2.3. O’ZBEKISTONDA TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH
CHORA-TADBIRLARI
Keyingi yillarda respublikamizda turizm infratuzilmasini zamon talabiga moslashtirish maqsadida ko’pgina ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 2-iyundagi «Buyuk Ipak yo’li» ni qayta tiklashda O’zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to’ғrisida» gi Farmoni bu ishni yuksak darajaga ko’tarish muammolarini hal qilishda o’z o’rniga ega bo’ldi. Farmon ғoyat muhim xalqaro turizm yo’nalishi «Buyuk Ipak yo’li» ni qayta tiklash, bunga xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb etish, shuningdek, zamonaviy turizm siyosatini vujudga keltirishga asosiy maqsadini qaratdi. Buning uchun esa quyidagi o’ta muhim va dolzarb masalalar o’z echimini topishi lozim. Masalan, «Buyuk Ipak yo’li» dagi shaharlar - Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkentda xalqaro turizm bo’yicha maxsus ochiq iqtisodiy mintaqalar tashkil etish, mazkur shaharlarning aeroportlari va temir yo’l vokzallarida turistlar uchun bojxona rasm-rusumlarini xalqaro me’yorlarga mos soddalashtirilgan tartibi, shuningdek, tranzit turistlar uchun maxsus bojxona zonalari joriy qilish kuzda tutildi. Ushbu shaharlarda yangi tashkil etiladigan turistlik tashkilotlar va korxonalar barpo etilgan paytdan boshlab, dastlabki foydani olgunga qadar o’tadigan davrda, lekin ro’yxatga olingan sanadan keyin uzoғi bilan uch yil mobaynida barcha turdagi soliqlardan ozod qilish imkoniyati tuғildi. Shu maqsadda mazkur tashkilotlar va korxonalar foyda (daromad) olgan birinchi yili (daromad) soliғining 50% ini, ikkinchi yili 75 % ini, uchinchi yildan boshlab 100 % ini to’lashlari belgilab qo’yildi.
Shuningdek, turizm sohasida qo’shma korxonalar barpo etuvchi xorijiy sarmoyadorlar, ilgari berilgan imtiyozlarga qo’shimcha ravishda, olib ketadigan foydadan 5 yil muddatga soliq to’lashdan ozod qilinishi bu boradagi imkoniyatlarni yanada kengaytirish uchun muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Ayniqsa, tijorat banklariga tadbirkorlar xususiy mehmonxonalarini va mehmonxona infratuzilmasi inshootlarini barpo etishlari choғida ularga kamida besh yil muddat ichida to’lash sharti bilan kreditlar berilishi hamda «O’zbekturizm» MK Tashqi Iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda investistiya banki - «O’zsayohatinvestbank» ni tashkil etishlari-ning belgilib qo’yilishi soha rivoji uchun olib borilayotgan davlat siyosatining nechoғli to’ғri ekanligini yana bir bor isbot qildi.
Shuningdek, xalqaro turizmni rivojlantirish bilan boғliq bo’lgan barcha masalalarning o’z vaqtida hal etish uchun javobgarlik «O’zbekturizm» MK, «O’zbekiston havo yo’llari», «O’zbekiston temir yo’llari» kompaniyalarining, Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirliklarining, chegara va bojxona xizmatlarining rahbarlari zimmasiga yuklatildi.
Mazkur farmonni amalga oshirish yuzasidan respublika Vazirlar Mahkamasi 1995-yil 3-iyunda «O’zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infratuzilmasini barpo etish chora-tadbirlari to’ғrisida»gi qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorda Prezident farmonini to’ldirib, yana quyidagi muhim masalalar amalga oshirilishi ta’kidlab o’tildi: tegishli tashkilotlar bilan birgalikda turistlarni avia va temir yo’l transporti orqali tashishda imtiyozlar berish tartibini ishlab chiqish, maxsus bojxona hududlarini tashkil etish, ularni zamonaviy nazorat texnikasi bilan jihozlash vazifasi yuklatildi. Qarorda turizm tizimidagi xususiylashtirilayotgan ob’ektlardan tushgan mablaғlar «O’zbekturizm» MK bo’linmalarini qayta qurish va texnika bilan jihozlash maqsadida «O’zsayohatinvestbank»ka o’tkazish belgilab qo’yildi.
Valyuta operastiyalarida imtiyozlar, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch-Xiva yo’nalishlarida yo’llarni obodonlashtirish, servis xizmatlarini tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish, shahardan tashqarida joylashgan turistlik ob’ektlar uchun kommunikastiya tarmoqlari to’lovi bo’yicha imtiyozlar berish, turistlik inshootlar qurilishi bo’yicha tenderlar o’tkazish, turistlar bo’ladigan joylarda amaliy va tasviriy san’at, xalq ijodkorligi buyumlari, reklama mahsulotlarini tayyorlash-sotishda shahobchalar tashkil etish, xorijda turistlik vakolatxonalar ochish ham mazkur qarorda belgilab qo’yilgan vazifalar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |