Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/129
Sana01.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#875832
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   129
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
Sinov savollari: 
1.
Issiqlik manbalari va ularning tuproq xossalariga ta’siri qanday? 
2.
Tuproqning hajm, solishtirma va effektiv issiqligi deb nimaga aytiladi? 
3.
Tuproq issiqlikni qanday o‘zlashtiradi? 
4.
Tuproqning issiqlik balansi qanday usullar bilan aniqlanadi? 
18-bob. Tuproqning fizik-mexanik xossalari 
Tuproqning fizik-mexanik xossalari deformatsiya, pishiqlik va 
reologik jarayonlar ta’siri natijasida shakllanadi. 
Deformatsiya tuproqning siqilishi, cho‘kishi, zichlanishi ta’siridagi 
mexanik yemirilishga bardoshliligidir. 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
99 
Tuproqning 
pishiqligi
yoki 
mustahkamligi
uni tashqi ta’sir natijasida 
surilishi yoki uzilishida namoyon bo‘ladi. Tuproqning reologik xossalari 
qovushqoqlik, ilashimlilik, plastiklik va tiksotropligi mahlum vaqt 
davomidagi 
bosim 
ta’siridan 
hosil 
bo‘ladi. 
Bundan 
tashqari, 
tuproqshunoslikda tuproqning fizik-mexanik xossalariga – bo‘kish, 
cho‘kish, ilashimlik, ya’ni yuqori dispers tuproq zarrachalari vujudga 
keltiradigan holatlar ham kiritiladi. Tuproqning fizik-mexanik holatini 
aniqlash qishloq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega bo‘lib, undan optimal 
ishlov berish, haydash, dala ishlarini bajarishda, energiya resurslarini 
tejashni rejalashtirishda foydalaniladi.
Tuproqqa oshiqcha yuk qo‘yilganda 
siqilish
jarayoni avj oladi. 
Siqilish tuproqqa og‘ir traktorlar bilan ishlov berilganda vujudga keladi. 
Bu jarayonning avj olishi mexanik, mikroagregatlik va mineralogik tarkib, 
g‘ovaklik, yoriqlar, loy zarrachalari miqdori, strukturasi, joylashishi, 
namlik, kolloidlar gidrofilligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Tuproq siqilish 
jarayonining bir ko‘rinishi pastqam joylar hosil bo‘lib, qishloq xo‘jaligida 
va irrigatsiyada gidrotexnik inshootlarning buzilishiga olib keladi. 
Tuproq 
qovushqoqligi
deganda, unga ta’sir qilayotgan tashqi 
mexanik kuchlarga ko‘rsatiladigan qarshiligi ko‘zda tutiladi. Qovushqoqlik 
tuproqning mexanik va mineralogik tarkibiga bog‘liq. Mexanik tarkibi 
og‘ir bo‘lsa, tuproq tarkibida silikat minerallari, kolloid va loy zarrachalari 
ko‘p bo‘lsa, qovushqoqlik ham yuqori bo‘ladi. Namlik ham tuproq 
qovushqoqligini oshiradi. Gumus qumli tuproqlar qovushqoqligini 
kuchaytirib, loyli tuproqlarning bog‘liqligini kamaytirib turadi.
Tuproq 
mustahkamligi
tashqi ta’sir natidasida vujudga keladigan 
siqilish va ajralish jarayonlariga qarshiligi bilan belgilanadi. Tuproq 
mustahkamligi ishlov berish natijasida ishlov qurollariga ko‘rsatilgan 
qarshiligi bilan aniqlanib, quyidagi formula yordamida hisoblanadi: 
ab
R
K
=
,
Bu yerda: 
R - tortish kuchi, kg; a - haydalish chuqurligi, sm; b - plug kengligi, 
sm. 
Tuproqning ishlov berishga qarshiligi namlik, mexanik va 
mineralogik tarkibga bog‘liq.
Tashqi kuchlar ta’sirida tuproqning o‘z holatini o‘zgartirishi va 
keyinchalik esa uni saqlab qolish qobiliyati 
plastiklik
deyiladi. Tuproq 
plastikligi uning harakatchanligi va konsistensiyasini belgilaydi. Namlik 
o‘zgarishi bilan tuproq o‘z holatini o‘zgartirishi va pirovard natijada, 
o‘rmalovchi oquvchan holatga o‘tadi. Tuproq plastikligi Atterberg usulida 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
100 
aniqlanib, bir necha qismga bo‘linadi: 1) oquvchanlik chegarasi yuqori 
nuqta bo‘lib, sernam tuproq loyiga metall (76 g) konus 10 sm 
chuqurlikkacha o‘z og‘irligni bilan tushadi; 2) quyi plastiklik chegara, 
loyni kaftda yumalatganda d=3 mm shnur hosil qilib yorilmaydi; 3) yuqori 
va quyi plastiklik farqi. Tuproq plastikligi namlik, mexanik va mineralogik 
tarkibga bog‘liq.
Tuproqning 
ilashimligi
deganda, tuproqning ishlov berish 
mexanizmlariga yopishish xususiyati nazarda tutiladi, u ham tuproqning 
mexanik, mineralogik, kimyoviy tarkibi va namlik bilan bog‘liq. Tuproq 
ilashimligining fizik yetilish mehyorida qishloq xo‘jalik mexanizmlari 
bilan yerga ishlov berish osonlashadi. 
Tuproq sharoiti, tarkibi va mexanik xususiyatlariga binoan bo‘kishi 
va cho‘kishi tufayli joyning relyefi o‘zgarib, past va balandliklar hosil 
bo‘lishi natijasida yerga ishlov berishda bir qancha qiyinchiliklarni keltirib 
chiqaradi. 
Tuproqning fizik-mexanik xususiyatlarini dehqonchilikda ishlov 
berishda, ko‘p qavatli korxonalar va turar joylar, yo‘l va aeroportlar, 
gidrotexnik inshootlar: kanallar, suv omborlari qurishda, irrigatsiya va 
boshqa meliorativ qurilishlarda hisobga olish maqsadga muvofiq. 

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish