Turizm: nazariya va amaliyot


Savdo ishlab chiqarish faoliyati xususiyati



Download 93,97 Kb.
bet15/15
Sana06.07.2022
Hajmi93,97 Kb.
#745047
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kurs ishi (3) Dilshod

Savdo ishlab chiqarish faoliyati xususiyati. Ovqatlanish korxonalari quyidagi toifalarga bo’linadi:

  • restoran;

  • kafe;

  • bar;

  • bufet;

  • gazakxona;

  • oshxona va boshqalar.
    Har bir toifadagi ovqatlanish korxonasi uchun unga mos keladigan taom va ichimliklar assortimenti, qo’llaniladigan xizmat ko’rsatish shakli, joylashgan o’rni, xizmat ko’rsatiladigan mijozlar kontingenti – boshqa toifalash me’zonlari aralashmasi xosdir.

    Restoran — ovqatlanish korxonasi bo’lib, mehmonlarga keng assortimentdagi taomlar, ichimliklar, qandolat maxsulotlari, jumladan murakkab tayyorlanadigan firma maxsulotlari taqdim etadi. Restoranlarda yuqori darajadagi xizmat ko’rsatish darajasi malakali oshpazlar, ofitsiantlar, metrdotellar tomonidan amalga oshirilib, dam olish va ko’ngil ochishni tashkil etilishi bilan birga olib boriladi.

Mehmonxona kompleksi tarkibida bir yoki bir nechta restoranlar bo’lishi mumkin.
Mashhur mehmonxona zanjirlariga kiruvchi yirik mehmonxonalarda odatda ikkita restoran — xashamatli firma va uncha kata bo’lmagan taom va ichimliklar narxi yuqori bo’lmagan restoranlar mavjud.
Restoranlar mehmonxonada yashovchilar uchun ham tashrif buyuruvchilar uchun xizmat ko’rsatadi. Ular shu bilan birga tantanali va rasmiy qabullar, kengashlar, konferentsiyalar, kongresslar o’tkazish hamda mehmonlarga suvenirlar, gullar sotish, mehmonxona nomerlariga xizmat ko’rsatish va boshqa xizmatlarni ko’rsatishadi.
Ko’pgina restoranlarda kontsertlar uyushtiriladi.

Kafe — ovqatlanish korxonasi bo’lib, mehmonlarga cheklangan assortimentdagi taom va ichimliklar, qandolat maxsulotlari, sutli ichimliklarni dam olish va ko’ngil ochish bilan birgalikda tortiq qladi.
Ko’pgina mehmonxona komplekslari tarkibida restoranlar Bilan birga uncha kata bo’lmagan kafelari mavjud.

Bar — ixtisoslashgan ovqatlanish korxonasi bo’lib, mehmonlarga turli ichimliklar, shirinliklar, shirin taomlar va gazaklar taqdim etishadi. Barda shinam holatda dam olish, musiqa eshitish, ko’ngil ochish mumkin. Bufet cheklangan assortimentda yaxna gazak, buterbrod, ichimliklar, bulochka va qandolat maxsulotlarini joyida iste’mol qilish nazarda tutilgan maxsulotlarni sotadi. Maxsulotni qadoqlab olib ketishga ruxsat etiladi. Mehmonxonalarda bufetlar elektro plitalar, muzlatkichlar, sovutadigan peshtaxtalar va boshqa zamonaviy uskunlar bilan jihozlangan holda mijozlarga xizmt ko’rsatadi.

Gazakxona turli taom va gazaalar, bulonlar, yaxna va qaynoq ichimliklarni iste’mol qilish va sotishni amalga oshiradi.

Oshxona ovqatlanish korxonasi sifatida ko’pincha kurort mehmonxonalar tarkibida uchraydi. Aholining turli qatlamlariga shu joyning o’zida ovqatlanish uchun nonushta, tushlik, kechki ovqat taqdim etish va boshqa qo’shimcha xizmatlari ko’rsatadi.


XULOSA
Sayyohlikda restoran xo‘jaligi muammolari eng kam o‘rganilgan yo‘nalish bo‘lib, bu sohaning qaysi turlariga e’tibor berish, sayohat qiluvcqilarning xoxish-irodasini bilish, ularni eng foydali va qulay oshxonalarga chorlash, ularning xavfsizligini ta’minlash, ularning talabini qondirish va yana boshqa ko‘plab turlarini bilish servis xizmati funksiyasiga kiradi. O‘zbekistonda restoran xo‘jaligini o‘rganish, undan jahon bozorlari uchun yo‘l topish juda muhimdir. Tarixiy shaharlarimiz - Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent va boshqa ko‘plab tarixiy obidalarimiz xalqaro sayyohlarni bu yerlarga jalb etadi va shu orqali ularni ovqatlantirish va servis xizmatini rivojlantirish keng imkoniyatlarni yuzaga keltiradi.
O'zbekiston Respublikasining turizm sohasi jahon turistlik jarayo- nining ajralmas tarkibiy qismi bo'lib, Butunjahon turistlik tashkiloti ekspertlarining bashorati buni to’la tasdiqlamoqda.
Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, keyingi yillardagi barcha siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy beqarorliklarga qaramay, mamlakat turizm sohasi davlat investitsiyalarisiz va dotatsiyalarisiz mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmini oshirib borayotgan xalq xo'jaligi tarmoqlari- dan biridir. 0 ‘zbekiston zamonaviy turizm industriyasini rivojlantirish uchun barcha zarur manbalarga ega. Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga boy tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki, ham xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega.Turizm sohasi jahon hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini va u XXI asr jahon xo’jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri ekanligini alohida ta’kidlash lozim. Turizm insoniyat tamaddunining mahsuli. Ushbu tushuncha o’zining nazariy va amaliy talqiniga ega. Shu tufayli uni atroflicha izohlash uchun unga odamlarning harakati, iqtisodiy kategoriya, siyosiy vaziyat, faol dam olish kabi jihatlardan qarash va izohlanishni talab qiladi. Men “Turistlarga ovqatlantirish xizmatlarini tashkil qilish” mavzusini yoritish jarayonida turizmning maqsadlariga alohida ahamiyat qaratdim. Chunki, maqsadsiz turizm bo`lmaydi. Uni o`rganish muhim masala hisoblanadi. Har bir sayohat yoki tur zamirida unga sabab bo`luvchi asosiy maqsad yotadi, unga ko`ra bu sayohatdan turizmning biror turiga mansubligi aniqlanadi, turist va uning turi statistikaning u yoki bu turiga kiritiladi, unga turli xil imtiyozlar beriladi. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish, turistlarga xizmat ko‘rsatish tizimini kengaytirish va ular uchun barcha sharoitlarni yaratish maqsadida yangi turistik majmualar, mehmonxonalar, kempinglar, restoranlar, barlar, transport sohalari, qurilish uchun katta mablag‘lar ajratilmoqda. Bunday sur’atda turizmni rivojlantirish albatta umumiy ovqatlanishni ham rivojlantirishini taqoza etadi, chunki barcha turistlar goh ichki turist bo‘lsin, goh tashqaridan kelsin, ulardan qat’iy nazar restoran xo‘jaligiga yoki ovqatlanish tarmog‘idan foydalanishga majbur. Aks holda insonlar ovqatlanish uchun barcha mahsulotlarni o‘zlari bilan olib yurishi kerak yoki uy sharoitlarida tayyorlab, iste’mol qilishi kerak bo‘ladi. Ammo turistlarda bunday imkoniyatlar yo‘q, shuning uchun ham ular ovqatlanish xizmatidan foydalanishga majburdir va mana shu holatlarning mavjud bo‘lishi turizm umumiy ovqatlanishni uyg‘un holda rivojlantirishi uchun imkon beradi. Shuning uchun ham turizmda asosiy xizmat turlaridan birini ovqatlantirish xizmati tashkil etadi.
Mamlakatimizda asosan ma’lum ish yuzasidan nisbatan qisqa muddatga keluvchi odamlarga shuningdek, har xil maqsadda sayohat qilayotgan fuqarolarga mo‘ljallangan umumiy tipdagi mehmonxonalar keng tarqalgan. Bunday mehmonxonalar shaharning markaziy qismida, jamoat, ma’muriy, savdo markazlari yaqinida joylashadi va shaharning turli tumanlari bilan Yaxshi transport aloqasini nazarda tutadi. Mazkur mehmonxonalar odatda maxsus ko‘kalamzorlashtirilmagan nisbatan kichkina yer maydonlariga ega bo‘ladi. Umumiy tipdagi mehmonxonalarning nomerlar fondi asosan bir, ikki o‘rinli va ko‘pincha uch o‘rinli nomerlardan tashkil topadi. Bu nomerlarda, qoida tariqasida, ishlash uchun joy mavjud bo‘ladi. Mehmonxonalarda aloqa bo‘limi, ayrim hollarda – bank bo‘limi ishlab turadi, muzokara va yig‘ilishlar o‘tkazish uchun alohida joylar nazarda tutiladi.
O’zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega. Mamlakatimizdagi noyob tarixiy yodgorliklar, ziyoratgohlar, xushmanzara tabiat va fayzli go’shalar, xalqimizning betakror madaniyati, an’analari butun dunyodan sayyohlarni o’ziga rom etmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, turizmni taraqqiy ettirish, sayyohlar oqimini ko’paytirishda zamonaviy turizm turlarini yaratish, yuqori sifatdagi xizmatni taklif etish muhim omillardan biri hisoblanadi. O’zbekiston turizm sohasini rivojlantirish uchun barcha zarur manbalarga ega. Buyuk Ipak yo’li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga, boy tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki, ham xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega. O’ylaymanki, yaqin kelajakda Yurtimiz ham turizm olamida ulkan yutuqlarga erishib, rivojlangan davlatlar qatoridan shak – shubhasiz o’rin oladi. Yuqorida aytilganlarga asoslanib, biz ko'ramizki, xalqaro turizm bugungi kunda butun dunyo uchun, har bir mamlakat uchun alohida, alohida shaxs uchun katta rol o'ynaydi. Ma'lumki, dunyodagi hamma narsa bir -biri bilan chambarchas bog'liq va turizm borasida ham istisnolar yo'q. Turistlarni qabul qiladigan mamlakatlarning katta daromadi, qo'shimcha ish o'rinlari, turizm bilan bog'liq sohalarning doimiy rivojlanishi, hayot sifatining yaxshilanishi, shuningdek, xalqaro turizm ta'lim sohasiga o'z hissasini qo'shadi (masalan, chet elliklar bilan muloqot aloqani mustahkamlashga yordam beradi). tillarni bilish) va boshqa ko'p narsalar turizmning xizmatlariga tegishli ... Bugungi kunda turizm iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan sohasi hisoblanadi, buni rentabellik va xalqaro turistlarning kelishi ko'rsatkichlari tasdiqlaydi. Har ikkisi ham doimiy ravishda o'sib bormoqda, turizm rivojlanmoqda va rivojlanishda davom etadi va buni inkor etib bo'lmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Mirziyoyev SH.M. “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”. T- “O’zbekiston”-2017 y.
2. Mirziyoyev SH.M. “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. T- “O’zbekiston”-2016 y.
3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari. — Т.: O'zbekiston, 2009.
4. Karimov I.A. “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash - mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimdagi nutq// “Xalq so’zi” gazetasi, 2012-yil 18-fevral
5. O'zbekiston Respublikasining «Turizm to'g'risida»gi qonuni // Xalq so'zi gazetasi, 1999-yil 14-sentabr.
6. Qudratov G'.X., Tuxliyev I.S. Turizm iqtisodiyoti. Qo'llanma. Sam ISI. 2007.
7. Tuxliyev I.S. Turizm asoslari. O'quv qo'llanma. Samarqand. SamlSI, 2010-yil.
8. Tuxliyev I.S., Bektemirov A.B., Usmanova Z.I. Turizmda strategik marketing. O'quv qo'llanma. Samarqand. SamlSI, 2010-yil.
9. Tuxliyev I.S., G’.H. Qudratov, Pardayev M.Q. Turizmni rejalashtirish. Toshkent – «IQTISOD - MOLIYA» 2010
10. Tuxliyev I.S., A.B.Bektemirov, Z.I.Usmanova. Turizmda strategik marketing. Samarqand 2010 y.
11.Qudratov G’.X., Tuxliyev I.S. Turizm iqtisodiyoti. Qo’llanma. SamISI, 2007.
12. Tuxliyev N., Abdullayeva .T. «Formalnosti v sisteme turizma Respubliki Uzbekistan» - T: «O’zekiston milliy ensiklopediyasi», 2007.
13.Nazarova. G.G. va boshqalar Turizm huquqi. –Toshkent. Talqin, 2003.
14. N.E.Ibodullayev. “O‟zbekistonning turistik resurslari” (ma‟ruzalar matni). Samarqand, 2008.
15. R.Xayitboyev. R.Amriddinova – “Turizmning maxsus turlari”, uslubiy qo’llanma. Samarqand 2008.
16. Ibragimov.N.S “O’zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishda destinasion menejment konsepsiyasini qo’llash” Avtoreferat. Samarqand - 2008.
17. F.S. Qulimurotov, ”Turizm infratuzilmasi”, o‟quv qo‟llanma. –Toshkent 2007. 18. X. Abulqosimov. “O‟zbekistonda turizmni rivojlantirish muammolari va istiqbollari”. Magistirlik dissertatsiyasi. TDIU 2005
19. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, sentyabr, 2011y.
20. Internet saytlari:
- http://www.rourism.uz/
- http://www.tour.uz/
- http://www.advantour.com/rus/
- http://www.tours.ru/country/uz/

Mundarija: Kirish……………………………………………………………………….3


I Bob. TURIZM INDUSTRIYASIDA OVQATLANTIRISH XIZMATI
1.1. Turizmda ovqatlantirish xizmatining tutgan o’rni...………….....7
1.2. Umumiy ovqatlanish korxonalari tasnifi. Xizmat turlari. Xizmat ko‘rsatish.
Pazandachilik. Stol servirovkasi.……..…………………………………….12
II Bob. . TURIZMDA OVQATLANISH TEXNOLOGIYASI VA UNI TASHKIL QILISH
2.1. Dunyo miqyosida retoran zanjirlarining rivojlanishI.………………28
2.2.Umumiy ovqatlanish korxonalari klassifikatsiyasi………………..…..35

Xulosa………………………………………………………49


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………...



1



2




Download 93,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish