Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


-rasm.  Tuproq strukturasining turlari va shakllari



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/129
Sana01.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#875832
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   129
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

16-rasm. 
Tuproq strukturasining turlari va shakllari
 
I kubsimon tip
: 1- yirik uvoqli; 2- yong‘oqsimon; 3- donador;
4- changsimon. 
II prizmasimon tip
: 5- ustunsimon; 6 - yirik prizmatik. 
III plitasimon tip
: 7- yassi qatlamsimon; 8- yaproqsimon. 
Tuproq donadorligi deb tuproq tipi va uning qatlamiga xos har xil 
o‘lchamga, shaklga, suvga chidamlilik darajasiga ega bo‘lgan agregatlar 
yig‘indisiga aytiladi. Tuproqlarda uch xil: kubsimon, prizmasimon va 
plitasimon donadorlik ajratiladi va ular bin necha turga bo‘linadi (10-
jadval). 
10-jadval 
Tuproq donadorligi tasnifi (S.A.Zaxarov) 

 
Turi 
Xili 
Agregat o‘lchami, 
mm 
1 - tip. Kubsimon 
1. 
Palaxsa
Yirik kubsimon 
Mayda palaxsa 
>10 
10-1 
2. 
Kesakcha
Yirik kesakcha 
O‘rta kesakcha 
Mayda kesakcha 
10-3 
3-1 
1-0,05 
3. 
To‘zon (chang) To‘zon (chang) 
0,05 
4. 
Yong‘oqsimon Yirik yong‘oqsimon 
O‘rta yong‘oqsimon 
Mayda yong‘oqsimon 
>10 
10-7 
7-5 
5. 
Donador
Yirik donador 
O‘rta donador 
Mayda donador 
5-3 
3-1 
1-0,5 
2 - tip. Prizmasimon
1. 
Ustunsimon 
Yirik ustunsimon 
O‘rta ustunsimon 
Mayda ustunsimon 
>5 
5-3 



H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
103 
2. 
Ustunnamo
Yirik ustunnamo 
O‘rta ustunnamo 
Mayda ustunnamo 

5-3 
<3 
3. 
Prizmasimon
Yirik prizmasimon 
O‘rta prizmasimon 
Mayda prizmasimon 
>5 
5-3 
3-1 
3 - tip. Plitasimon
1. 
Plitasimon
Slanetssimon 
Plitasimon 
Plastinkasimon 
>5 
5-3 
3-1 
2. 
Tangasimon
Yaproqsimon
Yirik tangasimon 
Mayda tangasimon 

3-1 

 
Sinov savollari: 
1.
Tuproq donadorligi deganda nimani tushunasiz? 
2.
Tuproqning donadorligiga ta’sir qiluvchi omillarni bilasizmi? 
3.
Tuproq donadorligining suv, havo va oziqa rejimiga ta’siri qanday? 
4.
Tuproq donadorligi qanday uslublar yordamida o‘rganiladi?
20-bob. Tuproqning unumdorligi 
 
 
Tuproq unumdorligi deganda, uning o‘simlik o‘sishi va rivojlanishi 
uchun kerak bo‘ladigan oziq moddalar bilan tahminlanish darajasi nazarda 
tutiladi. 
Tuproq unumdorligi bir necha kategoriyalarga bo‘linadi: 1) tabiiy; 2) 
sunhiy; 3) potensial; 4) effektiv; 5) solishtirma; 6) iqtisodiy; 7) qayta 
tiklash kabilardir. 
 
Tabiiy unumdorlik
tuproq hosil bo‘lishida shakllangan, inson 
aralashmasdan yuzaga keladigan unumdorlikdir. 
Sunhiy unumdorlik
insonning tuproqqa bevosita ta’sir etib, haydash, o‘g‘itlash, ishlov berish, 
meliorativ tadbirlar olib borish orqali erishilgan unumdorlikdir. 
Effektiv 
unumdorlik
- bu ma’lum iqlim sharoitida ekilgan yoki tabiiy o‘simliklar 
tufayli shakllangan unumdorlikdir. 
Solishtirma unumdorlik
– ma’lum ekin 
turi yetishtirilganda yuqori yoki kam hosil olinishiga qarab aniqlanadi. 
Iqtisodiy unumdorlik
tuproq xossalari, tarkibi va sharoitlarini hisoblash 
natijasida kelib chiqadi. 
Potensial
, ya’ni 
umumiy unumdorlik
– tabiiy 
sharoit va inson ta’sirida tarixiy shakllangan unumdorlikdir. Agrotexnik va 
meliorativ tadbirlarni birga qo‘shib, effektiv darajadagi tuproq 
unumdorligini potensial holatgacha olib chiqish, qayta tiklash hisoblanadi. 
Tabiiy iqlim sharoiti va o‘simlik dunyosiga monand tabiiy tuproqlar 
hosil bo‘lib, yashash sharoitini yaratadi. Shuning uchun unumdorlik asosiy 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
104 
ko‘rsatkich bo‘lib, tuproq turlarini solishtirish uchun u imkoniyat beruvchi 
mezondir. Tuproq unumdorligi uning fizik, kimyoviy va biologik 
xususiyatlaridan kelib chiqadi. Unumdorlik tuproqning mexanik tarkibi, 
donadorligi, suv-fizik xossalari, issiqlik sharoiti, organik moddalar 
miqdori, biologik faollik va singdirish sig‘imi bilan bevosita bog‘liq. 
Shuning uchun bu ko‘rsatkichlarning tubanligi, yengil mexanik tarkibli, 
sovuq yoki issiq sharoitlar, quruqlik, qattiq yoki yumshoqlik, muhitning 
o‘zgarishi, gumusning kamligi, sho‘rlanish, eroziya jarayonlari rivojlanishi 
unumdorlikning keskin pasayib ketishiga sabab bo‘ladi. Tuproqda harorat, 
suv va havoning yetishmasligi ham unumdorlikning rivojlanishiga salbiy 
ta’sir qiladi. 
Shuning uchun insoniyat tomonidan qishloq xo‘jaligida tuproq va 
iqlim sharoitida mos rejalashtirilgan madaniy ekinlar ekiladi va yerning 
meliorativ holatini yaxshilash uchun bir qator agrotexnik tadbirlar amalga 
oshiriladi. Hozirgi paytda tuproqning unumdorligini baholash, narxini 
aniqlash maqsadida tuproq boniteti va kadastri ishlab chiqilgan. Uni 
amalga oshirish uchun ham bir fermer va shirkat xo‘jaligidagi yerlarning 
kadastri va bonitirovkasi ishlab chiqiladi. Bunda tuproq bahosini ishlab 
chiqish, ichki imkoniyatlaridan, meliorativ holati, suv-fizik xossalari, 
kimyoviy tarkibi, oziq moddalar miqdori, ekologik holati va ko‘p yillar 
mobaynida olingan hosil ehtiborga olinadi. 
Tuproq qoplamining unumdorligini oshirish va uni muhofaza qilish 
xalq farovonligining asosiy iqtisodiy mezonidir. Shuning uchun 
mamlakatimizda yetishib kelayotgan yosh kadrlarning xalqimizning asosiy 
boyligi bo‘lgan ona tuprog‘imiz haqidagi bilimlarini yanada oshirish 
bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. 

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish