Qishloq xo’jaligida asosiy vositalarni hisobga olishning xususiyatlari
Asosiy fond - bu qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarish va qayta ishlash va xizmat ko‘rsatishda bir va undan ortiq yil davomida qismlarga bo‘lingan holda (amortizatsiya shaklida) foydalaniladigan mol-mulkining bir qismi bo‘lib, o‘z qiymatini mahsulot, ish va xizmatning tannarxiga aylantiradi. Qiymat (pul) shaklida asosiy mablag‘lar fond (jamg‘arma) nomida bo'ladi. Hozirgi paytda qishloq xo‘jaligida asosiy fondlar 10 ta guruhga bo‘linadi: - yer uchastkalari va tabiatdan foydalanish ob‘ektlari; - binolar; - inshootlar; - mashinalar va uskunalar; - transport vositalari; - ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari; - ishchi hayvonlar; - mahsuldor hayvonlar; - ko‘p yillik daraxtlar; - asosiy mablag‘laming boshqa turlari.
Asosiy vositalaming qishloq xo‘jaligidagi vazifasiga ko‘ra, asosiy fondlar ishlab chiqaruvchi va noishlab chiqaruvchiga bo‘linadilar. Ishlab chiqaruvchi asosiy vositalar - bu mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatishda bevosita ishtirok etuvchi mablag'lardir. Noishlab chiqarish fondlari mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatishda ishtirok etmaydi. Ular ijtimoiy xarakterga ega. Ularga qishloq xo'jaligida tegishli uy-joy kommunal xo'jaliklari, aholiga maisbiy xizmat ko'rsatish ob'ektlari, ijtimoiy ta‘minot, sog'liqni saqlash, jismoniy tarbiya, maorif kabilar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish mablag‘lari mahsulot ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko‘ra ikki qismga, faol va sustga bo'linadi. Faol qismiga mahsulot ishlab chiqarishda (mashinalar va uskunalar, transport vositalari, ishchi va mahsuldor chorva mollari) bevosita ishtirok etadigan mablag'lar, sust qismiga — binolar va inshootlar kiradi. Qishloq xo'jaligi korxonalarining asosiy ishlab chiqarish vositalari faol va sustdan tashqari yana ikkita guruhga: asosiy faoliyat turining asosiy ishlab chiqarish vositalari (qishloq xo'jalikka mo'ljallangan) va boshqa tarmoqlaming asosiy ishlab chiqarish mablag'lari (qishloq xo'jalikka zid bo'lmagan). Asosiy faoliyat turining asosiy ishlab chiqarish vositalariga quyidagilar kiradi: - yer uchastkalari va tabiatdan foydalanish ob'ektlari (korxona mulkida bo'lgan va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarilishida foydalaniladigan); - binolar, inshootlar va uzatish qurilmalari (silos chuqurlari, telefon va suv taqsimlash tarmoqlari); - mashinalar va uskunalar shu jumladan: traktorlar, elektrodvigatellar, mexanik dvigatellar, ishchi mashinalar va uskunalar (hamma turdagi kombaynlar, pluglar, seyalkalar, boronalar, kultivatorlar va boshqalar); - laboratoriya va o'lchov uskunalari, hisoblash texnikasi; - transport vositalari (hamma turdagi avtomobillar, avtotirkamalar, traktor tirkamalari, yuk transportlari); - ishlab chiqarish va xo'jalik inventarlari (idora jihozlari, mehnatni muhofaza qilish vositalari, yong'inga qarshi inventarlar va boshqalar); - ishchi hayvonlar (otlar, ho'kizlar); - mahsuldor mollar (mahsuldor chorva mollarining asosiy podasi); - ko‘p yillik daraxtlar (mevali va boshqa daraxt ko'chatlari); - asosiy vositalaming boshqa turlari (yemi yaxshilash bo‘yicha kapital xarajatlar). Faoliyat asosiy turining asosiy ishlab chiqarish vositalari qishloq xo'jalik ishlab chiqarish tarmoqlari foydalanilishi bo'yicha quyidagilarga bo'linadi: 0‘simlikchilik, chorvachilik, umumiy foydalanish bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish vositalari (8.1-rasm). Asosiy ishlab chiqarish vositalarining ikkinchi guruhi - boshqa tarmoqlar asosiy ishlab chiqarish vositalari sanoat-ishlab chiqarishning asosiy vositalari, qurilish savdo va umumiy ovqatlanish. Sanoat ishlab chiqarishning asosiy vositalari mashina-traktor ustaxonalari yordamchi ishlab chiqarishning ob'ektlari va jihozlari, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo'yicha ishlab chiqarish quwatini qamrab oladi. Asosiy vositalaming hisobi natural va qiymat o'lchov birligida amalga oshiriladi. Vositalami qiymat birligida baholashning asosiy ko'rinishi boshlang'ich tiklanishga doir va qoldiq qiymatida bo'ladi. Shuningdek, balans qiymati va tugatish qiymat tushunchalari ham mavjud. Asosiy vositalaming boshlang'ich qiymati-bu xarid qilish, yetkazib berish mashina va uskunalaming montajiga binolar va inshootlar qurilishiga va ulami ekspluatatsiyaga kiritishga hamda boshqalarga qilingan haqiqiy sarf xarajatlaming hisob-kitobidir. Agar asosiy vositalaming boshlang'ich qiymati butun xizmati davomida o'zgarmasa, ular korxona balansida ana shu qiymat bilan hisobga olinadilar. Yillik amortizatsiya chegirmalari ham boshlang'ich qiymat bo'yicha bajariladi. Inflyatsiya va boshqa sabablarga ko'ra asosiy vositalaming qiymati ba'zida ob'ektlaming haqiqiy bahosini aks ettira olmay qoladi. Mahsulotning aniq qiymati va amortizatsiyasini aniqlashda qiyinchiliklar kelib chiqadi. Asosiy vositalaming yangi bahosi asosiy vositalaming tiklanishga doir qiymati degan nom oladi. Asosiy vositalar qayta baholangandan keyin korxona balansida ana shu tiklanishga doir bahosi bilan hisobga olinadi. Yangidan sotib olingan asosiy vositalar - ushbu bosqichda bozorda shakllangan boshlang'ich qiymat bo'yicha hisobga olinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |