Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/129
Sana01.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#875832
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   129
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
Sinov savollari: 
1.
Tuproq unumdorligi deganda nimani tushunasiz? 
2.
Tuproq unumdorligi qanday turlarga bo‘linadi? 
3.
Tuproq unumdorligini oshirish va saqlash muammolari qanday? 
4.
Tuproq unumdorligini baholash omillari va zaruriyatini tushuntiring? 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
105 
II QISM.
TUPROQ HOSIL QILUVCHI SHAROITLAR
 
 
21-bob. Tuproq hosil qiluvchi sharoitlar va ularning tabiiy
mintaqalarga bog‘liqligi 
Tuproq hosil bo‘lish jarayoni deganda, tog‘ jinslari va yotqiziqlar 
ustida, tabiiy sharoitda tuproq qoplamining genezisi, shakllanishi, uning 
tabiiy va inson (antropogen) ta’sirida rivojlanishi hamda evolyutsiyasini 
tushunamiz. Tuproq hosil bo‘lish jarayoni tog‘ jinslarining nurashi va suv 
yordamida akkumulyatsiya qilingan, glyatsial, eol va gravitatsion 
to‘plangan 
mahsulotlarining 
tirik 
organizmlar 
tomonidan 
o‘zlashtirilishidan boshlanadi. Ma’lumki, tuproq hosil bo‘lishining birinchi 
bosqichi tog‘ jinslari – magmatik, metamorfik va cho‘kindi jinchlarning 
yemirilishi davriga to‘g‘ri keladi. Bu jarayon va davr ichida tuproq hosil 
bo‘lishi yemirilish qobig‘i bilan birgalikda rivojlanadi. Oldingi geologik 
abiotik davrda hosil bo‘lgan yotqiziqlarda tuproqlar bo‘lmagan va faqat 
tog‘ jinslarining nurash qobiqlari ishtirok etgan, xolos. Shuning uchun 
tuproq va yer yemirilish qobig‘ining hosil bo‘lish jarayoni alohida o‘rin 
egallaydi. Birinchi jarayonda faqat tog‘ jinslari yemirilib, minerallar 
o‘zgaradi, maydalanadi, gravitatsion oqimlar bilan yo‘nalib yerning relyefi 
bo‘yicha o‘lchamlariga qarab yig‘malar va to‘plamalar hosil qiladi. Tuproq 
esa biokos tizim mahsuloti bo‘lib, gumusli genetik qatlamlardan iborat 
ma’lum morfologik tuzilishga ega bo‘lgan unumdorligi bilan ajralib 
turadigan tabiiy tarixiy tanadir. Tog‘ jinslari va ularning nurashidan hosil 
bo‘lgan yotqiziqlar, cho‘kindilar, yemirilgan jinslarning barchasi geologik 
jarayon hisoblanib, yer yuzasida elyuviy, o‘tuvchi (tranzit) yoki 
akkumulyativ yer qobig‘ini hosil qiladi va ular ona jinslar deb yuritiladi. 
Tog‘ jinslarining yemirilishidan tamomila boshqacha: g‘ovakligi, 
yumshoqligi, qatlamligi, havo va suv o‘tkazuvchanligi, birlamchi
ikkilamchi va kolloid minerallarning mavjudligi, biofil elementlarning 
to‘planishi bilan farq qiladi. Tuproqqa xos xususiyatlar va tarkib 
mujassamlashadi. Hosil bo‘lgan yotqiziqlar ustida dastlab primitiv 
tuproqlar hosil bo‘la boshlaydi. Yuqorida keltirilgan 6 xil omil ta’sirida 
tuproqning yetuk profili va genetik qatlamlari hosil bo‘ladi. Tuproqning 
rivojlanishi, ya’ni evolyutsiya davri boshlanadi. Natijada, shakllangan 
profil va to‘liq qatlamlar hosil bo‘ladi yoki teskari jarayon eroziya yoki 
sho‘rlanish avj olishi mumkin. Masalan, botqoq tuproqlar qurib, o‘tloqi-


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
106 
botqoq, o‘tloqi, sho‘rxoklar yoki sahro tuproqlariga aylanishi mumkin. 
Tuproq hosil bo‘lish jarayoni relyefga, geokimyoviy jarayonlarga bog‘liq. 
Ularga adirlar, daryo pillapoyalari (terrasa), konus-vinoslar (keltirilma) 
misol bo‘ladi. Shuning uchun tekislik va vodiylarda tuproq hosil bo‘lishida 
suv-akkumulyativ, gidromorf, poligidromorf jarayonlar ishtiroki bunga 
misol bo‘ladi. 
Tuproq hosil bo‘lish jarayoni, asosan, moddalar yig‘ilishi 
(akkumulyatsiyasi) va moddalarning olib chiqib ketilishi nisbatidan iborat. 
Tuproq paydo bo‘lishi jarayonida moddalar akkumulyatsiyasida uglerod 
yig‘ilishi (fotosintez-biomassaning yig‘ilishi-parchalanish-gumifikatsiya), 
azot (azotfiksatsiya-organizmlar tomonidan foydalanishi - biomassaning 
parchalanishi-nitrifikatsiya-ammonifikatsiya) suvda eriydigan tuzlar, gips, 
ohak, temir va kremniy birikmalarning to‘planishi misol bo‘lishi mumkin. 
Tuproq paydo bo‘lishida nisbiy birikmalar to‘planishida ona jins 
tarkibidan ishqor va ishqoriy yer elementlarining yuvilib olib chiqib 
ketilishi natijasida alyuminiy yoki kremniy oksidlarining to‘planishi ro‘y 
beradi. 
Tuproq hosil bo‘lish jarayonlari va omillarini o‘rganish natijasida 
tuproq qoplamining mintaqaviy xususiyatga ega ekanligi va ularning yer 
yuzasida ma’lum bir qonuniyat bilan joylashish tartibini keltirib chiqaradi. 
Tuproq hosil bo‘lishida omillarning ta’siri konsepsiyasi yaratilishi asosida 
V.V.Dokuchayev tomonidan tuproq qoplamining mintaqaviy hudud 
bo‘yicha ma’lum tip shaklida uzviy bog‘liqligi “Tabiatning mintaqaviyligi 
ta’limoti” degan asarida tavsif etiladi. V.V.Dokuchayev tomonidan 5 ta 
mintaqaviy katta hudud ajratildi: 1) boreal (arktika), 2) o‘rmon, 3) qora 
tuproq cho‘llari, 4) areal, 5) lateral tuproqlar. Bundan tashqari, tog‘liklar, 
allyuvial, toshli o‘rmon kengliklari ko‘rsatib o‘tildi. 
Tuproq hosil bo‘lish jarayonida V.V.Dokuchayev iqlimni asosiy omil 
sifatida ajratib, har bir mintaqaviy kenglikda zonal yoki normal tuproq 
tiplarining joylashish tartibini qayd etdi. 
Keyingi paytlarda qit’alar tuproqlari o‘rganilib, ularda mintaqalar 
nafaqat bioiqlim sharoiti, geologik tuzilishi, orografiyasi, tektonikasi, balki 
okean yoki dengiz havzalaridan uzoq yaqinligi ham e’tiborga olindi. 
V.V.Dokuchayev shogirdlari tomonidan sobiq ittifoq hududlarida 
gorizontal va vertikal kengliklar bo‘yicha mintaqalar ajratildi, ya’ni 
arktika, tundra, breal, subboreal, yarim sahro, subtropik hududlar. 
Tuproqshunoslik fanining asoschisi V.V.Dokuchayev Kavkaz 
mintaqasi bo‘yicha ham tekislikdagi yerlarga o‘xshash tuproq tiplarining 
joylashishi va tarqalish qonuniyatlarini aniqladi. K.D.Glinka (1910), 
S.S.Neystruyev (1930), S.A.Zaxarovlar Kavkaz va O‘rta Osiyo 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
107 
tog‘larining tabiiy sharoitlarini o‘rganib, tuproq qoplamining vertikal 
mintaqalar bo‘yicha joylashish tartibi haqida ta’limotga asos soldilar. Bu 
sohada 
ilmiy 
tadqiqot 
ishlari 
Yu.A.Liverovskiy, 
N.N.Rozov, 
V.M.Fridland, M.A.Glazovskayalar tomonidan davom ettirildi. 
Tuproq qoplamining hosil bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumot yunon 
faylasuflari, Xitoy, Hindiston va Yaponiyadagi bir necha ming yillardan 
beri yozib kelinayotgan yer kadastri manuskrit qo‘lyozmalarida mavjud. 
O‘rta Osiyoda esa allomalarimiz – Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Narshaxiy 
asarlarida bu haqda ma’lumotlar bor. 
Rossiyada esa V.V.Dokuchayev tomonidan tuproq hosil bo‘lishi 
quyidagi formula orqali ifodalanadi: 
T -tuproq, I -iqlim, J - jonivorlar, o‘simliklar, TJ - tog‘ jinslari, R - 
relyef, V - vaqt, f - funksiya. 
Tuproq - yer yuzida o‘zining kelib chiqishi bilan ajralib turadigan 
organik va mineral moddalar hamda ona jins, o‘simlik va hayvonot 
organizmlari, iqlim, vaqt va relyefning ta’siridan hosil bo‘lgan 
mahsulotdir. V.V.Dokuchayev vaqtdan bo‘lak iqlim, relyef, ona jins, 
o‘simlik va hayvonot dunyosi ta’sirini tashqi ta’sirlar deb belgiladi. Besh 
omilning tuproq hosil bo‘lishidagi ta’siri bir butunlikni tashkil etib, ularni 
ajratish mumkin emas, deydi rus olimi. 
K.D.Glinka 1931-yilda "Tuproqshunoslik" darsligini yozib, unda 
tuproq hosil bo‘lishida iqlim va o‘simlik qoplaminining rolini birinchi 
o‘ringa qo‘yadi. 
S.A.Zaxarov 1927-yili barcha tuproq hosil qiluvchi omillarni faol va 
nofaol, ya’ni biosfera, atmosfera, gidrosferani faol, tuproq hosil qiluvchi 
tog‘ jinslarini esa nofaol qismlarga bo‘ldi. 
A.A.Rode 1947-yili tuproq hosil qiluvchi barcha omillar rolini 
kamsitmagan holda, majmui ta’sir va shular bilan birga, yer tortish kuchi, 
yer ostki va ustki suvlari ta’sirini ham tuproq hosil qiluvchi omillarga 
kiritishni taklif etdi. 
Biologik omillarning tuproq hosil bo‘lishi roliga doir to‘liq ta’limot 
V.R.Vilyams tomonidan ishlab chiqildi. Tuproq hosil qiluvchi omillar 
ta’siriga doir ishlarni V.V.Dokuchayevning shogidrlari davom ettirdilar. 
(K.D. Glinka, S.A.Zaxarov, B.B.Polipov, A.A.Rode, I.P. Gerasimov, 
V.A.Kovda, V.R.Volobyov). 
Amerikalik olim G.Yenni birinchi bo‘lib, V.V.Dokuchayev tavsiya 
etgan formulani miqdoriy jihatdan har taraflama ishlab chiqdi. 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
108 
Inson ta’sirida Zarafshon vodiysining sug‘oriladigan tuproqlari 
misolida tuproq hosil bo‘lishini Ibn Sino va “Tuproqshunoslik” 
kafedrasining mudiri M.A.Orlov o‘rgandi. 

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish