3-jadval
O’zbekiston aeroportlari
Shahar
|
Viloyat
|
ICAO
|
IATA
|
Aeroportning nomi
|
Koordinatlari
|
Andijan
|
Andijan
|
UTKA
|
AZN
|
Andizhan Airport
|
40°43′40″N 072°17′38″E
|
Bukhara
|
Bukhara
|
UTSB
|
BHK
|
Bukhara International Airport
|
39°46′30″N 064°29′00″E
|
Fergana
|
Fergana
|
UTKF
|
FEG
|
Fergana International Airport
|
40°21′32″N 071°44′42″E
|
Karshi
(Qarshi)
|
Qashqadaryo
|
UTSL
|
KSQ
|
Karshi Airport / Karshi-Khanabad Air Base
|
38°50′01″N 065°55′17″E
|
Muynak
(Mo‘ynoq)
|
Karakalpakstan
|
UTNM
|
|
Muynak Airport
|
43°45′19″N 059°01′51″E
|
Namangan
|
Namangan
|
UTFN
|
NMA
|
Namangan Airport
|
40°59′04″N 071°33′24″E
|
Navoi
(Navoiy)
|
Navoiy
|
UTSA
|
NVI
|
Navoi International Airport
|
40°07′04″N 065°10′30″E
|
Nukus
|
Karakalpakstan
|
UTNN
|
NCU
|
Nukus Airport
|
42°29′18″N 059°37′23″E
|
Samarkand
(Samarqand)
|
Samarqand
|
UTSS
|
SKD
|
Samarkand International Airport
|
39°42′02″N 066°59′02″E
|
Sary Asiya (Sariasiya, Sariosiyo)
|
Surxondaryo
|
UTSR
|
|
Sary Asiya Airport (Sariasiya Airport)
|
38°24′38″N 067°56′43″E
|
Tashkent
|
Tashkent
|
UTTT
|
TAS
|
Tashkent International Airport
|
41°15′28″N 069°16′52″E
|
Termez
|
Surxondaryo
|
UTST
|
TMJ
|
Termez Airport
|
37°17′12″N 067°18′36″E
|
Turtkul
(To‘rtko‘l)
|
Karakalpakstan
|
UTNT
|
|
Turtkul Airport
|
41°34′30″N 060°58′00″E
|
Uchkuduk
|
Navoiy
|
UTSU
|
|
Uchkuduk Airport
|
42°04′59″N 063°26′57″E
|
Urgench
|
Xorazm
(Khorezm)
|
UTNU
|
UGC
|
Urgench International Airport
|
41°35′03″N 060°38′30″E
|
Zarafshan
|
Navoiy
|
UTSN
|
AFS
|
Zarafshan Airport (Sugraly Airport)
|
41°36′49″N 064°13′58″E
|
Samarqand aeroporti soatiga 400 yo`lovchiga xizmat ko`rsata oladi. Samarqanddan Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg, Simferopol, qozon shaharlariga, shuningdek, Yaponiya va Evropa mamlakatlariga etib borish mumkin. Aeroportda VIP - va CIP - maydonlari, kutish maydonlari, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, aviakassalar, pochta xizmati xonasi, xalqaro va shaharlaro telefon xizmati, barlar, restoran, valyuta ayirboshlash shohobchasi bor, yangi "Duty-free" do`koni ochilishi ustida ish olib borilmoqda. 2004 yilda Samarqand aeroporti MDh mamlakatlaridagi yiliga 100 mingtagacha yo`lovchiga xizmat ko`rsatuvchi aeroportlari orasidagi "Yilning eng yaxshi aeroporti" konkursida qolib bo`lgan.
Yangi Buxoro aeroporti 1997 yilda ishga tushirilib, xalqaro maqomga 1999 yilda erishgan, soatiga 150 yo`lovchiga xizmat ko`rsatadi. Unda keng ko`tish maydoni, bufetlar, dukonlar, medpunkt, yuklarni saqlash xonasi, milliy an`analarda bezatilgan VIP va CIP-maydonlari mavjud. Buxoro aeroportidan Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg shaharlariga, shuning MDh mamlakatlari va boshqa davlatlarga uchish mumkin.
Yangi Urganch aeroporti soatiga 300 yo`lovchiga xizmat ko`rsatadi. Unda kutish maydoni, tibbiyot punkti, barlar, kafe, valyuta ayirboshlash shohobchasi, suvenirlar do`koni mavjud, aeroportdan Toshkent, Moskva shaharlariga va dunyoning boshqa mamlakatlariga uchib borish mumkin.
O`zbekiston turizmining rivojlanishiga "O`zbekiston temir yo`llari" davlat hissadorlik temiryo`l kompaniyasi ham o`zining hissasini qo`shmoqda. Bu tashkilot 1994 yilning 7 noyabrida tashkil etilgan bo`lib, O`zbekiston hududi bo`ylab 4000 kilometrga yaqin uzunlikdagi temir yo`llarga ega. Tashkilot tomonidan Toshkent-Samarqand orasida shinam tezyurar poezd qatnashining tashkil etilishi turistlar uchun katta qulayliklar yaratib berdi. Tashkilot tomonidan Samarqanddan Surxondaryo viloyatigà o`tuvchi temir yo`l tizimi takomillashtirilmoqdaki, bu ham O`zbekiston turizmining rivojlanishiga o`z hissasini qo`shishi shubhasizdir. SHuningdek, mustaqil O`zbekiston asosiy tarmoqi bo`lib hisoblangan xalqaro Traseka loyihasi asosida Toshkentdan Farg’ona vodiysi orqali ho`shni mamlakatlarga chiqib ketuvchi temir yo`lning qurilishi ham O`zbekistonga keluvchi xalqaro turist-lik oqimini orttirishi mumkin.
Toshkentdan Toshkent-Samarqand, Toshkent-Moskva, Toshkent-qo`nhirot, Toshkent-SHovot, Toshkent-Saratov, Toshkent-Termiz, Toshkent-Ufa, Toshkent-harkov, Toshkent-Andijon, Toshkent-Buxoro, Toshkent-Kitob yo`nalishlarida qatnovchi poezdlar jo`natiladi va qabul qilinadi, shuningdek, O`zbekiston hududida Andijon - Buxoro, qo`ng’irot - Beynov, Dushanbe-Astraxan, Ko`lob -Astraxan, Leninobod-Saratov, Dushanbe - Konibodom, Konibodom-qo`rgontepa poezdlari ham harakatlanadi.
Ayni paytda yurtimizda transport kommunikatsiya tizimini rivojlantirish masalasiga respublikamizni jadal tarraqiy toptirishning asosiy sharti va mezoni sifatida katta ahamiyat berilmoqda.
So`nggi yillarda barpo etilgan, umumiy uzunligi 633 kilometrni tashkil qiladigan Navoiy - Nukus, 233 kilometrlik Toshguzar - Boysun - qumqo`rg’on temir yo`l magistrallari, qamchiq dovoni orqali o`tadigan tezkor avtomobil yo`lining bu boradagi o`rni va ahamiyati qanchalik beg’iyos ekanini hammamiz yaxshè anglaymiz. Bu yo`llar mamlakatimizning barcha hududlarini yagona transport tarmog’iga ishonchli tarzdà birlashtirib, mintaqamizda mavjud bo`lgan boy mineral - xom-ashyo va tabiiy resurslarni o`zlashtiriø uchun keng imkoniyatlar yaratdi va turizm infratuzilmasini rivojlantirishda muhim omil bo`lib xizmat hiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |