Turistik tashkilotlar va ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari


Dehqon va buyum bozorlarida daromadlar hisobi



Download 2,23 Mb.
bet49/56
Sana20.02.2023
Hajmi2,23 Mb.
#913048
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56
Bog'liq
XKBH Yakiniy nazorat javoblari

Dehqon va buyum bozorlarida daromadlar hisobi.

Bozorlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining muhim ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib daromadlar hisoblanadi. Yuqorida nomlari zikr etilgan me’yoriy hujjatlarga asosan bozorlar daromadlarining tasnifi va tarkibini quyidagicha ifodalash mumkin ( 1-chizmaga qarang).



БОЗОРЛАР ДАРОМАДЛАРИ



Асосий бўлмаган фаолиятдан олинган даромадлар


Асосий фаолиятдан олинган даромадлар







Асосий фаолиятдан олинган бошқа даромадлар

Кўрсатилган хизматлардан даромадлар

Молиявий фаолиятдан олинган даромадлар

Фавқулот-даги даромадлар



КЎРСАТИЛГАН ХИЗМАТЛАРДАН ОЛИНГАН ДАРОМАДЛАР






Патта тўловлари

Ижара
тўловлари

Кўрсатилган турли бошқа хизматлар ҳақи





  • Омборларда сақлаш;

  • Тунги қоравуллик;

  • Ётоқхона хизмати;

  • Арава ташиш ҳақи;

  • Автомобилларни тўхтаб

туриши учун ҳақ;

  • Радиоузелдаги эълон ҳақи;

  • Маълумотнома бериш ҳақи;

  • Баня хизмати;

  • Санузел хизмати;

  • Инвентарлардан

фойдаланиш ҳақи;

  • Бошқалар




1 ўлчов бирлиги учун белгиланган тўлов

1 жой учун белгиланган тўлов

Bozorlarning asosiy faoliyatidan olingan daromadlari patta haqlari, ijara to‘lovlari va xizmat xaqlarining mahalliy hokimiyat organi tomonidan belgilangan me’yorlar bo‘yicha to‘plangan hamda hisoblangan tushumlardan tashkil topadi. Ushbu me’yorlar, jumladan, Samarqand viloyati dehqon, buyum va ixtisoslashgan bozorlar uchun quyidagi miqdorlarda belgilangan:


Bozorlarning asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlari va asosiy bo‘lmagan faoliyatdan olingan daromadlarining tarkibi boshqa yuridik shaxslardagi kabi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»da keltirilgan tartibga mos ravishda belgilanadi. Ularga chunonchi bozorlarning uzoq muddatli aktivlarini sotishdan olingan foyda, voz kechilgan kreditorlik qarzlari, inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, olingan dividendlar va foizlar, favqulotdagi foyda va boshqalar kiradi.
Bozorlar daromadlarini boshqa belgilari bo‘yicha ham tasniflash mumkin. Chunonchi, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish shakliga ko‘ra olingan daromadlar naqd pul va naqd pulsiz ko‘rinishidagi daromadlarga bo‘linadi. Kunlik patta yig‘imlari, aksariyat xizmat turlari bo‘yicha olingan daromadlar, odatda, naqd pullik daromadlar hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik korxonalariga (fermer xo‘jaliklariga, shirkatlarga va boshqalarga), savdo firmalariga, sanoat korxonalariga, bank shahobchalariga, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga joylarni, bino va inshoatlarni shartnomalar asosida ijaraga berishdan kelib tushadigan tushumlar naqd pulsiz daromadlarga kiradi.
Soliqqa tortilishiga ko‘ra bozorlarning daromadlari yagona to‘lovga tortiladigan hamda umumbelgilangan tartibda soliqqa tortiladigan daromadlarga bo‘linadi. Chunonchi, bozorlarning davlat hokimiyati tomonidan belgilangan me’yorlarda sotuvchilarga va xaridorlarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun undiradigan yig‘imlarining 50 foizi byudjetga to‘lanadi, qolgan 50 foizi esa ularning ixtiyorida qoladi. Bozorlarning mahsulot yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan to‘g‘ridan, to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha iste’mol tovarlari xarid qilish, tayyorlash va sotishni tashkil etish bo‘yicha xo‘jalik faoliyatidan olgan daromadlariga umumiy belgilangan tartibda soliq solinadi.
Bozorlar daromadlari turlariga ko‘ra turli hujjatlar bilan tasdiqlanadi. Naqd pul ko‘rinishidagi daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib nazorat kassa apparati (NKA)da urilgan cheklar, kirim kassa orderlari hisoblanadi. Naqd pulsiz ko‘rinishdagi daromadlar tuzilgan shartnomalar, schyot-fakturalar, bank ko‘chirmalari va ularga ilova qilingan elektron to‘lov topshiriqnomalari nusxalari bilan tasdiqlanadi.
Naqd pul ko‘rinishidagi daromadlarni tashkil qiluvchi tushumlarni yig‘ish alohida nazoratchilar zimmasiga yuklanadi. Buning uchun nazoratchilarga NKAda oldindan urilgan cheklar nakladnoylar asosida tarqatiladi. Ish kuni yakunida (davomida) nazoratchilar sotuvchilardan undirilgan summalarni bozor kassasiga olib kelib topshiradilar. Kassaga kirim qilingan pulga kirim kassa orderi tuziladi. Unda nazoratchining ismi-sharifi, uchastkasi, olingan pulning miqdori ko‘rsatiladi. Kirim kassa orderining kvitansiyasi nazoratchiga beriladi. 500 tagacha o‘rin (joy)ga ega bo‘lgan bozorlar (ularning filiallari)da patta to‘lovi sotuvchilarga tuman (shahar) DSIda ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilangan namunadagi chek daftarchalari (qat’iy hisobda turadigan kvitansiyalar) berilgan holda NKA qo‘llanmagan holda undiriladi. Bunday cheklar (kvitansiyalar) nazoratchilarga naklodnoylar asosida tarqatiladi. Naklodnoylarda ularga tarqatilgan cheklarning soni, seriya nomerlari ko‘rsatiladi. Har bir chek ikki qismdan iborat bo‘ladi. Uning chap qismi kvitansiya, o‘ng qismi esa chek hisoblanadi. Chek patta puli undirilganda sotuvchiga beriladi. Kvitansiya esa chek daftarida qoladi.Kvitansiyalar asosida nazoratchi yig‘ilgan patta pullarini kassaga topshiradi. Kirim kassa orderida nazoratchiga berilgan cheklarning tartib raqamlari ham ko‘rsatiladi.
Savdo joylarini ijaraga shartnoma asosida olgan sotuvchilar ijara haqini naqd va naqd pulsiz to‘lashlari mumkin. Naqd topshirilgan pullar kassaga kirim kassa orderi bilan kirim qilinadi, ularning kvitansiyalari ijarachilarga beriladi. Naqd pulsiz to‘lanadigan ijara haqi summasini ijarachi har oyda oyning 15-sanasiga bozorning hisob-kitob schyotiga o‘tkazib berishi shart. Mol-mulk to‘liq bo‘lmagan oyga ijaraga olinganda ijara haqi miqdori ijara haqi oylik miqdorini amalda ijaraga olingan kunlar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Tarozilarni, xalat, tachka va boshqa shu kabi mehnat vositalari hamda buyumlarni foydalanishga berish (ijaraga berish) uchun foydalanuvchilardan ijara haqidan tashqari garov puli ham olinadi. Ish yakunida ushbu jihozlar qaytarilgach, garov puli qaytariladi.
Mehmonxona majmualari, tualet, buyumlarni saqlash xonalari ijaraga beriladi va mos ravishda ulardan har kuni ijara haqi undiriladi.
Bozorlar daromadlarining hisobi 21-son BHMSga muvofiq quyidagi schyotlarda yuritilishi lozim:

  • 9030 «Ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar»;

  • 9300 «Boshqa operatsion daromadlar»

  • 9500 «Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar».




  1. Download 2,23 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish