TURIZM INFRATUZILMASIDAGI MEHMONXONALAR TASNIFI
Mehmonxona xizmatlarining sifatini boshqarish masalalarini hal qilishda mehmonxona korxonalarini shinamlik darajasiga qarab tasniflash katta rol o’ynaydi. Shinamlik darajasi - kompleks mezon bo’lib, u quyidagilardan tarkib topadi:
nomerlar fondining holati: nomerlar maydoni (m2), bir o’rinli (bir xonali), ko’p xonali nomerlar, apartament nomerlarning ulushi, kommunal qulayliklarning mavjudligi va hokazo;
mebel, inventar, sanitariya-gigiena ashyolari va h.k.ning holati;
ovqatlanish korxonalari: restoranlar, qahvaxonalar, barlar va h.k.ning mavjudligi va holati;
binoning, unga keladigan yo’llarning holati, mehmonxonaga yondosh hududning obodonlashtirilganligi;
axborot bilan ta’minlash va texnik jihozlash, shu jumladan telefon, yo’ldosh aloqasi, televizorlar, muzlatkichlar, mini-barlar, mini-seyflar va h.k.ning mavjudligi;
ayrim qo’shimcha bepul va pullik xizmatlar ko’rsatish imkoniyatining mavjudligi.
Sanab o’tilgan mezonlar hozirgi kunda dunyoda mavjud bo’lgan barcha mehmonxonalarni tasniflash tizimlarida qo’llaniladi. Bundan tashqari, xodimlarga va ularning tayyorgarligi: ma’lumoti, malakasi, yoshi, soғligi, chet tillarni bilishi, tashqi ko’rinishiga ham bir qancha talablar qo’yiladi.
Hozirda jahonda ma’lum 30 dan ortiq, tasniflash tizimlari zamirida shinamlik darajasi yotadi. Ular orasida quyidagi tasniflash tizimlari ayniqsa keng tarqalgan:
Evropa tasniflash tizimi yoki «yulduzlar» tizimi» Franstiya milliy tasniflash tizimi asosida tuzilgan. Uning zamirida mehmonxonalarni 1 dan 5 yulduzgacha bo’lgan toifalarga ajratish yotadi, Bunday tizim Franstiya, Avstraliya, Vengriya, Misr, Rossiyada, O’zbekistonda va boshqa bir qancha mamlakatlarda qo’llanadi;
harflar tizimi (A, V, S, D). Grestiyada qo’llanadi;
«tojlar» tizimi. Buyuk Britaniyada amal qiladi;
hind tizimi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda mehmonxonalarni tasniflashning hind tizimi ayniqsa keng tarqalgan. Bu tizim ham mehmonxonalarni besh toifaga: «bir yulduzli», «ikki yulduzli», «uch yulduzli», «to’rt yulduzli», «besh yulduzli» toifalarga ajratishni nazarda tutadi. Bu toifalarni maxsus komissiya ballar bo’yicha baholash asosida belgilaydi. Ma’lum toifa mehmonxonalariga tizim tomonidan qo’yilgan talablar ballarda baholanadi. Bunda har bir band bo’yicha mumkin bo’lgan maksimal baho belgilanadi. Komissiya o’z ixtiyoriga ko’ra tasniflash talablarida nazarda tutilmagan har qanday qo’shimcha xizmatlar uchun 15 ballgacha baho qo’yishi mumkin. Muayyan toifani olish uchun mehmonxona ayni toifa uchun belgilangan ballarning minimal miqdorini to’plashi lozim. Bunda har bir band bo’yicha to’plangan ballar miqdori maksimal bahoning 50% dan kam bo’lmasligi kerak. Ammo oxirgi shart alohida hollarda komissiya tomonidan bir yoki ikki band uchun majburiy emas deb topilishi mumkin, basharti mehmonxona bungacha ballarning zarur minimal miqdorini to’plagan bo’lsa. Mehmonxonalarni tasniflashning hind tizimi umumiy ovqatlanish korxonasini «restoran» toifasiga kiritish uchun zarur talablarning alohida ro’yxatini o’z ichiga oladi. Bu toifaga mansub deb topishlari uchun umumiy ovqatlanish korxonasi ham ballarning minimal miqdorini hamda har bir band bo’yicha ballar maksimal miqdorining kamida 50% ni to’plashi lozim.
Butun dunyo turistik tashkiloti ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan joylashish vositalari standart klassifikatori bo’yicha, barcha joylashish vositalari kollektiv (jamoaviy) va individual qismlarga bo’linadi.
Jamoaviy joylashish vositalari mehmonxona tipidagi va maxsuslashtirilgan korxonalarga bo’linadi.
Jamoaviy (kollektiv) joylashish vositasi bo’lgan mehmonxona tipidagilarga: mehmonxonalar; motellar; yashash mumkin bo’lgan klublar; pansionatlar; mebellashtirilgan xonalar; yotoqxonalar kiradi.
Maxsuslashtirilgan joylashish vositalariga: sanatoriyalar, profilaktoriyalar, dam olish uylari, turistik qo’noqlar va to’xtash joyi, turistik sport bazalari, dam olish bazalari, ovchilar (baliqchilar) uylari, kongress markazlari, kempinglar, botellar, flotellar, rotellar kiradi.
Individual joylashish vositasiga ijaraga beriladigan kvartiralar, kvartiralardagi xonalar, uylar, kottedjlar va boshqalar kiradi.
1-jadval da yuqorida keltirilgan joylashish vositalarining klassifikator sxemasi keltirilgan.
Ushbu sxemadan ko’rinib turibdiki, mehmonxona korxonalari joylashish vositasining asosiy turi hisoblanadi va ular turistik kompleks xizmat ko’rsatishda o’zining turliligi bilan har xil tipda bo’ladi.
Mehmonxonalarning umumiy klassifikastiyasi 1-rasmda keltirilgan. Mehmonxonalarning tipi bo’yicha tavsiflanishi X.I.Axmedov, A.A.Allaberganov tomonidan tuzilgan jadvalda, o’zgartirilgan holda keltirildi.
“Lyuks” oteli – yuqori darajali mebellar bilan, yaxshi jihozlangan jamoaviy xonalar va nomerlar soniga nisbatan xizmatchilar sonining ko’pligi bilan tavsiflanadi.
“Lyuks” otellarida nomerlar soni ham ularning darajasini belgilaydi. Ularning atalishida ham, ichki jihozlanishi, tuzilishi va xizmat ko’rsatish turlarining bo’lishligidan kelib chiqadi.
O’rtacha darajada otel bo’lsa, uning keng tabaqali iste’molchilarga mo’ljallangan bo’lib, yashashning o’rtacha narx belgilangan bo’ladi. Xuddi shuningdek, iqtisodchilar sinfi uchun otel, ya’ni nomerlar soni kamroq (10 dan 150 gacha) bo’lib, ishbilarmonlarning samarali ishlashlari, yaxshi xordiq
Do'stlaringiz bilan baham: |