H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
76
Tuproqning mahlum kuchlar ta’sirida suvni ushlab turish qobiliyati namlik
sig‘imi deyiladi. Ular maksimal adsorblangan nam sig‘imi, maksimal
molekulyar nam sig‘imi, kapillyar nam sig‘imi, eng kam yoki dala nam
sig‘imi va to‘liq maksimal nam sig‘imlariga ajratilgan.
Tuproq zarrachalari yuzasida yutish kuchlari ta’sirida eng ko‘p
suvni
ushlab turish qobiliyatiga maksimal adsorbilangan nam sig‘imi deyiladi. Bu
namlik tuproqdagi mustahkam adsorbilangan suv miqdoriga to‘g‘ri keladi.
Molekulyar tortish kuchlari ta’sirida tuproq yuzasida ushlab turilishi
mumkin bo‘lgan bo‘sh birikkan (pardali) suvning yuqori chegarasidagi
miqdori
maksimal molekulyar nam sig‘imi
deyiladi. Bu qattiq tuproq mexanik
tarkibi bilan bog‘liqdir, qum tuproqlarda uning miqdori 5-7%, sozlarda esa
25-30%
dan
oshmaydi.
Bu
o‘lcham
muhim
tuproq-gidrologik
ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Tuproqdagi mavjud nam miqdori va maksimal
molekulyar nam sig‘imini taqqoslab o‘simlikka o‘tadigan
foydali suv
zahirasini aniqlash mumkin. Faktik namlik maksimal molekulyar nam
sig‘imidan ko‘p bo‘lgan taqdirda foydali suv zahirasi ko‘p, teng bo‘lganda
esa suv zahirasi deyarli bo‘lmaydi.
Suvli qatlam ustida joylashgan tuproq qatlami (kapillyar qayma)
chegarasida ushlanib turishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p hajmli kapillyar
tiralgan suv miqdori
kapillyar nam sig‘imini
tashkil etadi.
Kapillyar nam
sig‘im tuproq g‘ovakligi, sizot suvining sathi bilan bog‘liq, sizot suvlari yer
yuzasiga yaqin bo‘lsa, kapillyar qayta sernamlanadi va bu toifadagi namlik
yuqori bo‘ladi.
Sizot suvlarining oqib ketishi natijasida tuproqda ushlanib turadigan
kapillyar muallaq namlikning eng ko‘p miqdori
nam sig‘imini
tashkil etadi.
Bu kattalik og‘ir mexanik tarkibli donador tuproqlarda 30-35%, qum
tuproqlarda esa 10-15% dan oshmaydi. Eng kam sig‘imli tuproqni tuzlardan
yuvish, sug‘orish mehyorlari va muddatini ishlab chiqish uchun kerak. Bu
hajm nam tuproqda 70-80% oralig‘ida bo‘lishi kerak.
SHu eng past nam
sig‘imiga qadarli namlangan tuproq 1 m li qatlamning 1 gektaridan foydali
nam zahirasi qum tuproqlarda 700-1100 m
3
, qumoq yengil va o‘rta qumoq
tuproqlarda 1200-1700 m
3
, og‘ir qumoq, soz tuproqlarda 1500-2100 m
3
ni
tashkil qiladi.
Tuproqning barcha g‘ovakligi tomonidan ushlanib qolinadigan namlik
to‘liq nam sig‘imi
deyiladi. Bu kattalik tuproqda o‘rtacha 40-50 %, ammo 80
% dan oshishi va 30 % dan kamayishi mumkin.
Tuproq qoplamini yuzadan tortib, to pastgacha
maksimal suvni qabul
qilib olish va o‘tkazib yuborishi
suvining o‘tkazuvchanlik holati
deyiladi.
Suv ushlab qolish va o‘tkazuvchanlik qobiliyati (filgtratsiya) mm/soatda
o‘lchanadi, u 30 mm dan, to 1000 mm gacha bo‘lishi mumkin.
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
77
Tuproqning suv ko‘tarish qobiliyati kapillyar kuchlar ta’sirida pastdan
yuqori tomon ko‘tarilishi jarayoni qumli tuproqlarda 0,5-0,7 m, qumoqlarda
2,5-3,0 m, og‘ir tuproqlarda 4-6 m ni tashkil etadi.
O‘simlik uchun suv moddalar almashinishi, shakllanishi va
transpiratsiya uchun kerakdir. O‘simlikka tuproqdan o‘tadigan suv
samarali
namlik
deyiladi.
A.A.Rode o‘simlik uchun qulay tuproqdagi
suvning kategoriyalarini
ko‘rsatuvchi, ya’ni o‘zlashtirilmaydigan zahira, o‘zlashtirish juda qiyin,
o‘rtacha, oson bo‘lgan suvlarni ajratadi. Gravitatsion va kapillyar suvlar oson
o‘zlashtiriladigan, gigroskopik, maksimal gigroskopik, kimyoviy bog‘langan
suvlar tuproqning foydasiz suvlarini tashkil qiladi. Tuproqning o‘simliklar
barqaror so‘liy boshlaydigan namlik darajasiga
so‘lish namligi
yoki
so‘lish
koeffitsienti
deyiladi. Qumli tuproqlarda so‘lish namligi 1-3%, qumli va
yengil qumli tuproqlarda 3-5, o‘rtacha va og‘ir qumli tuproqlarda 6-12%, soz
tuproqlarda 12-18% dan 30% gacha bo‘ladi.
Tuproq tarkibidagi suv va namlik darajasi dala, kuzatuv va laboratoriya
sharoitida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: