3. Turizmda narx belgilash usullari
N arx belgilash sohasida ma‘lum siyosatni o`tkazayotganda, turistik firma sotish hajmga hamda oladigan foydaning miqdoriga faol ta‘sir etadi. Odatda, turfirma yaqin orada yuqori foyda olaman, deb turmahsulotni narxi ortig`i bo`lgan darajada sotmaydi, chunki egiluvchan narx siyosatini o`tkazishga harakat qiladi.
Narx belgilash siyosatiga ta‘sir etuvchi turistik tashkiloti quyidagi imkoniy maqsadlarga ega bo`ladi: o`z faoliyatini saqlab qolish, eng yuqori foyda olish, bozorning eng katta ulushiga ega bo`lish, turmahsulot sifati sohasida ustunlik qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |