1-bo‘lim. Sayohat yo‘lining kunlar bo‘yicha tavsifi.
2-bo‘lim. Tur sharoitlari tavsifnomasi.
Bu bo`limda har bir to`xtash joy sharoitlari, bolali ota-onalar joylashuvi, transport vositalarining tavsifi va qo`shimcha to`lovga harid qilinadigan xizmat ro`yxati.
3-bo‘lim. Boradigan mamlakatlar to‘g‘risida ma’lumotlar.
Bu bo`limda mamlakatga kirish va chiqish xususiyatlari, vizalar, sanitariya qoidalari, boj qoidalari, har bir mamlakatning urf-odatlari, do`konlar, bo`sh vaqtni o`tkazish imkoniyatlari, valyuta ayirboshlash, aloqa, telefon, yodgorliklar va boshqa zaruriy ma‘lumotlar joylashgan bo`ladi.
4-bo‘lim. Xavfsizlikni ta’minlash qoidalari.
Bu bo`limda turfirmalar ro`yxati, boradigan mamlakatlardagi ijtimoiy tartib holati, o`zini tutish odobi, sanitariya-gigiyena qoidalari, sug`urtalashdan foydalanish tartibi, iqlim va shaylanish tavsiyalari, narsa, pul va moddiy boyliklarni qayerda va qanday saqlash tartibi, oshxona va ichimliklar to`g`risida ma‘lumotlar beriladi.
6-bo‘lim. Ijara xizmatlari.
7-bo‘lim. Valyuta ayirboshlash.
8-bo‘lim. Telefon, aloqa xizmatlari.
9-bo‘lim. Maishiy harajatlar xizmatlari
10-bo‘lim. Cho`milish joyidan foydalanish huquqi kiradi.
Bunday bo`linish shartli bo`ladi, chunki iste‘mol xususiyatlari nuqtai nazaridan ular o`rtasida muhim farqlar bo`lmaydi.
Nomoddiy xizmatlardan tashqari, mijozga maxsus tovarlar yoki moddiy tovarlar, masalan, shaharlar rejalari, metro haritalari, esdaliklar, turistik asbob-anjomlari va h.k. taklif etilishi mumkin. Asosiy va qo`shimcha xizmatlar majmuyi bu turistga sayohatning maqsadiga binoan taklif etiladigan turistik tur. Turistga sotish uchun mo`ljallangan turga bo`lgan mulkiy huquq, turmahsulot, deb ataladi.
Har qanday tovarni, Shu jumladan, turmahsulotni sotish jarayonida sotish uslubi muhim o`rin tutadi. Sotish uslubi deganda, turmahsulotni iste‘molchilarga bevosita sotish jarayoni bilan bog`liq barcha asosiy operatsiyalarni amalga oshirish uslublar yig`indisi tushuniladi. Sotish uslubining tanlanishi mijozlarga xizmat ko`rsatish texnologik jarayoni darajasi va tarkibini oldindan belgilab beradi, turfirma xodimlari soniga, maydonlar o`lchamlariga, kommunikatsiya vositalari va axborot texnologiya bilan ta‘minlanish darajasiga, sarf-harajatlar miqdoriga va boshqa ko`rsatkichlarga jiddiy ta‘sir etadi.
Sotish uslublarni xilma-xil belgilar asosida ajratish mumkin:
1. Sotuvchi va haridor uchrashadigan joyi — turfirma ofisi, ko`rgazmalar, yarmarkalar.
2. Muloqot tavsifi — shaxsiy, bilvosita shaxsiy muloqot ofis yoki taxminiy haridorlar bo`lgan joylarida telefon orqali, radio va teleko`rsatuvlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Bilvosita muloqot xilma-xil ko`rinishlarda, masalan, pochta orqali salohiyatli mijozlarga yuboriladigan xatlar, reklama xabarnomalari yordamida amalga oshirilishi mumkin.
3. Internet orqali elektron sotishlar uslubi. Bu usulning afzalliklari ko`p:
-axborot berishning cheklanmagan hajmi,
-turistlarni ommaviy shaklda o`ziga tobe etish,
-kechayu kunduz kirish huquqiga ega bo`lish,
-joriy yangilanish imkoniyati,
-interaktiv tartib, ya‘ni iste‘molchi taklif etadigan xizmatlar ro`yxatini o`zi ko`rib chiqib, darhol turfirmaga elektron xat orqali buyurtma yuborish mumkinligi.
Mijozlarga xizmat ko`rsatish muhim unsuri munosabatlarni hujjat orqali rasmiylashtirish bo`ladi.
1998 yil 28 sentyabr—2 oktyabrda Jahon turistik tashkiloti tomonidan Olma-Ota shahrida «Ipak yo`li» bo`yicha turoperatorlarning seminarlari o`tkazildi. Uni Amerika, Osiyo va Yevropa turistik agentlarining vakilliklari ishtirok etdi. Bu tartibda mehmonxona xo`jaligida so`nggi yutuqlari, transport ta‘minotini takomillashtirish, tur mahsulotning marketing va reklama qilish faoliyati kelajakda tur mahsulotning ishlab chiqarish kabi masalalar ko`rildi.
Mazkur loyiha Jahon turistik tashkiloti «Ipak yo`li» bo`yicha uchinchi xalqaro yig`ilishida davom etdi. U 1998 yil 2—5 noyabr kunlari bo`lib o`tdi. Bu yerda turistlar qiziqishni kuchaytirish, infrastrukturani takomillashtirish uchun qanday usullar zarur, qaysi konsepsiyalar bo`yicha turistik rasmiyatchiliklarni soddalashtirish kabi muammolar ko`rib chiqildi.
Turistik mahsulotning harid jarayoni. Turistik mahsulotni realizatsiya qilish shartnoma yo`li bilan amalga oshiriladi. Shartnoma yozma shaklda tuziladi va O`zbekiston Respublikasi qonunlariga, haridor huquqlarini himoya qilish qonunlariga bo`ysunish kerak. Turmahsulot shartnomalariga quyidagilar kiradi:
Turoperator yoki turagentning turistik faoliyatini amalga oshirish to`g`risida litsenziya, uning yuridik manzili va bank rekvizitlari to`g`risida axborotlar.
Turistik mahsulotni realizatsiya qilish uchun zarur bo`lgan turistik hajmi haqida ma‘lumot, turoperator va uning turistik faoliyatini amalga oshirish to`g`risidagi litsenziya, uning yuridik manzili va bank rekvizitlari to`g`risida ma‘lumot.
Turistik mahsulotning haridorgir xususiyatlari to`g`risida aniq axborot, bunga yana yashash dasturi va marshruti haqida axborot, turistlarning xavfsizligi turistik mahsulotning sertifikatsiyasi natijalari to`g`risida axborot ham kiradi.
Sayohat boshlanishi va tugashi, davomiyligi, vaqti va kuni.
Turistlarni kuzatib yurish va uchraShuvlar tartibi.
Tomonlar huquqlari, majburiyatlari va mas‘uliyatlari.
Turistik mahsulotning chakana narxi va to`lov shartlari.
Guruhda turistlar sonini minimal miqdori, guruh to`lmaganligi sababi, sayohat qoldirilganligi haqida turistni ogohlantirish muddati.
Shartnomani buzish shartlari, bundan kelib chiqqan kelishmovchiliklarni bartaraf etish va tomonlar sarf-harajatlarini qoplash tartibi.
Turist tomonidan noroziliklarni bildirish muddati va tartibi.
Shartnomaning boshqa shartlari tomonlarning bitimi asosida aniqlanadi.
Turist turoperatordan yoki turagentdan sayohat davomida, kim tomonidan berilishidan qat‘iy nazar, turga kiradigan barcha xizmatlarni talab etish huquqiga egadir.
Tomonlarning har biri shartnomani o`zgartirishni yokt buzishni talab etish huquqiga ega, agar holatlar ahamiyatli tarzda o`zgaradigan bo`lsa.
Holatlarning ahamiyatli o`zgarishiga quyidagilar kiradi:
Sayohat sharoitlarini yomonlaShuvi yoki sayohat muddatini o`zgarishi.
Shartnomada ko`rsatilgan guruhda minimal turistlar miqdoridan kam turistlar bo`lsa.
Transport tariflarining kutilmagan o`sishi.
Amaldagi soliqlar va yig`imlarning o`sishi va ularga yangiliklarni kiritish.
Milliy valyuta kurslarini keskin o`zgaruvi.
Turoperator yoki turagent shartnomada ko`rsatilgan majburiyatlarni bajarmaganlari uchun mas‘uliyat his etmaydi, agar bu majburiyatlarni bajarishga katta kuchlar to`sqinlik qilganliklarini isbotlay olsa.
Shartnoma buzilganda sarf-harajatlarni qoplash tomonlarning qilgan sarf-harajatlariga ko`ra amalga oshiriladi. Shu bilan birga harajatlarni qoplash uchun belgilangan pul miqdori turistik mahsulotning ikki barobar qiymatidan oshmasligi kerak. Turist tomonidan turistik mahsulotga nisbatan turoperatorga yoki turagentga 20 kun davomida yozma ravishda bildiriladi, ya‘ni shartnoma to`xtalish muddati aniqlanadi.
Sayohatning aniq shartlari, turmahsulotning chakana narxi turistga turoperator tomonidan beriladigan yo`llanmada ko`rsatiladi. Turyo`llanmada turoperator yoki turagentning turmahsulotni sotishlari uchun oferta aksenti hisoblanadi, bundan tashqari, shartnomaning ajralmas qismi va turoperator yoki turagentning dastlabki hisob hujjatidir.
Sayohatni tashkil etish uchun qo`shimcha talablar O`zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilanadi.
Turmahsulotni sotish jarayonida turoperator va turagnt kabi turistik korxonalar ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |