Sinov savollari:
1.
Tuproq unumdorligi deganda nimani tushunasiz?
2.
Tuproq unumdorligi qanday turlarga bo‘linadi?
3.
Tuproq unumdorligini oshirish va saqlash muammolari qanday?
4.
Tuproq unumdorligini baholash omillari va zaruriyatini tushuntiring?
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
105
II QISM.
TUPROQ HOSIL QILUVCHI SHAROITLAR
21-bob. Tuproq hosil qiluvchi sharoitlar va ularning tabiiy
mintaqalarga bog‘liqligi
Tuproq hosil bo‘lish jarayoni deganda, tog‘ jinslari va yotqiziqlar
ustida, tabiiy sharoitda tuproq qoplamining genezisi, shakllanishi, uning
tabiiy va inson (antropogen) ta’sirida rivojlanishi hamda evolyutsiyasini
tushunamiz. Tuproq hosil bo‘lish jarayoni tog‘ jinslarining nurashi va suv
yordamida akkumulyatsiya qilingan, glyatsial, eol va gravitatsion
to‘plangan
mahsulotlarining
tirik
organizmlar
tomonidan
o‘zlashtirilishidan boshlanadi. Ma’lumki, tuproq hosil bo‘lishining birinchi
bosqichi tog‘ jinslari – magmatik, metamorfik va cho‘kindi jinchlarning
yemirilishi davriga to‘g‘ri keladi. Bu jarayon va davr ichida tuproq hosil
bo‘lishi yemirilish qobig‘i bilan birgalikda rivojlanadi. Oldingi geologik
abiotik davrda hosil bo‘lgan yotqiziqlarda tuproqlar bo‘lmagan va faqat
tog‘ jinslarining nurash qobiqlari ishtirok etgan, xolos. Shuning uchun
tuproq va yer yemirilish qobig‘ining hosil bo‘lish jarayoni alohida o‘rin
egallaydi. Birinchi jarayonda faqat tog‘ jinslari yemirilib, minerallar
o‘zgaradi, maydalanadi, gravitatsion oqimlar bilan yo‘nalib yerning relyefi
bo‘yicha o‘lchamlariga qarab yig‘malar va to‘plamalar hosil qiladi. Tuproq
esa biokos tizim mahsuloti bo‘lib, gumusli genetik qatlamlardan iborat
ma’lum morfologik tuzilishga ega bo‘lgan unumdorligi bilan ajralib
turadigan tabiiy tarixiy tanadir. Tog‘ jinslari va ularning nurashidan hosil
bo‘lgan yotqiziqlar, cho‘kindilar, yemirilgan jinslarning barchasi geologik
jarayon hisoblanib, yer yuzasida elyuviy, o‘tuvchi (tranzit) yoki
akkumulyativ yer qobig‘ini hosil qiladi va ular ona jinslar deb yuritiladi.
Tog‘ jinslarining yemirilishidan tamomila boshqacha: g‘ovakligi,
yumshoqligi, qatlamligi, havo va suv o‘tkazuvchanligi, birlamchi,
ikkilamchi va kolloid minerallarning mavjudligi, biofil elementlarning
to‘planishi bilan farq qiladi. Tuproqqa xos xususiyatlar va tarkib
mujassamlashadi. Hosil bo‘lgan yotqiziqlar ustida dastlab primitiv
tuproqlar hosil bo‘la boshlaydi. Yuqorida keltirilgan 6 xil omil ta’sirida
tuproqning yetuk profili va genetik qatlamlari hosil bo‘ladi. Tuproqning
rivojlanishi, ya’ni evolyutsiya davri boshlanadi. Natijada, shakllangan
profil va to‘liq qatlamlar hosil bo‘ladi yoki teskari jarayon eroziya yoki
sho‘rlanish avj olishi mumkin. Masalan, botqoq tuproqlar qurib, o‘tloqi-
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
106
botqoq, o‘tloqi, sho‘rxoklar yoki sahro tuproqlariga aylanishi mumkin.
Tuproq hosil bo‘lish jarayoni relyefga, geokimyoviy jarayonlarga bog‘liq.
Ularga adirlar, daryo pillapoyalari (terrasa), konus-vinoslar (keltirilma)
misol bo‘ladi. Shuning uchun tekislik va vodiylarda tuproq hosil bo‘lishida
suv-akkumulyativ, gidromorf, poligidromorf jarayonlar ishtiroki bunga
misol bo‘ladi.
Tuproq hosil bo‘lish jarayoni, asosan, moddalar yig‘ilishi
(akkumulyatsiyasi) va moddalarning olib chiqib ketilishi nisbatidan iborat.
Tuproq paydo bo‘lishi jarayonida moddalar akkumulyatsiyasida uglerod
yig‘ilishi (fotosintez-biomassaning yig‘ilishi-parchalanish-gumifikatsiya),
azot (azotfiksatsiya-organizmlar tomonidan foydalanishi - biomassaning
parchalanishi-nitrifikatsiya-ammonifikatsiya) suvda eriydigan tuzlar, gips,
ohak, temir va kremniy birikmalarning to‘planishi misol bo‘lishi mumkin.
Tuproq paydo bo‘lishida nisbiy birikmalar to‘planishida ona jins
tarkibidan ishqor va ishqoriy yer elementlarining yuvilib olib chiqib
ketilishi natijasida alyuminiy yoki kremniy oksidlarining to‘planishi ro‘y
beradi.
Tuproq hosil bo‘lish jarayonlari va omillarini o‘rganish natijasida
tuproq qoplamining mintaqaviy xususiyatga ega ekanligi va ularning yer
yuzasida ma’lum bir qonuniyat bilan joylashish tartibini keltirib chiqaradi.
Tuproq hosil bo‘lishida omillarning ta’siri konsepsiyasi yaratilishi asosida
V.V.Dokuchayev tomonidan tuproq qoplamining mintaqaviy hudud
bo‘yicha ma’lum tip shaklida uzviy bog‘liqligi “Tabiatning mintaqaviyligi
ta’limoti” degan asarida tavsif etiladi. V.V.Dokuchayev tomonidan 5 ta
mintaqaviy katta hudud ajratildi: 1) boreal (arktika), 2) o‘rmon, 3) qora
tuproq cho‘llari, 4) areal, 5) lateral tuproqlar. Bundan tashqari, tog‘liklar,
allyuvial, toshli o‘rmon kengliklari ko‘rsatib o‘tildi.
Tuproq hosil bo‘lish jarayonida V.V.Dokuchayev iqlimni asosiy omil
sifatida ajratib, har bir mintaqaviy kenglikda zonal yoki normal tuproq
tiplarining joylashish tartibini qayd etdi.
Keyingi paytlarda qit’alar tuproqlari o‘rganilib, ularda mintaqalar
nafaqat bioiqlim sharoiti, geologik tuzilishi, orografiyasi, tektonikasi, balki
okean yoki dengiz havzalaridan uzoq yaqinligi ham e’tiborga olindi.
V.V.Dokuchayev shogirdlari tomonidan sobiq ittifoq hududlarida
gorizontal va vertikal kengliklar bo‘yicha mintaqalar ajratildi, ya’ni
arktika, tundra, breal, subboreal, yarim sahro, subtropik hududlar.
Tuproqshunoslik fanining asoschisi V.V.Dokuchayev Kavkaz
mintaqasi bo‘yicha ham tekislikdagi yerlarga o‘xshash tuproq tiplarining
joylashishi va tarqalish qonuniyatlarini aniqladi. K.D.Glinka (1910),
S.S.Neystruyev (1930), S.A.Zaxarovlar Kavkaz va O‘rta Osiyo
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
107
tog‘larining tabiiy sharoitlarini o‘rganib, tuproq qoplamining vertikal
mintaqalar bo‘yicha joylashish tartibi haqida ta’limotga asos soldilar. Bu
sohada
ilmiy
tadqiqot
ishlari
Yu.A.Liverovskiy,
N.N.Rozov,
V.M.Fridland, M.A.Glazovskayalar tomonidan davom ettirildi.
Tuproq qoplamining hosil bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumot yunon
faylasuflari, Xitoy, Hindiston va Yaponiyadagi bir necha ming yillardan
beri yozib kelinayotgan yer kadastri manuskrit qo‘lyozmalarida mavjud.
O‘rta Osiyoda esa allomalarimiz – Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Narshaxiy
asarlarida bu haqda ma’lumotlar bor.
Rossiyada esa V.V.Dokuchayev tomonidan tuproq hosil bo‘lishi
quyidagi formula orqali ifodalanadi:
T -tuproq, I -iqlim, J - jonivorlar, o‘simliklar, TJ - tog‘ jinslari, R -
relyef, V - vaqt, f - funksiya.
Tuproq - yer yuzida o‘zining kelib chiqishi bilan ajralib turadigan
organik va mineral moddalar hamda ona jins, o‘simlik va hayvonot
organizmlari, iqlim, vaqt va relyefning ta’siridan hosil bo‘lgan
mahsulotdir. V.V.Dokuchayev vaqtdan bo‘lak iqlim, relyef, ona jins,
o‘simlik va hayvonot dunyosi ta’sirini tashqi ta’sirlar deb belgiladi. Besh
omilning tuproq hosil bo‘lishidagi ta’siri bir butunlikni tashkil etib, ularni
ajratish mumkin emas, deydi rus olimi.
K.D.Glinka 1931-yilda "Tuproqshunoslik" darsligini yozib, unda
tuproq hosil bo‘lishida iqlim va o‘simlik qoplaminining rolini birinchi
o‘ringa qo‘yadi.
S.A.Zaxarov 1927-yili barcha tuproq hosil qiluvchi omillarni faol va
nofaol, ya’ni biosfera, atmosfera, gidrosferani faol, tuproq hosil qiluvchi
tog‘ jinslarini esa nofaol qismlarga bo‘ldi.
A.A.Rode 1947-yili tuproq hosil qiluvchi barcha omillar rolini
kamsitmagan holda, majmui ta’sir va shular bilan birga, yer tortish kuchi,
yer ostki va ustki suvlari ta’sirini ham tuproq hosil qiluvchi omillarga
kiritishni taklif etdi.
Biologik omillarning tuproq hosil bo‘lishi roliga doir to‘liq ta’limot
V.R.Vilyams tomonidan ishlab chiqildi. Tuproq hosil qiluvchi omillar
ta’siriga doir ishlarni V.V.Dokuchayevning shogidrlari davom ettirdilar.
(K.D. Glinka, S.A.Zaxarov, B.B.Polipov, A.A.Rode, I.P. Gerasimov,
V.A.Kovda, V.R.Volobyov).
Amerikalik olim G.Yenni birinchi bo‘lib, V.V.Dokuchayev tavsiya
etgan formulani miqdoriy jihatdan har taraflama ishlab chiqdi.
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
108
Inson ta’sirida Zarafshon vodiysining sug‘oriladigan tuproqlari
misolida tuproq hosil bo‘lishini Ibn Sino va “Tuproqshunoslik”
kafedrasining mudiri M.A.Orlov o‘rgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |