Xarajat moddalari
|
Xarajat turlari
|
1
|
Moddiy xarajatlar
|
1.Savdo rastalarini ta’mirlash va saqlashga
ketgan material xarajatlari
2.Xo‘jalik inventarlari (supurgi, taz, urno, satil, xalat, bolta, pichoq , tarozi va boshqalar)
|
2
|
Ish haqi xarajatlari
|
Farroshlar, nazoratchilar, tarozibonlar, qoravullarga hisoblangan ish haqi
|
3
|
Ijtimoiy sug‘urta
|
Farroshlar, nazoratchilar, tarozibonlar, qoravullarga hisoblangan ish haqidan ajratma (24 %)
|
4
|
Amortizatsiya
|
Savdo rastalari va joylari, texnika va bevosita xizmat ko‘rsatishga tegishli boshqa asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya summasi
|
5
|
Boshqa xarajatlar
|
Suv, elektr quvvati, gaz, svalka va boshqa xizmatlar uchun to‘langan to‘lovlar
|
Xizmatlar tannarxini tashkil qiluvchi ushbu xarajatlar hisobot davrida tegishli guvohlik beruvchi hujjatlar asosida 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotining debetida va mos ravishdagi 1010, 1050, 1080, 1090, 6710, 6520, 0200, 6010, 6990 schyotlarning kreditida aks ettirilishi lozim. Oy tugagach, 2010 schyotning debetida to‘plangan summa (xizmatlar tannarxi) 9130 «Ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi» schyotiga o‘tkazilishi kerak.
Bozorlarning davr xarajatlari Nizomda keltirilgan tartibda ko‘ra 9410 «Sotish xarajatlari», 9420 «Ma’muriy xarajatlar» va 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar»da tegishli moddalar bo‘yicha hisobga olinishi lozim.
Bozorlarning sotish xarajatlariga ularning xususiyatlaridan kelib chiqib, mos ravishda o‘z xizmatlarini reklama qilish xarajatlari (narxlar doskasi, e’lonlar, xabarlar, radiouzel xodimlari ish haqi, ijtimoiy ajratma summasi, reklama qurilmalari va vositalari amortizatsiyasi, ta’mirlash va shu kabilar)dan tashkil topadi. Bu xarajatlar Debet_9410_Kredit'>Debet 9410 Kredit 1090, 6710, 6520, 0200, 6010, 6990 yozuvlari bilan aks ettiriladi
Bozorlarning ma’muriy xarajatlari ularning direksiyasini saqlashga doir barcha xarajatlardan tashkil topadi. Bu xarajatlar ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratma, aloqa, obuna, xizmat safarlari, xizmat avtomobillarini saqlash, asosiy amortizatsiyasi, bozorlar uyushmasiga ajratma va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Ular Debet 9420 Kredit 6710, 6520, 0200, 6900, 1080, 3100 va boshqa yozuvlar asosida hisobga olinadi.
Bozorlarning boshqa operatsion xarajatlariga bank xizmatlari, auditorlik xizmatlari uchun to‘lovlar, moddiy yordamlar, xayriyalar, mol-mulkni sotishdan ko‘rilgan zararlar, jarimalar, penya, yo‘l fondiga, pensiya fondiga va maktab ta’limini rivojlantirish fondiga ajratmalar, shuningdek boshqa operatsion xarajatlar kiradi. Ularning hisobi quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |