H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
113
Sinov savollari:
1.
Biomassaning tuproq qoplamida to‘planishini tushuntiring?
2.
Suv, uglerod, azot, kaliy, kalsiy va fosfor hosil bo‘lishida
chirish
jarayonining rolini ko‘rsating?
3.
Cho‘l va madaniylashgan dalalar ekotizimida biologik doira bo‘ylab
moddalarning aylanishini tushuntiring?
4.
Biologik doirada moddalar aylanishida tuproq qoplamining roli
qanday?
24-bob. Tuproq hosil bo‘lishi jarayonlari
Tuproq hosil bo‘lishi jarayoni deganda, biz tabiiy sharoitda tog‘
jinslari va yotqiziqlar ustida tabiiy va inson ta’sirida tuproq qoplamining
shakllanishi, uning rivojlanishi va evolyutsiyasini tushunamiz. Tuproq
hosil bo‘lish jarayoni tog‘ jinslari va ularning
yemirilgan hamda suv
yordamida akkumulyatsiya qilingan, glyatsial, eol va gravitatsion
to‘plangan mahsulotlarining tirik jonivorlar tomonidan o‘zlashtirilishidan
boshlanadi. Ma’lumki, tuproq hosil bo‘lishining 1-bosqichi tog‘ jinslari,
magmatik, metamorfik va cho‘kindi jinslarning yemirilishi davriga to‘g‘ri
keladi. Bu jarayon va davr ichida tuproq hosil bo‘lishi yemirilish qobig‘i
bilan birgalikda rivojlanadi. Oldingi geologik abiotik davrda hosil bo‘lgan
yotqiziqlarda, tuproqlar bo‘linmagan va faqat tog‘
jinslarining yemirilgan
qobiqlari ishtirok etgan, xolos. Shuning uchun tuproq va yer yemirilish
qobig‘ining hosil bo‘lish jarayoni alohida o‘rinni egallaydi. Birinchi
jarayonda faqat tog‘ jinslari yemirilib, minerallar o‘zgaradi,
maydalanadi,
gravitatsion oqimlar bilan yo‘nalib, yerning relyefi bo‘yicha o‘lchamlariga
qarab yig‘ilmalar va to‘plamalar hosil qiladi. Tuproq esa, biokos tizim
mahsulotning gumusligi, genetik profil qatlamlaridan iborat bo‘lib, ma’lum
morfologik tuzilishga ega bo‘ladi va unumdorligi bilan ajralib turadigan
tabiiy-tarixiy mahsulotdir. Tog‘ jinslari va ularning yemirilishidan hosil
bo‘lgan
yotqiziqlar, cho‘kindilar va yemirilgan jinslarning barchasi
geologik jarayon mahsuloti hisoblanib, yer yuzida elyuvial, o‘tuvchi
(tranzit) yoki akkumulyativ yer qobiqni hosil qiladi, tuproq qoplamini hosil
qiluvchi ona jins hisoblanadi. Tog‘ jinsining yemirilishidan tamomila
boshqacha
g‘ovakligi,
yumshoqligi,
qatlamligi,
havo
va
suv
o‘tkazuvchanligi,
birlamchi va ikkilamchi, kolloid minerallarning
mavjudligi, biofil elementlarning to‘planishi bilan farq qiladi. Tuproqqa
xos xususiyatlar va tarkib mujassamlashadi. Hosil bo‘lgan yotqiziqlar
ustida dastlab primitiv tuproqlar hosil bo‘la boshlaydi. Yuqorida keltirib
o‘tilgan 6 omil ta’sirida tuproqning yetuk profili va genetik qatlamlari hosil
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
114
bo‘ladi. Tuproqning evolyutsiya davri boshlanaadi va natijada shakllangan
profil hosil bo‘ladi yoki teskari jarayon eroziya yoki sho‘rlanish avj olishi
mumkin. Masalan, botqoq tuproqlar qurib o‘tloqi botqoq, o‘tloqi,
sho‘rxoqlar yoki cho‘l tuproqlariga aylanishi mumkin. Tuproq hosil bo‘lish
jarayoni relyef va geokimyoviy jarayonlarga bog‘liq. Ularga adirlar, daryo
pillapoyalari, konus-vinoslar misol bo‘ladi.
Shuning uchun tekislik va
vodiylarda tuproq hosil bo‘lishida suv-akkumulyativ, gidromorf,
yarimgidromorf jarayonlar ustunlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: