Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/129
Sana01.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#875832
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   129
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
Sinov savollari: 
1.
Tuproqning fizik-mexanik xossalari deganda nimani tushunasiz? 
2.
Tuproqning plastikligi, tuzilishi, holati, yopishqoqligi va ilashimligi 
nima? 
3.
Tuproqning fizik jixatdan yopishish, cho‘kish va bo‘kish holatlari? 
4.
Tuproqning fizik-mexanik xossasini qaysi uslubar orqali
o‘rganiladi? 
 
19-bob. Tuproqning donadorligi 
Tuproqning donadorligi (strukturasi) uning suv, havo va oziqa 
rejimini tahminlashda katta ahamiyatga ega (16-rasm). 
Meliorativ va agronomik nuqtai nazardan dumaloq donador, suvga 
chidamli, mayda, birlamchi oddiy agregatlardan tuzilgan donadorlik yaxshi 
hisoblanadi. V.R.Vilyams, A.N.Sokolovskiy, N.I.Savvinov tuproqdagi 1-5-
10 mm o‘lchamdagi donadorlikni ijobiy, yaxshi agronomik xususiyatga 
ega deb tahkidlaydilar. Donadorlik makro (> 0,25 mm dan yuqori) va 
mikro (0,001-0,25 mm) o‘lchamli qismga bo‘linadi. Tuproq tarkibidagi > 
0,25 mm zarrachalar miqdori uning donadorligini belgilaydi, < 0,001 mm 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
101 
zarrachalar 
esa 
tuproqning 
agronomik 
va 
meliorativ 
holatini 
yomonlashtiradi. 
O‘tkazilgan tajribalar (M.E.Volni, P.A.Kostichev, P.F.Barakova, 
A.G.Doyarenko, V.R.Vilyams, K.K.Gedroys) ko‘rsatkichi tuproqning 
donadorligi yuqori haydalma gumusli qatlamning yumshoqligini yaxshilab, 
o‘simlik ildizlarining rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. O‘simlik urug‘lari 
tez unib chiqadi, rivojlanadi, havo va suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati 
oshadi, qatqaloqlanish jarayoni ro‘y bermaydi. Donadorligi yaxshi 
tuproqlarda eroziya rivojlanishining oldi olinadi. 
Olimlarning fikricha, tuproq donadorligining hosil bo‘lishi va oshishi 
fizik-mexanik, fizik-kimyoviy, kimyoviy, biologik jarayonlarga bevosita 
bog‘liq. Fizik-mexanik jarayon tuproqdagi bosimning oshishiga bog‘liq, 
ya’ni o‘simlik ildizlarining rivojlanishi, tirik jonivorlar harakati, tuproqni 
namlanganda uning bo‘kishi va quriganda siqilishi natijasida yoriqlar, turli 
o‘lchamdagi agregatlar hosil bo‘ladi. Tuproqning muzlashi va erishi, 
traktorlar bilan yerga ishlov berish natijasida ham donadorlik hosil bo‘lishi 
mumkin. 
Fizik-kimyoviy jarayonlarning rivojlanishida loy va kolloid 
zarrachalarning koagulyatsiyasi va peptizatsiyasi katta ahamiyatga ega. 
Donadorlikning hosil bo‘lishi organik va mineral kolloidlarning tabiatiga 
bog‘liq. Ayniqsa, gumus moddalaridan tashkil topgan donadorlik turg‘un 
hisoblanadi. 
Tuproqda yemirilish jarayonida kalsiy karbonat, magniy silikati, 
temir hosil bo‘lsa, bu elementlar zarrachalarning sementlashib, suvga 
chidamli mikroagregat donachalarini hosil qiladi. Bundan tashqari, tuproq 
tarkibidagi gips, natriy xlorid va sulfat birikmalari ham kimyoviy 
donadorlikni rivojlantiruvchi omil hisoblanadi. 
Mikrobiologik jarayonlar, ya’ni mikroorganizmlar, bakteriyalar, 
zamburug‘lar, aktinomitsetlar o‘z chiqindilari va tanasidagi moddalar ham 
tuproq donadorligini oshirishi mumkin. V.R.Vilyams tuproq donadorligini 
oshirishda, aerob va anaerob mikroorganizmlarning roli kattaligini 
ko‘rsatib berdi. Chuvalchanglar ham organik va mineral zarrachalarni 
o‘zidan o‘tkazib, ekskrimentlari bilan tuproq donadorligini oshiradi. 
Tuproq donadorligini oshirish imkoniyatlari, asosan, kimyoviy, fizik-
mexanik va biologik usullardan iboratdir. Kimyoviy polimerlar yordamida 
va almashlab ekishni joriy etish usullari orqali ham tuproq donadorligini 
yaxshilash mumkin. 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
102 

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish