Iqtisodiyotning mazkur sektorlarini davlat mulkida saqlab qolish zaruriyati aynan aholini ushbu ijtimoiy xizmatlar bilan sifatli va uzluksiz ta’minlash bo‘yicha jamiyat oldidagi mas’uliyatdan kelib chiqadi.

Davlat va xususiy sektor hamkorligi («public-private partnership»)da ba’zan xususiy sektorning tashabbuslari ustuvor ahamiyat kasb etadi. Boshqacha aytganda, rivojlangan davlatlarda xususiy sektor tashabbus bilan chiqadi, davlat esa uni maqsadga muvofiq yo‘nalishlarda rag‘batlantiradi. Mamlakatimizdagi islohotlarda davlat bosh rolni bajarayotganligi tufayli davlat yetakchi rolni bajaradi.

Davlat va xususiy sektor hamkorligi deganda davlat va tadbirkorlik subyektlari resurslarini birlashtirish, tavakkalchilik, vakolat, moliyaviy xarajatlar va mas’uliyatni o‘zaro taqsimlash asosida ma’lum muddatga rasmiylashtirilgan, ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarni hal etish va foyda olishga qaratilgan hamkorlik turi tushuniladi.

Davlat va xususiy sektor hamkorligi rivojlanishining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

– ijtimoiy sektorda xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish hamda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish;

– iqtisodiyotning davlat sektori va ijtimoiy xizmatlar sohasiga innovatsion texnologiyalar va innovatsion boshqaruv me­xanizmini joriy etish;

– an’anaviy tarzda davlat mas’ul bo‘lgan tarmoqlar rivoj­lanishiga budjetdan tashqari moliyalashtirish manbalarini jalb etish;

– yirik va uzoq muddatli loyihalarga xususiy sektorni jalb etish evaziga umuman iqtisodiyot rivojlanishini rag‘batlantirish va boshqalar.

Davlat va xususiy sektor hamkorligining asosiy belgilarini umumlashtirish uning quyidagi jihatlarini ajratib ko‘rsatish imkoniyatini beradi:

– bu hamkorlikning asosiy qatnashchilari davlat va xususiy biznes subyektlari hisoblanadi;

– tomonlarning o‘zaro harakati yuridik asosda mustah­kamlanadi, davlat va xususiy sektor hamkorligi turli shakllarda amalga oshiriladi;

– davlat va xususiy sektor hamkorligida tomonlar teng huquqqa ega bo‘ladilar;

– davlat va xususiy sektor hamkorligi munosabatlari uzoq muddatli xarakterga ega bo‘ladi;

– davlat va xususiy sektor hamkorligi ko‘pincha ijtimoiy masalalarni yechishga qaratiladi (maqsad davlat vazifalarini hal etish), bunday hamkorlik turida hukumat organlariga tegishli funksiyalarning bir qismi xususiy sektorga beriladi;

– davlat va xususiy sektor hamkorligiga asoslangan loyihalarda tomonlarning moliyaviy va boshqa resurslari birlashtiriladi, xususiy investitsiyalarning jalb etilishi kuzatiladi;

– davlat va xususiy sektor hamkorligi loyihalarini amalga oshirishda tavakkalchilik va mas’uliyat taqsimlanadi;

– loyihalarni amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘r­satishda boshqarishning innovatsion usullari qo‘llaniladi.

Davlat va xususiy sektor hamkorligida davlat quyidagilardan manfaatdor hisoblanadi:

– davlat va xususiy sektor hamkorligida xususiy sektorda mavjud tajriba, texnologiya va vakolatlarni jalb etish asosida xarajatlarni kamaytirish va yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatishga erishiladi. Buning natijasida jamiyat miqyosida iqtisodiy samaradorlik darajasi yuqori bo‘lishi ta’minlanadi;

– yirik loyihalarni amalga oshirishda xususiy sektor investor sifatida qatnashadi va joriy vazifalarni hal etish uchun davlat budjetida bo‘sh resurslar paydo bo‘ladi;

– xususiy tashkilotlarning xarajatlarni minimallashtirish, samarali qarorlarni joriy etish va loyihalarni amalga oshirish muddatlarini qisqartirishga bo‘lgan qiziqishlari ijtimoiy ne’matlarni ishlab chiqarishda davlat mulki va budjet mablag‘laridan samarasiz foydalanish xavfini kamaytiradi.

Davlat bilan hamkorlik xususiy tuzilmalar uchun quyidagi sabablarga ko‘ra manfaatli hisoblanadi:

– xususiy tashkilot uzoq muddatli istiqbolda barqaror daromad olishni ta’minlagan holda davlat aktivlarini tasarruf etish yoki undan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa uzoq muddatga tavakkalchilik darajasini pasaytiradi;

– davlat tomonidan taklif etilgan shartlarda investitsiyalarni amalga oshirar ekan, tadbirkor muayyan daromadlilik darajasi kafolatiga ega bo‘ladi. Nodavlat sektoriga investitsiyalar kiritilganda bunday kafolat taqdim etilmaydi.

Davlat va xususiy sektor hamkorligi shakllari ijtimoiy sohada AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Kanada kabi rivojlangan mamlakatlarda keng amalga oshirilmoqda. Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va boshqa MDH mamlakatlarida esa bu hamkorlikning yo‘nalishlari shakllanmoqda.

Bugungi kunda jahon amaliyotida davlat va xususiy sektor hamkorligining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

davlat shartnomalari. Bunday shartnomalar moliyalashtirish, loyihalash, qurilish-ta’mirlash, umumjamiyat ahamiyatiga ega xizmatlar ko‘rsatish, boshqaruv, davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish, texnik yordam ko‘rsatish va boshqalar bo‘yicha shartnomalarni o‘z ichiga oladi. Davlat va xususiy sektor hamkorligining bu shaklida odatda davlat mulkchilik huquqini xususiy sektorga bermaydi. Barcha faoliyat shakli shartnoma bo‘yicha olib boriladi va davlat mablag‘lari hisobiga bajariladi. Xususiy sektor pudratchi bo‘lib, mablag‘larni o‘z ixtiyori bilan tasarruf eta olmaydi, lekin ushbu faoliyatdan daromad oladi, shuningdek, ma’lum imtiyoz va yengilliklarga ega bo‘ladi;

davlat mulkining ijara va lizingga berilishi. Davlat va xususiy sektor hamkorligining ushbu shaklida davlat mulki ma’lum to‘lov evaziga va ma’lum muddatga xususiy sektorga foydalanish uchun beriladi. Ijaraga olingan mulk davlatga qaytariladi yoki o‘zaro belgilangan shartlarga muvofiq keyinchalik sotib olinadi. Bunda davlat ijara munosabatlari orqali foyda oladi. Lizingda esa xususiy sektor ijaraga olingan davlat mulkini pirovardida sotib oladi.

davlat va xususiy sektor qo‘shma korxonasi. Bunday korxonalar aksiyadorlik va aksiyadorsiz hissalar bilan ishtirok etish orqali tuziladi. Xususiy sektorning erkinlik darajasi kapitaldagi ulushi bilan belgilanadi. Foyda, tavakkalchilik va mas’uliyat tomonlar o‘rtasida qo‘shilgan ulushga mos shaklda taqsimlanadi;

konsessiya (konsessiya kelishuvi). Konsessiya davlat va xususiy sektor hamkorligining keng tarqalgan shakli hisoblanib, bunda davlat mulkning to‘la huquqli egasi bo‘lgan holda xususiy sektordagi hamkoriga ma’lum bir davrda ma’lum bir vazifalarni bajarish vakolatlarini beradi. Vazifalar va vakolatlar esa kelishuvlarda belgilab olinadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, konsessiyada boshqa shaxslar va hatto davlatning o‘zi ham o‘xshash faoliyat olib bormasligi lozim. Davlat mulkidan foydalanganlik uchun to‘lov to‘lanadi. Ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun konsessiyachi mulk huquqini oladi. Xususiy sektordagi hamkor umumjamiyat manfaatlariga bo‘ysunadi, tovarlar va xizmatlarning hamma uchun ochiqligi va tariflarning bir xilligini belgilaydi;

mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim. Konsessiyadan farqli o‘laroq, xususiy hamkor mahsulotning kelishuvda belgilangan qismiga ega bo‘ladi.

Davlat va xususiy sektor hamkorligi uchun me’yoriy-huquqiy asosning yaratilishi ushbu jarayonda ishtirok etuvchi tomonlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlik subyektlarining tashabbuskorligini rag‘batlantirish, moddiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish, davlatning ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarini yechish imkoniyatini beradi.

Rivojlangan mamlakatlarda davlat va xususiy biznes hamkorligining huquqiy asoslari asosiy qoidalar, shakllar va turlar, ushbu jarayonda ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va majburiyatlarini o‘zida mujassam etadi. Masalan, Yaponiyada «Xususiy moliyaviy mablag‘lar hisobidan ijtimoiy obyektlarni rivojlantirishga ko‘maklashish to‘g‘risida»gi, Janubiy Koreyada «Infratuzilmani rivojlantirishda xususiy sektorning ishtiroki to‘g‘risida»gi, Polshada «Davlat va xususiy biznes hamkorligi to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilingan.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish