Turistik mahsulot narxining tarkibiy tuzilishi


Imkoniy narxni belgilovchi holatlar



Download 1,15 Mb.
bet8/16
Sana23.01.2022
Hajmi1,15 Mb.
#404295
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
narx siyosati

4. Imkoniy narxni belgilovchi holatlar

Narxni asosini aniqlashda ishlab chiqarish harajatlari, haridorlarning fikri, raqiblarning narxlari hisobga olinadi. Narxni belgilash eng oddiy usuli bu sarf-harajatlar asosida turmahsulot tannarxiga mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste‘molchiga yetkazish yo`lida harajatlar, soliqlar va foyda me‘yorini tavsiflaydigan ma‘lum ustamalarni qo`shish yo`li bilan aniqlash.

Umuman narxni belgilovchi to`rt asosiy omilni ajratish mumkin:

1. Harajatlar tarkibi (narx firma harajatlaridan ustun bo`lishi kerak);

2. Narxlar raqibligi;

3. Haridorlar Shu narxda sotib olishga tayyor bo`lgani (talab egiluvchanligi);

4. Turistik tashkilotlarning maqsadlari:

foydani maksimallashtirish;

sarmoyalar uchun mablag`lar qaytib kelishini saqlash;

yashab qolish (turizm industriyasining mavsumiy tafsiloti va raqobatning yuqori darajasi);

sotish hajmini ko`paytirish.
Talabning narx egiluvchanligi turizda narxning shakllanishida katta ahamiyatga ega. Agar narx o`sishi talabning nisbatan sust pasayishiga olib kelsa, bu holda talab noegiluvchan bo`ladi, agarda narxning xuddi Shunday o`sishi ro`y bersa, bunda talab pasayadi, natijada egiluvchan talab o`rnatiladi. Agar narx pasayishi sotishlarning ko`payishiga olib kelsa va harajatlarni qoplasa, bu talab egiluvchan bo`ladi, aksincha, talab egiluvchan bo`lmaydi.

Narx egiluvchanligi darajasi sayohatning dalillari va maqsadlariga bog`liq. Ish bilan bog`liq sayohatlar narxning o`zgarishiga rioya qilmaydi, shaxsiy maqsadda amalga oshirilayotgan sayohatlar narx o`zgarishiga bog`liq. Talabning narx egiluvchanligiga bog`liq bo`lgani tufayli turizm marketingda narxlar asosiy vositalar bo`lib hisoblanadi. Bu quyidagi sabablarga asoslanadi:

1. Narx o`zgarishi sotish hajmiga kuchli ta‘sir o`tkazadi. Odatda, nisbatan past bo`lgan narx turistlarni o`ziga jalb qiladi, ammo odatdagidan yuqori narx ham xuddi Shunday samara berishi mumkin. Iste‘molchilar yanada qimmat bo`lgan xizmatlarni juda sifatli deb qabul qiladi, ayniqsa ularni tekshirish imkoniyati bo`lmagan holatda.

2. Narx o`zgarishi, boshqa marketing tadbirlarga nisbatan, eng tez samara beradi.

3. Salohiyatli turistlar taklif etilgan xizmatlar o`zgarishina nisbatan narx o`zgarishiga tezroq javob beradi.

4. Yangi mijozlarni jalb qilish maqsadida ro`y bergan narz o`zgarishi samara berishi iuchun u faqat savdo vositachilar va salohiyatli mijozlarga qaratilgan tadbirlar bilan birgalikda amalga oshirilishi kerak.

Narxni belgilash uchun faqat narxni o`rnatish emas, balki to`lovlar usuli, ustamalar turlari, narx o`zgarishning siyosati (qancha tez va qanday holatlarda narxni o`zgartirish kerak), qo`shimcha xizmatlarga bo`lgan narxlarni aniqlashni hisobga olish kerak. Turizmda mavsumiy o`zgarishlar sezilarli bo`lgani tufayli talab va narx o`zgarishi ham mavsumga bog`liq bo`ladi.

Chet elga sayohat qilishda narx belgilanishi quyidagi asosiy omillarga bo`ysunadi:

1. Tur tannarxi va foyda darajasi.

2. Raqobat narxlar darajasi.

3. Bozorda talab va taklif nisbati.

Uch omildan birinchisini ko`rib chiqamiz. Bu ko`rsatkich turfirmani xorijiy tursayohatni tashkil qilishga bo`lgan barcha harajatlarni imkoni boricha to`laroq aks etishi kerak. Eng avvalo, bu turistlarga taklif etiladigan xizmatlarga bo`lgan narxlar baholovchilar va tariflar yig`indisi. Bu o`z faoliyatini tashkil qilish bilan bog`liq bo`lgan turfirmaning harajatlari. Bu ustama harajatlar maksimal darajada aniq hisobga olinishi kerak, chunki ular sotiladigan turlar narxlari bir qismi bilan qoplanishi zarur. Shunday bu harajatlar tarkibiga, odatda, quyidagilar kiradi: xodimlarning ish haqi, xonalar ijarasi, jihozlar amortizatsiyasi (kompyuterlar, printerlar, mebel va boshq.), xonalarni saqlash (yig`ishtirish, qo`riqlash, ta‘mirlash), kommunal xizmatlari, elektr quvvat ta‘minoti, aloqa, devonxona buyumlari. Reklama: marketing, xizmat safarlari, nufuzli taqdimotlari, ishlab chiqarish ta‘limi, ma‘muriy harajatlar (ruxsatnoma berish, sertifikatsiyalash va boshq.) albatta, hisobga olinishi kerak.



Qput= -Si,

bu yerda, Qput — putyovka (yo`llanma) qiymati; Si — harajatlarning i-nchi tarkibiy qismi; i — 1, 2, ... t — harajatlar kalkulyatsiyasi tarkibida sarflar tarkibiy qismlarning miqdori. Masalan, turistlar yashashi bo`yicha harajatlar, transport harajatlari, ekskursiya, konsert-tomosha tadbirlari harajatlari, ustama harajatlar, vizani rasmiylashtirish harajatlari, sug`urtalash harajatlari, soliqlar, turoperatori foydasi.

Imkoniy narxni belgilovchi holatlar Yangi tovar (xizmatlar)ga narx o`rnatishda ikki narx falsafasi amal qiladi: «sarasini olish» strategiyasi va bozorga mustahkam egallab olish strategiyasi.

«Sarasini olish» narx strategiyasi. Bunda firma o`z xizmatlariga yuqori narx o`rnatadi. Bu strategiya tovarga butun bozorning e‘tiborini emas, balki uning yuqori daromadga ega bo`lganlar segmentlarini tobe etishga qaratilgan. Bunday yondashuvdan foydalanish natijasi — yuqori foyda olish va xizmatni yaratish hamda bozorga uzatish bilan bog`liq harajatlarni qisqa vaqt ichida qoplash.

Bozorni mustahkam egallab olish strategiyasi. Bu kirib olish strategiyasi bo`lib, sotuvchi bunda o`z mahsulot (xizmati)ga imkon boricha past narx o`rnatadi va Shu orqali bozorga ko`pchilikni jalb qiladi. Past narxlar daromadi har xil bo`lgan iste‘molchilarni tovar (xizmat)ni sotib olishga undaydi, buning natijasida sotuvchilar qisqa vaqt ichida bozorning katta ulushiga ega bo`lishadi. Bu strategiyani qo`llashda dastlabki narx doimiy bo`lib qoladi. Strategiyadan foydalanish natijasi harajatlarni sekin qoplanishi va ularni qoplash uchun haridlarning yuqori darajasi bo`ladi.

Turfirmalarning narxlari prays-varaqalarda namoyon bo`ladi. Prays-varaqa butun mavsumga tuziladi va Shu mavsumga bo`lgan tur narxinidan iborat bo`ladi. Ammo ular safar muddatlariga, narx va yashash sharoitlariga bog`liq holda

o`zgarishi mumkin. Prays-varaq bozorning barcha segmentlar talablariga javob berishi kerak. Turistlar daromad darajasiga, yoshiga va soniga qarab narxlar tabaqalanishi kerak.

Yaxshi prays-varaq iste‘molchiga:

-firma narxlarini raqib narxlari bilan taqqoslash imkoniyatini;

-narxlar o`sishi va pasayishini tahlil qilish;

-katalog asaosida uyda o`tirib kelgusi safarni hisoblash va rejalashtirish imkoniyatini beradi.


Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish