Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/129
Sana01.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#875832
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   129
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Lipidlarga
yog‘lar, efir, glitserin, steroidlar, izoprenoidlar, karatinoidlar 
guruhlari kiritilgan. Bulardan tashqari alifatik, siklik uglevodorodlar, ularning 
spirt, alg‘degid va oksikislotalari bilan hosil qilgan birikmalari, mo‘m, kutin, 
suberin, sparapolining mahsulotlari ham kiradi. 
Aromatik moddalarga
aromatik kislotalar, vanilin, prokatexin, siren, 
kofe, ferula kislotalari kiritilgan. Nospetsifik organik moddalar 
mineralizatsiyaga uchrab CO
2
, H
2
O, NH
3
, N
2
hosil qiluvchi va ular tuproq 
kesmasida harakatda bo‘lib, gumus hosil qilishda ishtiroq etishi mumkin. 
Gumus tarkibini o‘rganish M.V.Lomonosov davridan boshlangan. 
S.P.Kravkov va A.G.Trusov tez o‘zlashtiriladigan yengil organik kislotalar 
gumus moddalarini hosil qiladi degan g‘oyani ilgari suradi. L.S.Mayard 
(1912, 1917) gumusga o‘xshagan qoramtir eritmalarni sintez qildi. 
V.R.Vilyams (1897, 1914, 1939) esa yuqori tabaqa o‘simlik va hayvonlar 
tomonidan organik kislotalar hosil qilinib, mikroorganizmlar ularni yemirib, 
gumus moddalar hosil qiladi deb ta’kidlagan edi. 
J.Fisher va G.Shreder (1921,1922); V.Fuks (1931,1936) anaerob va 
aerob bakteriyalar o‘simlik va hayvonot dunyosini kren kislotasi, fulg‘vo va 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
72 
ulg‘min kislotasini sintez qiladi, gumin kislotalarining asosini lignin 
moddalari hosil qiladi, deb yozgan edi. 
Akademik I.V.Tyurin boshchiligidagi bir guruh olimlar, o‘simlik va 
hayvonot dunyosi, mikroorganizmlarninng abiotik omillar ta’sirida, spetsifik 
gumus moddalari hosil qilishini aniqlab berdi. 
Gumus spetsifik modda shaklidagi geterogen azotli aromatik 
polidispers yuqori molekulyar birikmalardir. Gumus kislotasi tarkibida C-50-
62 %, H-2,8-6,6 %, O-31-40 %, N-2-6 %. Gumus kislotalarining rangi qora-
qo‘ng‘ir bo‘lib, suvda erimaydi. 
Fulg‘vokislotalar esa gumin kislotasi cho‘kmaga tushgandan keyin 
qoladigan oqish rang, uglerodi kamroq, zichligi 1,43-1,61 g/sm
3
birikma 
bo‘lib, tarkibida C-41-46 %, H-4-5 %, N-3-4 % ni tashkil qiladi. 
Fulg‘vokislotalar tuproqdagi oksidlar, kation va anionlar, fosfor birikmalari 
va ikkilamchi minerallar bilan birikkan bo‘ladi. Gumus hosil bo‘lishi va 
uning 
kimyoviy 
tarkibini 
aniqlash 
sohasida 
M.M.Kononova, 
L.N.Aleksandrov (1970), F.Dyushofur (1972), D.S.Orlov (1977), S.A.Aliyev 
(1980) ko‘plab izlanishlar olib borganlar. 
Gumus tuproq unumdorligi, g‘ovakligi, donadorligi, namligi va havo 
rejimini yaxshilaydi. Gumusi ko‘p (10-15 %) bo‘lgan qora tuproqlar eng 
hosildor yerlar hisoblanadi. Gumus tuproq kesmaning AV qatlamida 
to‘planadi. 
Demak, gumusning murakkab kimyoviy tarkibida azot saqlovchi 
yuqori molekulyar moddalar majmuasi bo‘lib, qoramtir rangda va tuproqqa 
tekis singib ketgan hamda mineral qismi bilan juda mustahkam birikkan 
holatdadir. Tuproqdagi organik moddalarning 85% gumus, 10% o‘simlik 
qoldiqlari, tuproq florasi va faunasi (zambrug‘lar, suv o‘tlari, bakteriyalar, 
aktinomitsetlar, yomg‘ir chuvachanglari) 5 % ni tashkil qiladi. 
Tuproqda to‘planadigan gumus miqdori, bir qator omillar va 
sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi, biomassa miqdori va sifati, kimyoviy tarkib, 
muhit, suv-havo, issiqlik rejimi hamda fizik-mexanik xususiyatlari bilan 
bog‘liq bo‘ladi. Qora tuproqlarda gumusning miqdori 10% dan oshiq bo‘lib, 
qumli sahro tuproqlarida 0,5% dan oshmaydi. 
Tuproqning gumusli holatini ko‘rsatuvchi belgilar tizimi L.A.Grishina 
va D.S.Orlov tomonidan tavsiya etilgan. Gumus holati, tuproqdagi organik 
moddalar miqdori va zahirasi, uning kesmaning genetik qatlami bo‘ylab 
tarqalishi azot bilan boyiganligi, gumus hosil bo‘lish darajasi, gumus 
kislotalari tiplari va ularning alohida belgilari e’tiborga olingan. 
Gumusning tuproqdagi miqdori turlicha, masalan, qora tuproqlarda 
10%, podzolda 1,5-2,0, bo‘z tuproqlarda 2-3% ni tashkil qilib, qalinligi ham 
0,5-1,5 metrgacha o‘zgaradi. 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
73 
Gumus miqdoriga ko‘ra tuproqning quyidagi xillari ajratilgan: 
Gumussiz < 1% 
Juda kam gumusli – 1-2 
Kam gumusli – 2-4 
O‘rta gumusli – 4-6 
Eng yuqori gumusli – 6-10 
Gumusli – 15-30 
Torfli > 30 
Tuproq tarkibidagi o‘simliklar uchun zarur deyarli barcha elementlar –
C, O
2
, N, ‘, Cf, Mg, S va Fe kabi bor. Tuproq tarkibida gumusning miqdori 
optimal darajada bo‘lsa, uning donadooligi, g‘ovakligi, nam saqlash 
qobiliyati va unumdorligi darajasi oshadi. Tuproqda mikrobiologik jarayoni 
oksidlanish qaytarilish reaktsiyasi, muhit, unumdorlikni belgilaydigan biofil 
elementlar hamda o‘simlik uchun kerak bo‘ladigan azot yaxshi o‘zlashtiriladi. 
Tuproq tarkibidagi gumusni ko‘paytirish uchun organik o‘g‘itlar solish, o‘t 
dalali almashlab ekish tavsiya etiladi. 

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish